O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish “O‘zbekto‘qimachi” O‘zbekiston davlat konsernini tashkil etish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-noyabrdagi 558-sonli “O‘zbekiston yengil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat uyushmasi (“O‘zbekyengilsanoat”) boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish hamda uning korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Boshqaruvni takomillashtirish va yengil sanoat birlashmalari va korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish maqsadida va O‘zbekiston SSJ Prezidentining 1991-yil 6-maydagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish “O‘zbekto‘qimachi” O‘zbekiston davlat konserni tashkil etilsin hamda uning tarkibiga ilovaga muvofiq birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar kiritilsin.
“O‘zbekto‘qimachi” tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar faoliyati O‘zbekiston SSJning amaldagi qonunlariga, korxonalarning o‘zining va jumhuriyatning manfaatlariga zid bo‘lmagan boshqa konsernlar va uyushmalarda qatnashish huquqiga egadirlar.
2. Belgilansinki, “O‘zbekto‘qimachi” konserni:
mustaqil ishlab chiqarish-xo‘jalik kompleksi hisoblanadi, yengil sanoat mollari ishlab chiqaradigan “O‘zbekyengilsanoat” O‘zbekiston davlat uyushmasi tarkibiga kiradi. Konsern va uyushma a’zolari oldida ularga nisbatan o‘z majburiyatlari va funksiyalarini bajarish yuzasidan javob beradi;
yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasalarida yig‘ma balanslarga, hisob-kitob va boshqa schyotlarga ega bo‘ladi, uning huquqiy maqomini belgilovchi “O‘zbekiston SSJda korxonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston SSJ Qonuniga va boshqa qonunchilik hamda normativ aktlarga, shuningdek O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Uyushma kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Ustavga muvofiq to‘la xo‘jalik hisobi asoslarida faoliyat ko‘rsatadi;
unga O‘zbekiston yengil sanoati uyushmasi tomonidan ajratiladigan xomashyo va moddiy resurslarning fond saqlovchisi hisoblanadi.
3. Konsernga ta’sischilari tomonidan berilgan vakolatlarga muvofiq quyidagilar uning faoliyatining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
iste’mol bozorining talablarini hisobga olgan holda konsernning joriy dasturlari hamda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi istiqbollarini ishlab chiqish, maqsadli kompleks ilmiy-tadqiqot dasturlarini ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish;
yaratilgan ishlab chiqarish potensialidan, ishlab chiqarish texnologiyasi darajasidan, mahsulotning sifati va texnika darajasidan foydalanish samaradorligini oshirish, korxonalarni xususiylashtirish, ijarachi va kichik korxonalar, firma savdosi tashkil etish asosida xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish va ko‘paytirish hamda aholining ularga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
korxonalar bilan birgalikda moliyaviy mablag‘lardan, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona va samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish, bozor munosabatlari sharoitida barqaror ravishda zararsiz ishlashni ta’minlash bo‘yicha amaliy yordam berish. Korxonalarning shartnoma va moliya intizomiga rioya qilishlari ustidan nazoratni amalga oshirish;
birlashmalar bilan korxonalar o‘rtasidagi tarmoq ichida kooperatsiya asosida mahsulot yetkazib berishlarni rivojlantirish, tayyor mahsulotni sotishni muvofiqlashtirish va bunga ko‘maklashish;
tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, belgilangan tartibda qo‘shma korxonalar tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
tarmoqda ijtimoiy sohaning rivojlanishi bilan bog‘liq masalalarning kompleks hal etilishini ta’minlash, kadrlar siyosatini olib borish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
tegishli davlat va boshqa organlarda o‘z tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda qatnashish.
4. Xo‘jalik hisobi daromadi (foyda) va nomenklatura bo‘yicha mahsulot yetkazib berish shartnoma majburiyatlarining bajarilishi birlashmalar va korxonalar faoliyatini baholashning asosiy ko‘rsatkichlari deb hisoblansin.
“O‘zbekto‘qimachi” konserni o‘z tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar jumhuriyat, o‘z mehnat jamoalari va bozor konyunkturasi manfaatlaridan kelib chiqqan holda:
tarmoqning iste’molchilari, savdo tashkilotlarining buyurtmalariga ko‘ra tegishli mahsulot va xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish hajmlarini mustaqil belgilaydilar, firma magazinlarining tavsiyalaridan foydalangan holda mahsulot yetkazib berish uchun shartnomalar tuzadilar;
mahsulot ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlar ko‘rsatish xarajatlarini, olinadigan foyda miqdorini belgilaydilar, O‘zbekiston SSJ qonunlari bilan belgilangan normativlar, shuningdek, boshqa to‘lov majburiyatlari bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar qilingandan keyin undan foydalanish masalasini mustaqil hal etadilar;
konsern Kengashi tomonidan belgilangan normativlarga muvofiq foydadan ular tomonidan bajariladigan funksiyalarga, shuningdek, markazlashtirilgan rezerv (ehtiyot) jamg‘armasi tashkil etishga mablag‘ ajratadilar.
5. Korxonalar va tashkilotlar vakillarining yig‘ilishi (konferensiyasi) “O‘zbekto‘qimachi” konserni boshqaruvining yuqori organi hisoblanadi va unda konsern Kengashi saylanadi.
Konsern Kengashiga birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari, shuningdek, boshqaruv a’zolari kiradi. Kengash boshqaruvni, uning raisi va o‘rinbosarlarini saylaydi. Boshqaruv raisi O‘zbekiston yengil sanoat uyushmasining tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Konsern tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari, shuningdek konsern taftish komissiyasining a’zolari va uning raisi konsern Kengashining tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston yengil sanoat uyushmasi boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.
“O‘zbekto‘qimachi” konserniga, unga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni hisobga olgan holda, konsern Kengashi bilan kelishib, o‘zining tuzilmasi, xodimlari soni va mehnatga haq to‘lash jamg‘armasini mustaqil belgilashga ruxsat berilsin.
6. O‘zSSJ Moliya vazirligi, O‘zbekiston sanoat-qurilish banki, O‘zSSJ Davlat narxlar qo‘mitasi va “O‘zbekto‘qimachi” konserni bir oy muddatda korxonalarning moliyaviy ahvolini tahlil qilsinlar va ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish yuzasidan yordam ko‘rsatsinlar.
7. O‘zSSJ Iktisodiyot qo‘mitasi, O‘zSSJ Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi, O‘zSSJ Moliya vazirligi, “O‘zglavlegsnabsbit” O‘zbekiston yengil sanoat uyushmasiga “O‘zbekto‘qimachi” konserni uchun uning nomenklaturasi bo‘yicha taqsimlanadigan konsern korxonalirining rivojlanishi va ishlab turishi uchun moddiy-xomashyo va moliyaviy resurslarni ajratsinlar.
8. Tashkil etilayotgan “O‘zbekto‘qimachi” konsernining apparati Paradlar hiyoboni ko‘chasi, 5-uydagi O‘zSSJ Engil sanoat vazirligi egallab kelgan xonalarga joylashtirilsin.
9. Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari, Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi, jumhuriyat vazirliklari va idoralari “O‘zbekto‘qimachi” konserni birlashmalari va korxonalariga ko‘maklashsinlar va ularning rivojlanishi va faoliyatiga doir o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalarning o‘z vaqtida hal etilishini ta’minlasinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 17-may,
135-son
To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish “O‘zbekto‘qimachi” O‘zbekiston davlat konserni tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar
RO‘YXATI
| 1. Beruniy yigiruv-to‘quv fabrikasi |
| 2. Mang‘it yigiruv-to‘quv fabrikasi |
| 3. To‘rtko‘l yigiruv-to‘quv fabrikasi |
| 4. Xo‘jayli yigiruv-to‘quv fabrikasi |
| 5. Andijon ip-gazlama ishlab chiqarish birlashmasi |
| quyidagi tarkibda: |
| SSJI 60 yilligi nomidagi Andijon ip gazlama kombinati |
| 6. Qo‘rg‘ontepa yigiruv-to‘quv fabrikasi |
| 7. Yorqishloq yigiruv-to‘quv fabrikasi |
| 8. Paxtaobod yigiruv-to‘quv fabrikasi |
| 9. Poytug‘ yigiruv-to‘quv ishlab chiqarish birlashmasi |
| quyidagi tarkibda: |
| Poytug‘ yigiruv-to‘quv fabrikasi |
| Chuvama yigiruv fabrikasi |
| 10. Chinobod yigiruv-to‘quv fabrikasi |
| 11. Leninsk yigiruv-to‘quv fabrikasi |
| 12. Marhamat yigiruv-to‘quv fabrikasi |
| 13. Buxoro ip-gazlama ishlab chiqarish birlashmasi |
| quyidagi tarkibda: |
| KPSS XX syezdi nomidagi Buxoro to‘qimachilik kombinati |
| G‘ijduvon yigiruv-to‘quv fabrikasi |
| Vobkent yigiruv-to‘quv fabrikasi |
| Olot to‘qimachilik fabrikasi |
| Qorako‘l yigiruv fabrikasi |
| Buxoro ip-gazlama ishlab chiqarish birlashmasining tikuvchilik fabrikasi |
| Buxoro texnologik jihozlash fabrikasi |
| 14. Oktyabr inqilobining 10 yilligi nomidagi Buxoro pillakashlik fabrikasi |
| 15. O‘zSSJ 60 yilligi nomidagi Jizzax paxta yigirish fabrikasi |
| 16. Kitob yigiruv-to‘quv fabrikasi |
| 17. Shahrisabz pillakashlik fabrikasi |
| 18. Namangan noto‘qima materiallar ishlab chiqarish birlashmasi |
| quyidagi tarkibda: |
| Namangan noto‘qima materiallar fabrikasi |
| Pop noto‘qima materiallar fabrikasi |
| Baliqchi noto‘qima materiallar fabrikasi |
| 19. Namangan avrli gazlamalar ipakchilik ishlab chiqarish birlashmasi |
| quyidagi tarkibda: |
| KPSS XXV syezdi nomidagi Namangan avrli gazlamalar ipakchilik kombinati |
| Izboskan shoyi to‘qish fabrikasi |
| 20. Namangan ipakchilik ishlab chiqarish birlashmasi |
| quyidagi tarkibda: |
| O‘zSSJ 50 yilligi nomidagi Namangan shoyi gazlamalar kombinati |
| Uychi yigiruv-to‘quv fabrikasi |
| Uchqo‘rg‘on yigiruv-to‘quv fabrikasi |
| Haqqulobod yigiruv-to‘quv fabrikasi |
| Haqqulobod tikuvchilik fabrikasi |
| 21. Samarqand “Hujum” pillakashlik fabrikasi |
| 22. Samarqand ipakchilik ishlab chiqarish birlashmasi |
| quyidagi tarkibda: |
| Samarqand shoyi to‘qish fabrikasi |
| Urgut to‘qimachilik fabrikasi |
| 23. Jarqo‘rg‘on yigiruv-to‘quv fabrikasi |
| 24. Farg‘ona ip-gazlama ishlab chiqarish birlashmasi |
| quyidagi tarkibda: |
| Mehnat Qizil Bayroq ordenli Farg‘ona to‘qimachilik kombinati |
| 3-yigiruv-to‘quv fabrikasi |
| Yangiqo‘rg‘on yigiruv-to‘quv fabrikasi |
| Rishton yigiruv-to‘quv fabrikasi |
| Toshloq noto‘qima materiallar fabrikasi |
| 25. Qo‘qon yigiruv-to‘quv ishlab chiqarish birlashmasi |
| quyidagi tarkibda: |
| Y.Oxunboboyev nomidagi Qo‘qon yigiruv-to‘quv fabrikasi |
| Beshariq yigiruv-to‘quv fabrikasi |
| 26. Farg‘ona viloyatidagi Kirov momiq fabrikasi |
| 27. Marg‘ilon ipakchilik ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi |
| quyidagi tarkibda: |
| Marg‘ilon ipakchilik kombinati |
| Toshkent pilla va xom ipakni muvofiqlashtirish tajriba pillakashlik fabrikasi |
| Tabiiy ipakni qayta ishlash markaziy ilmiy-tadqiqot instituti |
| 28. Farg‘ona pillakashlik fabrikasi |
| 29. Xalqlar do‘stligi or?enli Marg‘ilon “Atlas” avrli gazlamalar ishlab chiqarish birlashmasi |
| 30. Qo‘qon shoyi to‘qish fabrikasi |
| 31. Xiva gilam ishlab chiqarish birlashmasi |
| quyidagi tarkibda: |
| Xiva gilam kombinati |
| Hazorasp yigiruv fabrikasi |
| 32. Xorazm ipakchilik ishlab chiqarish birlashmasi |
| quyidagi tarkibda: |
| Urganch pillakashlik fabrikasi |
| Bog‘ot to‘qimachilik fabrikasi |
| 33. Toshkent ip-gazlama ishlab chiqarish “Toshkeng to‘qimachilik kombinati” birlashmasi |
| quyidagi tarkibda: |
| Mehnat Qizil Bayroq ordenli Toshkent to‘qimachilik kombinati |
| Qoraqamish mavzesidagi to‘qimachilik fabrikasi |
| Chilonzor mavzesidagi yigiruv-to‘quv fabrikasi |
| Parkentdagi to‘qimachilik fabrikasi |