ILOVA
|
Tadbirlar |
Muddati |
Masʼullar |
Izoh | |
|
1 |
2 |
3 |
4 |
|
|
1. |
Gʻalabaning 50 yilligini nishonlash yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish |
1994-y. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar, idoralar va muassasalar, jamoat tashkilotlari |
|
|
2. |
Gʻalabaning 50 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilish oʻtkazish (“Turkiston” saroyi) |
1995-y., may |
Tashkiliy qoʻmita, Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Faxriylar kengashi, Mudofaa vazirligi |
|
|
3. |
Gʻalabaning 50 yilligiga bagʻishlab harbiy parad oʻtkazish |
1995-y., may |
Mudofaa vazirligi |
|
|
4. |
Gʻalabaning 50 yilligi oldidan tantanali yigʻilishlar oʻtkazish |
1995-y., aprel- may |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
|
5. |
Frontda halok boʻlgan oʻzbekistonlik jangchilarning qabrlarini aniqlash, sarishtalash yuzasidan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari va chet davlatlarning hukumat rahbarlariga va Faxriylar tashkilotlariga murojaatnoma qabul qilish |
1994 1995 yy. |
Tashqi ishlar vazirligi, Faxriylar kengashi, Mudofaa vazirligi |
|
|
6. |
Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabada oʻzbekistonliklar koʻrsatgan jasoratning tarixiy ahamiyati mavzuida ilmiy konferensiya va joylarda lektorlarning chiqishlarini uyushtirish |
1995-y., aprel |
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Faxriylar tashkilotlari uyushmasining kengashi, hokimliklar, Mudofaa vazirligi, Yoshlar Ittifoqi |
|
|
7. |
Moskvadagi “Poklonnaya gora” tepaligida bunyod etilayotgan xalqlarning Ikkinchi jahon urushi davridagi qahramonligi va jasoratini aks ettiruvchi memorial kompleksda oʻzbekistonlik jangchilarning Buyuk Gʻalabaga qoʻshgan hissasi oʻz ifodasini topishi borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish |
1994-y |
Mudofaa vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Faxriylar kengashi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi |
|
|
8. |
Maktabgacha tarbiya muassasalari, maktablar, hunar-texnika bilim yurtlari, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari harbiy bilim yurtlarida, qismlarda fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabada Oʻzbekistonning tutgan oʻrni, uning farzandlari koʻrsatgan jasorati, Gʻalabaning tarixiy ahamiyati haqida maxsus darslar oʻtkazish |
1994- 1995 yillar |
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Faxriylar kengashi, Mudofaa vazirligi, Yoshlar Ittifoqi |
|
|
9. |
Respublika teatrlarida, madaniyat uylarida, kutubxonalarda, kinoteatrlarda fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabada oʻzbekistonliklar koʻrsatgan jasoratlarni namoyish etuvchi, Gʻalabaning tarixiy ahamiyatini ochib beruvchi sahna asarlari, kitobxonlar konferensiyalari, hujjatli va badiiy filmlar namoyishini tashkil etish |
1994- 1995 yillar |
Madaniyat ishlari vazirligi, Oʻzdavkinokompaniya, Rassomlar uyushmasi |
|
|
10. |
Alisher Navoiy nomidagi milliy bogʻda teatrlashtirilgan tomoshalar tashkil etish |
1995-y., may |
Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat ishlari vazirligi |
|
|
11. |
Respublika viloyati markazlarida “Fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 50 yilligiga” bagʻishlangan teatrlashtirilgan tomoshalar tashkil etish |
1995-y., may |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Madaniyat ishlari vazirligi |
|
|
12. |
Gʻalabaning 50 yilligi munosabati bilan bayram ramzi tushirilgan esdalik sovgʻalari, suvenirlar va nishonlar, xalq isteʼmol mollari, chinni buyumlarini chiqarish |
1994- 1995 yillar. |
“Mahalliy sanoat”, Oʻzbekbirlashuv, “Oʻzbekyengilsanoat,” “Oʻzbeksavdo” |
|
|
13. |
Fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabada front va front ortida jasorat koʻrsatgan faxriylarga sovgʻa-salomlar berish va ularni moddiy-maʼnaviy ragʻbatlantirish choralarini belgilash |
1995-y., aprel- may |
QQR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Faxriylar Kengashi, “Mahalla” jamgʻarmasi |
|
|
14. |
Ommaviy axborot vositalarida Gʻalabaning tarixiy ahamiyati, oʻzbek xalqi vakillari koʻrsatgan jasoratni targʻib etuvchi eng yaxshi publitsistik asar, koʻrsatuv va eshittirish uchun tanlov eʼlon qilish |
1994- 1995 yillar. |
Oʻz.A, “Oʻzteleradiokompaniya” va boshqa ommaviy axborot vositalari |
|
|
15. |
Xotira kitobini nashr etish |
1994- 1995 yillar, aprel |
Oʻzdavmatbuotqoʻm, Faxriylar kengashi |
|
|
16. |
1941 — 1945-yillardagi urushda qozonilgan Gʻalabaning 50 yilligi medalini topshirish tartibi va nizomini ishlab chiqish hamda taqdim etiladiganlarning roʻyxatini tuzish va medallarga buyurtma berish |
1994-y. |
Mudofaa vazirligi, Faxriylar kengashi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, hokimliklar, vazirliklar |
|
|
17. |
Hokimliklar hamda vazirliklar, idora va muassasalarning buyurtmasi asosida Gʻalabaning 50 yilligiga bagʻishlangan plakatlar,bukletlar, kitobchalar, kalendarlar, marka va boshqa matbaa mahsulotlarini chiqarish |
1994- 1995 yillar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Faxriylar kengashi,Oʻzdavmatbuotkum, Aloqa vazirligi |
|
|
18. |
Joylarda Gʻalabaning 50 yilligini oʻtkazish boʻyicha tavsiyanomalar ishlab chiqish |
1994-y. |
Hokimliklar, Mudofaa vazirligi, Faxriylar kengashi, “Mahalla” jamgʻarmasi |
|
|
19. |
Gʻalabaning 50 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish, urush faxriylariga, front ortida mehnat qilganlarga yordam beradigan maxsus hisob ochish |
1994-y. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, hokimliklar, Markaziy bank, Faxriylar kengashi |
|
|
20. |
Gʻalabaning 50 yilligi munosabati bilan urush nogironlarini sanatoriy va dam olish uylarida bepul davolashni, urush qatnashchilarini esa imtiyozli yoʻllanmalar bilan taʼminlashni hamda ularni tashkilotlarga biriktirish ishlarini tashkil qilish |
1994- 1995 yillar |
Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati, hokimliklar, korxona va muassasalar, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
|
21. |
Urush nogironlarini protez anjomlar hamda aravachalar bilan taʼminlash ishlarini tashkil etish |
1995-y., aprel |
Ijtimoiy taʼminot, Moliya vazirliklari, xayriya jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati |
|
|
22. |
Urush faxriylarining transport, kommunal xarajatlarini va sanatoriylarda dam olish imtiyozlarini qayta koʻrib chiqish |
1994-y., III chorak |
Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Moliya vazirligi |
|
|
23. |
Yordamga muhtoj va qarovchisiz qolgan urush faxriylarini aniqlash,ularning taʼminotini nazoratga olishni tashkil qilish |
1994- 1995 yillar |
Ijtimoiy taʼminot vazirligi, hokimliklar, Respublika Qizil yarim oy jamiyati |
|
|
24. |
Urush faxriylarining uy-joy sharoitini, oziq-ovqat bilan taʼminlash ishlarini takomillashtirish borasidagi ishlarni tashkil qilish |
1994-y. IV chorak |
Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Moliya vazirligi, Faxriylar kengashi, Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati, “Oʻzbeksavdo”. Oʻzbekbirlashuv |
|
|
25. |
Urush qatnashchilari uchun yakka tartibda uy-joy qurilishiga ajratilgan yer maydonlarini oʻzlashtirish muddati hokimliklar tomonidan cheklanmasligi va ularni qurilish materiallari bilan taʼminlash masalalarini hal etish |
1994-y |
Hokimliklar, Adliya vazirligi, “Oʻzqurilishmateriallari” konserni |
|
|
26. |
1941 — 1945-yillardagi urushda qozonilgan Gʻalabaning 50 yilligi yubiley medalining Nizomiga koʻra taqdirlanadigan har bir urush qatnashchisi va front ortida mehnat qilganlarning hamda “Jasorat” va “Shuhrat” medallari bilan mukofotlanadiganlarning aniq hisobini va roʻyxatini tayyorlash |
1995-y., yanvar |
Mudofaa vazirligi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Faxriylar kengashi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi |
|
|
27. |
Urushdan qaytib kelmagan shahid ketganlarni va urushdan keyin olamdan oʻtganlarni xotirlash, ularning nomlarini abadiylashtirish bilan bogʻliq tashkiliy ishlarni oʻtkazish |
1995-y., may |
Hokimliklar, Diniy ishlar qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Faxriylar kengashi |
|
|
28. |
Rassomlar uyushmasining koʻrgazmalar zalida “Tasviriy sanʼat orqali 1941 — 1945-yillardagi fashizmga qarshi Oʻzbekiston xalqining kurashi va mehnati ifodasi” mavzuida koʻrgazma oʻtkazish |
1995-y., may |
Madaniyat ishlari vazirligi, Rassomlar uyushmasi, Viloyat hokimliklari |
|
|
29. |
Fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 50 yilligiga bagʻishlangan filmlar, pyesalar, asarlar uchun tanlov eʼlon qilishni va oʻtkazishni tashkil etish |
1994- 1995 yillar |
Madaniyat ishlari vazirligi, yozuvchilar, rassomlar va boshqa uyushmalar, Davkinokompaniya, Davteleradiokompaniya |
|
|
30. |
Urush davrida Oʻzbekistonda barpo etilgan ishlab chiqarish muassasalari, korxonalari huzurida kichik muzeylar tashkil qilish va eshittirishlar uyushtirish |
1995-y., aprel |
Vazirliklar, konsernlar, hokimliklar, Teleradiokompaniya, jurnalistlar va yozuvchilar uyushmalari |
|
|
31. |
Respublika muzeylarida “Oʻzbekiston xalqining fashizmga qarshi kurashda koʻrsatgan jasorati” turkumida ekspozitsiyalar tashkil qilish |
1995-y., mart |
Madaniyat ishlari vazirligi, hokimliklar, Fanlar akademiyasi |
|
|
32. |
Gʻalaba kuniga bagʻishlab mahallalarda sportning besh turi boʻyicha spartakiadalar oʻtkazish, shahar va tumanlarda “Gʻalaba kubogi” uchun ommaviy sport musobaqalarini tashkil qilish va oʻtkazish |
1995-y., aprel- may |
Davlat sport qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, hokimliklar, Yoshlar Ittifoqi “Vatanparvar” Respublika tashkiloti |
|
|
33. |
Televideniye, radio, milliy axborot agentligi,gazeta va jurnallar tahririyatlari tomonidan Gʻalabaning 50 yilligiga tayyorgarlikning borishi hamda uning oʻtkazilishini keng yoritish |
1994- 1995 yillar |
Oʻzdavteleradiokompaniya. Milliy axborot agentligi, Oʻzdavmatbuotqoʻm |
|