O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2001-yil hosili uchun g‘o‘zani navlar bo‘yicha joylashtirish hamda navlarni yangilashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay respublikada g‘o‘za urug‘chiligida jiddiy yaxshilanish kuzatilmayapti, uni navlar bo‘yicha joylashtirish va navlarni yangilashda buzilishlarga yo‘l qo‘yilmoqda. Asosiy maydonlarga yetilish muddati kech bo‘lgan kam hosilli g‘o‘za navlari ekilmoqda. Jahon bozorida ehtiyoj kam bo‘lgan, sifati past g‘o‘za navlarini o‘zboshimchalik bilan ekish hollari, ayniqsa Andijon va Farg‘ona viloyatlarida mavjud.
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi sohasidagi ilmiy izlanishlarga doir ishlarni sust amalga oshirmoqdalar, urug‘lik materialning navi va ekish konditsiyalari ustidan zarur nazoratni ta’minlamayaptilar.
Barcha maydonlarga tolasining sifati bo‘yicha xalqaro talablarga javob beradigan, tezpishar va yuqori hosilli g‘o‘zaning seleksiya navlarini joylashtirish, shuningdek 2001-yil hosili uchun ushbu navlar urug‘lik chigitining zarur miqdorda o‘z vaqtida tayyorlab qo‘yilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining 2001-yil hosili uchun chigit ekish maydonlari, g‘o‘zani navlar bo‘yicha joylashtirish va paxtaning yalpi hosili miqdori to‘g‘risidagi takliflari 1 va 2-ilovalarga muvofiq qabul qilinsin.
2001-yil uchun paxta tolasining davlat xaridlari hajmi uni yetishtirish hajmining 30 foizi darajasida saqlab qolinsin.
2. “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi:
2001-yil 1-fevralgacha urug‘lik paxta tozalanishini hamda 20-fevralgacha 3-ilovaga muvofiq miqdorda urug‘lik chigit tayyorlab qo‘yilishini tugallasinlar. Urug‘lik chigit xo‘jaliklarga g‘o‘za seleksiya navlarining tasdiqlangan joylashtirilishiga muvofiq holda har gektarga ko‘pi bilan 60 kilogrammdan tukli va 30 kilogrammdan tuksizlantirilgan chigit hisobidan berilsin;
2001-yil 15-fevralgacha 4-ilovaga muvofiq urug‘lik chigitni viloyatlararo tashish tugallanishini ta’minlasinlar.
3. Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar hokimlarining agrosanoat kompleksi rivojlantirilishi uchun mutasaddi bo‘lgan birinchi o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi rahbarlari 2001-yil hosili uchun g‘o‘zani navlar bo‘yicha joylashtirishga oid 2-ilovaga muvofiq belgilangan topshiriqlarga qat’iy rioya qilinishi uchun shaxsan javob beradilar.
Tumanlar va xo‘jaliklar rahbarlari navlarni joylashtirish tartibini buzganliklari uchun respublika qonun hujjatlariga muvofiq shaxsan javob berishlari to‘g‘risida qat’iy ogohlantirilsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
navlarni joylashtirishning tasdiqlangan sxemasiga rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar, viloyatlarda tavsiya qilingan g‘o‘za navlarining to‘rt-beshtadan ortiq (yangilari bundan mustasno), tumanlarda — ikkitadan, xo‘jaliklarda esa bittadan ortiq ekilishiga yo‘l qo‘ymasinlar;
urug‘lik paxta uchun chigit ekiladigan xo‘jaliklarni tanlov asosida tanlash tartibini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar;
g‘o‘zaning yangi, istiqbolli va rayonlashtirilgan navlarini ko‘paytiruvchi elita-urug‘chilik xo‘jaliklari ishini alohida nazoratga olsinlar, ushbu navlarni yuqori unumdor va suv bilan ta’minlangan yerlarga eksinlar, agrotexnika va urug‘chilikka doir tadbirlarni yuqori darajada olib borsinlar;
xo‘jaliklarda g‘o‘zaning yangi va istiqbolli navlari o‘zboshimchalik bilan sinab ko‘rilishiga yo‘l qo‘ymasinlar. Bunday navlarni sinash faqat davlat nav sinash uchastkalarida, ilmiy-tadqiqot institutlarining eksperimental bazalarida hamda yangi navlarni oldindan ko‘paytirish xo‘jaliklarida olib borilsin.
5. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi:
urug‘lik chigitlarni belgilangan muddatlarda tayyorlashni tugallash uchun zarur miqdor va assortimentdagi urug‘likni dorilash vositalarining “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasiga 2000-yil 30-dekabrgacha yetkazib berilishini ta’minlasin;
mineral o‘g‘itlarni birinchi navbatda urug‘chilik xo‘jaliklariga, eksperimental bazalarga hamda ilmiy muassasalarga oziqli moddalar bo‘yicha qat’iy mutanosiblikda va tovar paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar uchun belgilangan me’yorlardan 10 foiz ortiq miqdorda yetkazib bersin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, “O‘zdavurug‘liknazorat” markazi urug‘lik chigitni dorilash sifati ustidan doimiy nazorat o‘rnatsinlar, xo‘jaliklarga qog‘oz qoplarga joylanmagan va dorilanmagan chigitlar berilishiga yo‘l qo‘ymasinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi, “Paxta-bank”, “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi 2001-yil yig‘im-terim mavsumi boshlangungacha paxtachilik xo‘jaliklariga g‘o‘za o‘stirishning texnologiya kartasi bo‘yicha xarajatlar qiymatining kamida 50 foizi miqdorida avans bersinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi davlat ilmiy-texnika va innovatsiya dasturlarini qayta ko‘rib chiqsinlar va ularga tuzatishlar kiritsinlar, seleksiya muassasalarining sa’y-harakatlarini tolasining sifati bo‘yicha jahon bozori talablariga javob beradigan, tezpishar, yuqori hosilli, kasalliklarga, zararkunandalarga va ekstremal sharoitlarga chidamli g‘o‘za navlarini yaratish va ularni yaqin yillarda ishlab chiqarishga joriy etishga qaratsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari T.A. Alimov va I.H. Jo‘rabekov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 23-dekabr,
497-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-maydagi 218-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-dekabrdagi 497-conli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 2001-yil hosili uchun g‘o‘zaning ro‘yxatdan o‘tkazilgan va istiqbolli navlarini
JOYLAShTIRISh
|
(ming gektar) | ||||||||
| | Jami ekin maydoni |
Shu jumladan navlar bo‘yicha: | ||||||
|
tezpishar navlar | ||||||||
|
S-4727 |
Chimboy-3010 | S-9070 | Yulduz | Toshkent-6 | Oqdaryo 5 | An-Boyovut-2 | ||
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 125,0 | 95,0 | 7,0 | — | — | — | 15,5 | — |
| Viloyatlar: | | | | | | | | |
| Andijon | 106,0 | — | — | — | —- | — | — | — |
| Buxoro | 129,0 | — | — | — | 5,0 | — | — | — |
| Jizzax | 104,5 | 17,0 | — | — | — | — | — | 68,8 |
| Qashqadaryo | 164,0 | — | — | — | 49,4 | — | 12,6 | — |
| Navoiy | 41,0 | — | — | 6,9 | — | — | — | 4,1 |
| Namangan | 94,0 | — | — | — | — | — | — | — |
| Samarqand | 100,0 | — | — | 19,2 | — | — | 6,0 | — |
| Surxondaryo | 120,0 | — | — | — | — | — | — | — |
| Sirdaryo | 135,0 | — | — | — | 4,1 | — | — | 100,0 |
| Toshkent | 100,5 | — | — | — | — | 13,4 | — | — |
| Farg‘ona | 121,0 | — | — | — | — | 31,0 | — | — |
| Xorazm | 95,0 | — | — | — | 23,0 | — | — | — |
| Jami |
1435,0 |
112,0 |
7,0 |
26,1 |
81,5 |
44,4 |
34,1 |
172,9 |
|
(ming gektar) | ||||||||
|
Shu jumladan navlar bo‘yicha: | ||||||||
|
tezpishar navlar: |
tezpishar navlar bo‘yicha jami |
o‘rta pishar navlar | ||||||
| Namangan-77 | Omad | Oqdaryo-6 | S-6524 | S-6530 | 175-f | Farg‘ona-3 | ||
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | — | — | 6,5 | 124,0 | — | — | — | — |
|
viloyatlar: |
| | | | | | | |
| Andijon | — | — | 15,0 | 15,0 | 18,0 | — | — | 40,0 |
| Buxoro | — | — | — | 5,0 | — | — | — | — |
| Jizzax | — | — | — | 85,8 | 18,7 | — | — | — |
| Qashqadaryo | 10,0 | — | — | 72,0 | — | 27,5 | — | — |
| Navoiy | — | — | 5,1 | 16,1 | — | — | — | — |
| Namangan | 25,0 | — | 15,0 | 40,0 | 25,5 | — | — | 15,0 |
| Samarqand | — | 17,1 | 56,1 | 98,4 | — | — | — | — |
| Surxondaryo | 25,0 | — | — | 25,0 | — | — | — | — |
| Sirdaryo | — | — | — | 104,1 | 12,4 | — | — | — |
| Toshkent | 10,0 | 9,0 | — | 32,4 | 64,7 | — | — | — |
| Farg‘ona | 10,0 | — | — | 41,0 | 20,0 | — | — | 25,0 |
| Xorazm | — | — | — | 23,0 | — | — | 61,0 | — |
|
Jami |
80,0 | 26,1 | 97,7 | 681,8 | 159,3 | 27,5 | 61,0 | 80,0 |
|
(ming gektar) | ||||||||
| |
Shu jumladan navlari bo‘yicha: | |||||||
|
o‘rtapishar navlar | ||||||||
| Sharof- 75 | An-O‘zbekiston- 4 | An-402 | Oqqo‘rg‘on-2 | Armug‘on | Buxoro-6 | Termez-31 | Xorazm-126 | |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | — | — | — | — | — | — | — | — |
|
viloyatlar: |
| | | | | | | |
| Andijon | — | — | — | — | 10,0 | — | — | — |
| Buxoro | — | — | — | — | — | 121,5 | — | — |
| Jizzax | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Qashqadaryo | — | — | — | — | — | 61,6 | — | — |
| Navoiy | — | — | — | — | — | 23,9 | — | — |
| Namangan | — | 10,5 | — | — | — | — | — | — |
| Samarqand | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Surxondaryo | — | — | — | 40 | 2,5 | 30,0 | 20,4 | — |
| Sirdaryo | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Toshkent | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Farg‘ona | — | — | 20 | — | 5,0 | — | — | — |
| Xorazm | 3,6 | — | — | — | — | — | — | 3,1 |
|
Jami |
3,6 | 10,5 | 20 | 40 | 17,5 | 237 | 20,4 | 3,1 |
| | | | | |
(ming gektar) |
| |
Shu jumladan navlar bo‘yicha: | ||||
|
o‘rtapishar navlar: |
o‘rtapishar navlar bo‘yicha jami | yangi navlar | |||
| Qarshi-8 | Gulbahor | Farg‘ona-5 | |||
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | — | — | — | — | 1,0 |
|
viloyatlar: |
| | | | |
| Andijon | — | — | 12,0 | 80,0 | 11,0 |
| Buxoro | — | — | — | 121,5 | 2,5 |
| Jizzax | — | — | — | 18,7 | — |
| Qashqadaryo | 2,1 | — | — | 91,2 | 0,8 |
| Navoiy | — | — | — | 23,9 | 1,0 |
| Namangan | — | — | — | 51,0 | 3,0 |
| Samarqand | — | — | — | — | 1,6 |
| Surxondaryo | — | — | — | 92,9 | 2,1 |
| Sirdaryo | — | 15,2 | — | 27,6 | 3,3 |
| Toshkent | — | — | — | 64,7 | 3,4 |
| Farg‘ona | — | — | — | 70.0 | 10,3 |
| Xorazm | — | — | — | 67,7 | 4,3 |
|
Jami |
2,1 |
15,2 |
12,0 | 709,2 | 44,0 |
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-dekabrdagi 497-sonli qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
2001-yil hosili uchun urug‘lik chigitni tayyorlash bo‘yicha
TOPShIRIQ
| | | |
ming tonna |
| | Tozalash va sortlarga ajratish | Tuksizlantirish va kalibrlashtirish | Dorilash |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 12 | 0,5 | 11 |
|
viloyatlar: |
| | |
| Andijon | 13 | 8 | 10 |
| Buxoro | 15,5 | 0,5 | 12,5 |
| Jizzax | 8 | 4,5 | 6,5 |
| Qashqadaryo | 16 | 1 | 13 |
| Navoiy | 7,5 | 0,2 | 4 |
| Namangan | 10 | 4,2 | 8 |
| Samarqand | 15 | 0,5 | 8,5 |
| Surxondaryo | 10 | 1 | 9 |
| Sirdaryo | 11 | 6 | 9 |
| Toshkent | 11 | 1,5 | 8 |
| Farg‘ona | 12 | 1,5 | 11 |
| Xorazm | 12 | 0,5 | 9,5 |
| Jami | 153 | 29,9 | 120 |
| shu jumladan | | | |
| Surxondaryo viloyati “Oltin-chigit” QK | | 1 | 1 |
| Sirdaryo viloyati uchun Markaziy Osiyo urug‘chilik kompaniyasi | 2 | 1,4 | 1,4 |
| Toshkent viloyati uchun Markaziy Osiyo urug‘chilik kompaniyasi | 0,5 | 0,3 | 0,3 |
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-dekabrdagi 497-sonli qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
2001-yil hosili uchun urug‘lik chigitni viloyatlararo yetkazib berish bo‘yicha
TOPShIRIQ
| Jo‘natuvchi | Oluvchi | Seleksion navlar | Reproduksiya | Urug‘lik miqdori (tonn) |
|
Andijon viloyati |
Namangan viloyati | Andijon-33 | 3 | 2 |
| Armug‘on | 2 | 50 | ||
| An-402 | 2 | 50 | ||
| Oqdaryo-6 | 1 | 10 | ||
| Oqdaryo-6 | 2 | 30 | ||
| Oqdaryo-6 | 3 | 640 | ||
| Samarqand viloyati | An-402 | 3 | 20 | |
| Armug‘on | 2 | 20 | ||
| Farg‘ona viloyati | An-402 | 1 | 100 | |
| An-402 | 3 | 1600 | ||
| Armug‘on | 1 | 30 | ||
| Xorazm viloyati | Oqdaryo-6 | 2 | 20 | |
|
Jami |
| | | 2572 |
|
Buxoro viloyati |
Qashqadaryo viloyati Navoiy viloyati Surxondaryo viloyati |
Buxoro-6 | 2 | 2000 |
| Buxoro-6 | 2 | 500 | ||
| Buxoro-6 | Elita | 20 | ||
| Buxoro-6 | 1 | 100 | ||
| Buxoro-6 | 2 | 2500 | ||
| Jami | | | 5120 | |
|
Jizzax viloyati |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | S-4727 | 3 | 400 |
| Jami | | | | 400 |
|
Navoiy viloyati |
Andijon viloyati | Novbahor | 2 | 2 |
| Namangan viloyati | Xazina | 2 | 2 | |
| Jizzax viloyati | An-Boyaut-2 | 1 | 250 | |
| Jami | | | | 254 |
|
Namangan vilo�ti |
Andijon viloyati | S-6770 | 2 | 20 |
| Jami | | | | 20 |
|
Samarqand viloyati |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | Oqdaryo-5 | Elita | 10 |
| Oqdaryo-5 | 1 | 40 | ||
| Oqdaryo-5 | 2 | 400 | ||
| Oqdaryo-5 | 3 | 300 | ||
| Omad | 3 | 10 | ||
| Oqdaryo-6 | 2 | 50 | ||
| Andijon viloyati |
Omad |
2 | 30 | |
| Qashkadaryo viloyati | Oqdaryo-6 | 3 | 10 | |
| Oqdaryo-5 | 3 | 500 | ||
| Namangan viloyati | Omad | 2 | 20 | |
| Jizzax viloyati | Omad | 2 | 10 | |
| Oqdaryo-6 | 2 | 30 | ||
| Toshkent viloyati | Omad | Elita | 2 | |
| Omad | 1 | 4 | ||
| Farg‘ona viloyati | Oqdaryo-6 | 2 | 10 | |
| Navoiy viloyati | Oqdaryo-6 | 3 | 450 | |
| Xorazm viloyati | Omad | 3 | 10 | |
| Sirdaryo viloyati | Oqdaryo-5 | 3 | 300 | |
| Jami | | | 2186 | |
|
Surxondaryo viloyati |
Andijon viloyati | Oqqo‘rgan-2 | 2 | 10 |
| | Qashqadaryo viloyati | Oqqo‘rgan-2 | 2 | 50 |
| | Namangan viloyati | Oqqo‘rgan-2 | 2 | 6 |
| | Samarqand viloyati | Oqqo‘rgan-2 | 2 | 5 |
| Jami | | | | 71 |
|
Sirdaryo viloyati |
Andijon viloyati | Gulbahor | 2 | 2 |
| Jami | | | | 2 |
|
Toshkent viloyati |
Andijon viloyati | S-6524 | Elita | 5 |
| S-6524 | 1 | 10 | ||
| S-6524 | 2 | 240 | ||
| S-6524 | 3 | 1000 | ||
| Ilg‘or | 2 | 2 | ||
| Mehr | 2 | 2 | ||
| Omad | 3 | 20 | ||
| S-4910 | 2 | 10 | ||
|
Buxoro viloyati |
Ilg‘or | 2 | 2 | |
| Qashqadaryo viloyati | S-6524 | 3 | 10 | |
| Omad | 3 | 3 | ||
| Namangan viloyati | Omad | 2 | 10 | |
| Toshkent-6 | 2 | 100 | ||
| S-6524 | Elita | 3 | ||
| S-6524 | 1 | 10 | ||
| Samarqand viloyati |
Ilg‘or | 2 | 2 | |
| Mehr | 3 | 90 | ||
| Farg‘ona viloyati | S-6524 | Elita | 5 | |
| S-6524 | 1 | 20 | ||
| Namangan-77 | 2 | 650 | ||
| Jizzax viloyati | S-6524 | 1 | 10 | |
| | S-6524 | 2 | 100 | |
|
Jami |
|
|
|
2304 |
| Farg‘ona viloyati | Andijon viloyati | S-2609 | 1 | 1 |
| S-2609 | 2 | 4 | ||
| Buxoro viloyati | An-513 | Elita | 2 | |
| An-513 | 1 | 68 | ||
| Namangan viloyati | S-2609 | 2 | 10 | |
|
Jami |
| | | 85 |
| Xorazm viloyati | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | Mehnat | 2 | 2 |
| | Andijon viloyati | 175-F | 2 | 50 |
| | Farg‘ona viloyati | 175-F | 2 | 5 |
|
Jami |
| | | 57 |
| Hammasi | | | | 13071 |