Oʻzbekiston Respublikasining xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasining
Qarori
“Tovar bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 20-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2351-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-dekabrdagi 344-sonli “Monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solish sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-yil, 1-son, 2-modda) 2-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2012-yil 28-martdagi 6-son “Tovar bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2351, 2012-yil 5-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 14-son, 162-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 10-yanvar,
01/19-26/01-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 4-son, 52-modda)