Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 13.08.1994 yildagi 412-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 60 yilligini nishonlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining o‘zbek badiiy adabiyoti rivoji yo‘lida adabiy jamoatchilikni uyushtirish, xalqimizni qayta tiklanayotgan milliy qadriyatlar, an’analar va urf-odatlar, yosh avlodni vatanparvarlik va milliy iftixor ruhida tarbiyalash hamda milliy tafakkurni rivojlantirish sohasida olib borayotgan alohida xizmatlarini inobatga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mamlakatimiz adabiy jamoatchiligining O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 60 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yilning noyabr oyida “Turkiston” saroyida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tashkil topganiga 60 yil to‘lishi munosabati bilan tantanali kecha o‘tkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bugungi o‘zbek adabiyoti atoqli namoyandalarining Saylanma asarlari to‘plamlarini O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibiyati tavsiyasiga binoan nashriyotlarning rejasiga kiritishni va nashr etishni ta’minlash topshirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kitoblarni nashr qilishda O‘zbekiston Ijodkorlari jamg‘armasi, “Iste’dod”, “Navro‘z” xayriya jamg‘armalari va boshqa tashkilotlar homiyligidan foydalanish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligiga iste’dodli yozuvchilar va dramaturglarimiz asarlarini sahnalashtirish va ularni omma orasida keng targ‘ib etish, xalqimiz ruhiga istiqlol tuyg‘ularini singdiruvchi yetuk asarlar uchun tanlovlar o‘tkazish topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zdavteleradio” kompaniyasi va “O‘zdavkinokompaniya” o‘zbekistonlik adiblarning eng yaxshi asarlari asosida videofilmlar va badiiy filmlar yaratish chora-tadbirlarini belgilasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qatag‘on qurbonlari bo‘lgan adiblarimizning hayoti va ijodini chuqur o‘rganish, targ‘ib etish tadbirlarini belgilasin hamda ularning asarlarini nashrga tayyorlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi yubileyiga tayyorgarlikning borishini yoritishni, turkum ko‘rsatuvlar, eshittirishlar va maqolalar berilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari joylarda yozuvchi va olimlar, adabiy jamoatchilik ishtirokida yig‘inlar, ijodiy uchrashuvlarni tashkil etishga amaliy yordam ko‘rsatsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 60 yilligini nishonlash bilan bog‘liq sarf-harajatlar uchun ilovaga muvofiq Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan mablag‘ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish ijtimoiy masalalar va madaniyat bo‘limi zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 13-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
412-son

Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 13-avgustdagi 412-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 60 yilligini o‘tkazish xarajatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SMETASI

1.‎ “Turkiston” saroyining ijara xaqi‎ 1000 sum‎
2.‎ Bukletlar, taklif qog‘ozlari, dastur‎ 1500 sum‎
3.‎ Yozuvchilarni viloyatlarga safarga yuborish va viloyatlardan Toshkentga taklif etilganlar uchun xizmat safari haqi‎ 6000 sum‎
4.‎ Esdalik buyumlari (ruchka, bloknotlar) va gullar‎ 1000 sum‎
Jami‎ 19500 sum‎