Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.08.1994 10.05.1991 yildagi 126-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.08.1994
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va sotish jumhuriyat kooperativ birlashmasi — “Uzkoopzagottorg”ni tashkil etish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 5-avgustdagi 399-sonli “Oʻzbekiston Respublika Savdo - xarid uyushmasi “Oʻztayyorlovsavdo”ni tashkil etish masalalari” qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston SSJ Prezidentining 1991-yil 8-maydagi Farmoniga muvofiq hamda jamoa va yakka tartibdagi sektorlarda yetishtirilgan meva-sabzavotlarni tayyorlash, saqlash, sotish jumhuriyat tayyorlov organlari faoliyatini yaxshilash, bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida jumhuriyatlararo va tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tarkibida ilovaga muvofiq tuzilma boʻlinmalari boʻlgan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va sotish jumhuriyat kooperativ birlashmasi — (“Uzkoopzagottorg”) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va sotish jumhuriyat kooperativ birlashmasi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kolxozlar va sovxozlarda (“Uzplodoovoshchvinprom” konserni ixtisoslashtirilgan xoʻjaliklaridan tashqari), ijarachilar va dehqon (fermer) xoʻjaliklarida, aholining yordamchi shaxsiy xoʻjaliklarida, bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlarida va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarida yetishtirilgan kartoshka, sabzavotlar, poliz mahsulotlari, meva va rezavor mevalarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, uni umumittifoq fondiga, jumhuriyatlararo bitimlarga muvofiq va eksportga yetkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlarda, nohiya markazlarida, posyolkalarda, qishloqlarda va ovullarda dehqon bozorlarida va yoyma bozorlardagi ixtisoslashtirilgan magazinlar va doʻkonlarda kartoshka, sabzavotlar, poliz mahsulotlari, mevalar va uzum, quruq mevalar, kishmish, goʻsht, shuningdek boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan savdo qilishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishda saqlash uchun kartoshka va meva-sabzavot mahsulotlarini gʻamlash, aholini yil davomida taʼminlash va OʻzSSJ Davlat moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi muassasalarini taʼminlash uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, quritish, tuzlash kichik korxonalarini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kartoshka, meva-sabzavot hamda boshqa mahsulotlar va xomashyolarni oʻzaro yetkazib berish boʻyicha chet mamlakatlarning firmalari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagi tartiblar saqlab qolinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
matlubot kooperatsiyasi tizimidagi mavjud chorvachilik mahsulotlari va xomashyo (chorva mollari va parranda, sut va tuxum, qorakoʻl, jun, ichak va momiq-moʻyna xomashyosi), ikkilamchi resurslar, (makulatura, latta-puttalar, rangli va kora metallar temir-tersaklari va boshqa turdagi ikkilamchi resurslar) tayyorlashning mavjud tartibi yagona tashkilot sifatida saqlab qolinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston meva-sabzavot va vinochilik sanoati konsernining umumittifoq fondiga uzum va quritilgan meva tayyorlab va yetkazib beradigan, shuningdek oʻz tizimi xoʻjaliklarida kartoshka va meva-sabzavot mahsulotlari tayyorlaydigan va yetkazib beradigan yagona tashkilot sifatidagi vazifalari saqlab qolinsin. “Uzplodoovoshchvinprom” konserniga Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari, OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi va “Uzkoopzagottorg” bilan kelishgan holda yillik rejalarda qayta ishlovchi korxonalarni xomashyo bilan taʼminlash uchun boshqa xoʻjaliklarda meva-sabzavot mahsulotlari tayyorlash hajmlari belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekbirlashuv”da tizimning qayta ishlovchi korxonalari va umumiy ovqatlanish ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tayyorlash huquqi saqlab qolinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, “Uzkoopzagottorg” tizimining faoliyati paychilarning yakka tartibda va jamoa aʼzoligi prinsiplari asosida, kooperativ, davlat, qoʻshma, ijara, xususiy hamda jamoat tashkilotlari, korxonalari hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarning ixtiyoriy qatnashuvi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uzkoopzagottorg” ixtiyoriy ravishda shartnoma asoslarida ittifoq va jumhuriyat davlat, kooperativ hamda aralash birlashmalar va assotsiatsiyalarga kirishi va bunda oʻzining toʻla mustaqilligi va yuridik shaxsini saqlab qolishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uzkoopzagottorg” moliyaviy-iqtisodiy, xoʻjalik va ijtimoiy faoliyat bilan bogʻliq hamma masalalarni mustaqil hal qiladi, bank muassasalarida mahsulot yetkazib beruvchilar, isteʼmolchilar, pudratchilar, budjet bilan hisob-kitob qilish uchun pul va chet el valyuta mablagʻlari schyotini ochadi, uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlardan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uzkoopzagottorg” oʻz ishini Oʻzbekbirlashuv bilan mustahkam aloqada olib boradi va Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga va Sentrosoyuzga oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisob berib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, “Uzkoopzagottorg”ning tayyorlov tashkilotlari bilan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar (kolxozlar, sovxozlar, ijara, dehqon, shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar va boshqalar) oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni tartibga solib turuvchi asosiy hujjat shartnoma hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini koʻp turda va yuqori sifatli yetishtirishni koʻpaytirishdan va tayyorlashdan tomonlarning moddiy manfaatdorligini taʼminlovchi shartnomaning asosiy vazifasi mahsulot yetishtiruvchi va tayyorlovchining oʻzaro majburiyatlarini aniq belgilab berishdan iborat boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu maqsadda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma bevosita kolxozlar va sovxozlarda, shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarda hamda boshqa korxonalar va tashkilotlarda tayyorlovchilar tomonidan mahsulot yetishtiruvchilarni uyma-uy aylanib yurish yoʻli bilan tuzilishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomalarni imzolash xoʻjaliklar va aholi qishloq xoʻjaligi ekinlarini talab etiladigan xilda va qulay muddatlarda ekishlarini taʼminlash uchun kuzgi-qishki ishlar boshlangunga qadar tugallanishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomada tomonlarning: mahsulot yetishtiruvchining — mahsulot hajmi, turi, sifati va uni yetkazib berish muddatiga doir; tayyorlovchining — oldindan pul toʻlab qoʻyish, idish, joylash materiallari, omixta em, oʻgʻit, texnika, transport bilan taʼminlashga doir va boshqa oʻzaro majburiyatlari oʻz ifodasini topishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotni xarid qilishning shartnoma narxlari ham yetishtiruvchi, ham tayyorlovchining mahsulot yetishtirishni koʻpaytirishdan moddiy manfaatdorligini taʼminlash va bozor konyunkturasi hisobga olingan holda belgilanishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik hujjat sifatida shartnomaning shakli ushbu qarorga va Oʻzbekiston SSJning amaldagi qonunlariga muvofiq aniqlashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, “Uzkoopzagottorg” hamda uning viloyat va nohiya boʻlinmalariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini davlat buyurtmasidan ortiqcha, shu jumladan, umumittifoq fondiga, jumhuriyatlararo shartnomalar boʻyicha va eksportga yetkazib berish boʻyicha, xarid qilish va sotish uchun shartnoma narxlarini belgilash huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. OʻzSSJ Moliya vazirligi (oʻrtoq Murotov) “Uzkoopzagottorg”ning asosiy faoliyati (qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va sotish) bilan bogʻliq boʻlgan korxonalari va tashkilotlarini 1991 — 1993-yillarda foydadan va transport vositalaridan olinadigan soliqdan ozod qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, “Uzkoopzagottorg” OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi, OʻzSSJ Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Uzplodoovoshchvinprom” konserni, Shaxsiy yordamchi xoʻjalik egalari uyushmasi, VASXNIL Oʻrta Osiyo boʻlimi va “Uzsortsemovoshch” birlashmasi bilan birgalikda kartoshka va meva-sabzavot mahsulotlarini umuman jumhuriyat hududida yetishtirish va foydalanish balanslarini ishlab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, “Uzkoopzagottorg” oʻz tizimidagi korxonalar va tashkilotlar uchun moddiy-texnika resurslarining fond saqlovchisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi, OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi, “Uzselxozsnabremont”, OʻzSSJ Neft mahsulotlari bilan taʼminlash davlat qoʻmitasi, OʻzSSJ Qishloq xoʻjaligi vazirligi, OʻzSSJ Savdo vazirligi, OʻzSSJ Don mahsulotlari vazirligi, Oʻzbekbirlashuv, “Uzglavlegsnabsbit”, “Uzplodoovoshchvinprom” konserni, “Uzsortsemovoshch” va “Uzagrostroy” birlashmalari moddiy-texnika resurslari rejalarida moddiy ragʻbatlantirishda maqsadli foydalanish — qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini topshiruvchilarga sotish uchun talab katta boʻlgan mollar hajmini alohida ajratib koʻrsatgan holda “Uzkoopzagottorg” uchun tegishli nomenklatura boʻyicha alohida satrda nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Uzkoopzagottorg” oʻziga yuklatilgan vazifalarni va birlashma ustavini hisobga olgan holda boshqaruv apparati tuzilishini, sonini va ish haqi fondini mustaqil belgilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uzkoopzagottorg”ga birlashma raisining uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻlishi tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Uzkoopzagottorg”ga bir oy muddatda ushbu qarorni, amaldagi normativlarni va Oʻzbekiston SSJning qonunlarini hisobga olgan holda birlashma Ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekbirlashuv (oʻrtoq Volkov), “Uzkoopzagottorg” 2 hafta muddatda balans boʻyicha Oʻzbekbirlashuv tarkibidan “Uzkoopzagottorg” ixtiyoriga oʻtkaziladigan korxonalar, tashkilotlar va boshqa boʻlinmalarning qabul qilib olinishi-topshirilishini amalga oshirsinlar hamda tegishli materiallarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi Oʻzbekbirlashuv, “Uzkoopzagottorg” hamda boshqa vazirliklar va idoralar boʻyicha 1991-yil uchun reja koʻrsatkichlarini muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1991-yil 10-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
126-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1991-yil 10-maydagi 126-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uzkoopzagottorg”ning asosiy tuzilma boʻlinmalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston jumhuriyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi‎
Andijon viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi‎
Buxoro viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi‎
Jizzax viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi
Qashqadaryo viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi‎
Namangan viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi‎
Samarqand viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi‎
Surxondaryo viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi‎
Sirdaryo viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi‎
Toshkent viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi‎
Fargʻona viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi ‎
Xorazm viloyat kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi‎
Toshkent kooperativ tayyorlov-savdo birlashmasi‎

Soni‎

Quvvati‎

Nohiya tayyorlov-sanoat-savdo idoralari qishloq kooperativ tayyorlov-sanoat-savdo idoralari, tayyorlov idoralari, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarish kichik sexlari, mol soʻyish punktlari ham shu jumlaga kiradi‎

156 ta‎

Tayyorlov-sotish bazalari‎ 11 ta‎
Viloyat, nohiya boʻysunuvidagi shahar kooperativ savdo idoralari va Toshkent shahar kooperativ savdo idorasi‎ 46 ta‎
Qishlok xoʻjaligi mahsulotlarini sotuvchi ixtisoslashtirilgan magazinlar, pavilonlar, doʻkonlar‎ 6603 ta‎
Tayyorlov idoralari va kooperativ tayyorlov-sanoat idoralari huzuridagi sabzavot-kartoshka saqlash joylari‎ 310 ta‎ 128,4 ming t‎
Tayyorlov idoralari va kooperativ tayyorlov-sanoat idoralari huzuridagi meva saqlash joylari‎ 51 ta‎

22 ming t‎

Tayyorlov idoralari, kooperativ tayyorlov-sanoat idoralari huzuridagi mashina bilan sovitadigan omborlar-yaxlatgichlar‎ 26 ta‎ 6,5 ming t‎
Dehqon bozorlari, ularga boʻysunuvchi xoʻjaliklar ham shu jumlaga kiradi‎ 603 ta‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eslatma. Tuzilma boʻlinmalarining soni va roʻyxati mazkur qarorning 12-bandiga muvofiq aniqlashtiriladi.