Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.08.1994 yildagi 432-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yilgi paxta hosili yig‘im-terimini uyushqoqlik bilan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni iqtisodiy rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, paxta hosili yig‘im-terimini qisqa muddatlarda uyushqoqlik bilan o‘tkazish, paxtakorlarning paxta yalpi hosilini ko‘paytirish va uning sifatini yaxshilashdan moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Moddiy-texnikaviy bazani paxta hosilini yig‘ib-terib olishga tayyorlashni o‘z vaqtida tugallash va yig‘im-terim mavsumini muvaffaqiyatli o‘tkazish, texnikadan to‘liq foydalanish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining, respublika dehqonchilik sanoati majmui vazirliklari va idoralarining eng muhim vazifasi hisoblansin. Paxta hosilini mashinada terish topshirig‘i 1-ilovaga* muvofiq belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Paxta hosili yig‘im-terimida moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish uchun xo‘jaliklarga paxta hosili terimi uchun quyidagi miqdorlarda haq to‘lash tavsiya etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki qatorli paxta terish mashinasi bilan terilgan konditsion vazndagi bir tonna paxta hosili uchun — kamida 8.0 so‘m, to‘rt qatorli mashinada terilgani uchun — 6,5 so‘m, qo‘lda terilgan 1 kilogramm paxta hosili uchun — kamida 40 tiyin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yig‘im-terim ishlarida band bo‘lganlar bilan hisob-kitoblar har besh va o‘n kunda o‘tkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank, “O‘zdehqonchiliksanoatbank” va “O‘zsanoatqurilishbank” terimchilar bilan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida o‘tkazish uchun xo‘jaliklarni naqd pul bilan ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 1994-yilgi paxta hosilining sorti va tiplari bo‘yicha xarid narxlari 2-ilovaga* muvofiq bir tonna paxta tolasi uchun 3750 so‘m hisobidan tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o‘n kun muddatda paxta hosilining yangi xarid narxlari preyskurantlarini nashr etsin hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qo‘yilsinki, davlat buyurtmasidan ortiqcha ishlab chiqarilgan paxta tolasi, lint, o‘lik paxta va chigit (topshiriqdagining 33 foizi va topshiriqdan ortiqchasining hammasi) erkin bozor narxlari bo‘yicha xo‘jaliklar tomonidan mustaqil ravishda sotiladi. Ushbu mahsulotlarni erkin sotish huquqi faqat paxta tayyorlash hajmi va sifati bo‘yicha topshiriqlarni bajargan xo‘jaliklarga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Qayumov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari “O‘zkimyosanoat” uyushmasi bilan birgalikda xo‘jaliklarga defoliantlar yetkazib berishni hamda g‘o‘zalar defoliatsiyasini 3-ilovaga* muvofiq hajmlarda va muddatlarda o‘tkazishni ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi (Rafiqov) “O‘zagrokimyoservis” uyushmasi talabnomalariga binoan g‘o‘zalarni defoliatsiya qilish uchun zarur miqdorda samolyot va vertolyotlar ajratsin, zarur yonilg‘i zaxiralari tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Qayumov), “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” (Husanov) shu yilning 1-sentabrigacha paxta yig‘im-terimi texnikasi, yuklash-tashish vositalarini to‘liq tayyorlasinlar, yig‘im-terim-transport otryadlarini mexanizatorlar va tuzatuvchi-xizmat ko‘rsatuvchilar bilan ta’minlasinlar. Xo‘jaliklarda va tuzatish korxonalarida dvigatellar, uzellar, agregatlar, boshqa zarur materiallarning almashtirish fondlari tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “O‘zmashsanoat” uyushmasi (Sobirov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” talabnomalariga muvofiq va xo‘jaliklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar bo‘yicha ehtiyot qismlar va texnika yetkazib berishni ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta yig‘im-terim mavsumi davrida mashinasozlik korxonalari kuchi bilan, shartnomalar asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlari xo‘jaliklariga hamda tuzatish korxonalariga texnikaviy yordamni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi (Tojiyev) belgilangan limitlar hisobidan 1994-yilning ssntabr — noyabrida qishloq xo‘jaligiga yig‘im-terim ishlarini uzluksiz o‘tkazishni ta’minlaydigan hajmlarda yonilg‘i-moylash materiallari yetkazib berishni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekbirlashuv, “O‘zbeksavdo” uyushmasi, “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi, “O‘zoziqovqatsanoat” konserni qishloq aholisini va paxta yig‘im-terimi qatnashchilarini un, guruch, qand-shakar, o‘simlik yog‘i, boshqa eng zarur tovarlar bilan belgilangan tartibga muvofiq ta’minlash masalalarini o‘z vaqtida hal etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sog‘liqni saqlash vazirligi (Karimov) yig‘im-terim mavsumining barcha qatnashchilariga tibbiy xizmat ko‘rsatishga doir zarur chora-tadbirlarni ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 23-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
432-son