Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solish sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 338-sonli “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasidagi davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga oldindan rozilik berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zi qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorning maqsadlari, mazmuni va amaliy ahamiyatini tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida keng yoritish tadbirlari tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 27-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
344-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-dekabrdagi 344-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga va qo‘shib olishga oldindan rozilik berish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tovar va (yoki) moliya bozorlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini (keyingi o‘rinlarda birlashma deb ataladi) tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqish va oldindan rozilik olish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarni ko‘rib chiqish va birlashmani tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga va qo‘shib olishga oldindan rozilik berish 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizom maqsadlarida xo‘jalik yurituvchi subyekt deganda tovarlarni ishlab chiqarish, sotib olish va sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs, shu jumladan, xorijiy yuridik shaxs tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oldindan rozilik O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan yoki uning hududiy organi (keyingi o‘rinlarda monopoliyaga qarshi organ deb ataladi) tomonidan:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagi hollarda monopoliyaga qarshi organning xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga oldindan roziligi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar bozorida — qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga oldindan rozilik berish to‘g‘risida ariza berish sanasida tegishli harakatlarni sodir etishda ishtirok etayotganlar aktivlarining jami balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa yoki ular qo‘shib yuboriladigan yoki qo‘shib olinadigan yildan oldingi oxirgi kalendar yilda tovarlarni sotishdan olgan jami tushumi bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa yoxud ulardan biri tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lsa;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya bozorida — qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga oldindan rozilik berish to‘g‘risida ariza berish sanasida tegishli harakatlarni sodir etishda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati ekvivalentdagi miqdordan ortiq bo‘lsa (banklarga nisbatan — 1 800 mlrd so‘m, sug‘urta kompaniyalariga nisbatan — 100 mlrd so‘m, lizing kompaniyalariga nisbatan — 12 mlrd so‘m va bank bo‘lmagan kredit tashkilotlariga, qimmatli qog‘ozlar bozori professional qatnashchilariga nisbatan — 1,6 mlrd so‘m) yoxud bitim qatnashchilaridan biri moliya bozorida ustun mavqeyini egallab turgan bo‘lsa.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Nizomning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan birlashmalarni tashkil etishga, shuningdek xolding kompaniyalar tashkil etishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish quyidagi tarzda bo‘lishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitta tovar yoki moliya bozorida faoliyatni amalga oshiruvchi ikki yoki bir nechta raqobatlashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni gorizontal qo‘shib yuborish, qo‘shib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olishdagi har bir ishtirokchi uchun ishlab chiqarishning (ishlarni, xizmatlarni bajarishning) turli bosqichlarida zarur bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqaradigan va sotadigan o‘zaro raqobatlashmaydigan ikki yoki bir nechta xo‘jalik yurituvchi subyektlarni vertikal qo‘shib yuborish, qo‘shib olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Ruxsat berish talablari va shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Birlashmalarni tashkil etishga, qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga ruxsat berish talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga majburiy rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlarni monopoliyaga qarshi organ qarorlari doirasida amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birlashmaning yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxsning ustun mavqeyi paydo bo‘lishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga yo‘l qo‘ymaslik, ushbu Nizomning 22-bandida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Oldindan rozilik olish uchun zarur hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Birlashmani tashkil etish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish bo‘yicha tegishli harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik olish uchun monopoliyaga qarshi organga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar sodir etishni mo‘ljallayotgan harakatlar ko‘rsatilgan, harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik berish to‘g‘risida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza berish sanasidan oldingi ikki yil mobaynida yoxud, agar ushbu muddat ikki yildan kam vaqtni tashkil qilsa, faoliyatni amalga oshirish muddati mobaynida har bir qatnashchi tomonidan amalga oshirilgan faoliyati turlari, ishlab chiqarilgan va sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning nomlari, ularning hajmlari, amalga oshirilgan (oshiriladigan) harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilayotgan harakat har bir qatnashchisining moliyaviy hisoboti (ariza berish sanasidagi 1-shakl bo‘yicha buxgalteriya balansi, oldingi ikki kalendar yil uchun 2-shakl bo‘yicha moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot) taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qo‘shib olinishi bo‘yicha tegishli harakatlarni sodir etishga dastlabki rozilik berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza va ma’lumotlar ta’sischilarning (qatnashchilarning) kelishuviga ko‘ra birlashma tashkil etishda, qo‘shib yuborishda, qo‘shib olishda qatnashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlardan birining nomidan imzolanadi.
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda hujjatlarni monopoliyaga qarshi organga taqdim etish ta’sischilardan biri tomonidan yoki tegishli vakolatlar berilgan boshqa ishonchli shaxs (keyingi o‘rinlarda vakolatli vakil deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli vakil ushbu bandda ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birga monopoliyaga qarshi organga o‘zining vakolatini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlardan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi organ xo‘jalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga oldindan rozilik berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar monopoliyaga qarshi organga vakolatli vakil tomonidan bevosita (hozir bo‘lish tartibida) yoki ularning olingani to‘g‘risidagi xabarnoma bilan pochta aloqasi orqali yoxud elektron shaklda taqdim etiladi. Bunda elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Birlashmani tashkil etish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish bo‘yicha harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik olish uchun taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxat oldindan rozilik olish uchun murojaat qilgan vakolatli vakilga, hujjatlarning monopoliyaga qarshi organ tomonidan qabul qilingan sanasi to‘g‘risidagi yozuv bilan darhol beriladi (yuboriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sodir etiladigan tegishli harakatning raqobatni cheklashga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini o‘rganish uchun monopoliyaga qarshi organ ushbu ma’lumotlarga ega bo‘lgan boshqa vakolatli organlardan ko‘rib chiqilayotgan ishga bevosita taalluqli bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Axborot tarkibidagi tijorat siri uni monopoliyaga qarshi organga taqdim etishning rad qilinishi uchun asos bo‘la olmaydi, bunda birlashmani tashkil etish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish bo‘yicha harakatlarning qatnashchilari axborotni monopoliyaga qarshi organga taqdim etishda tijorat siri hisoblanadigan ma’lumotlarning mufassal ro‘yxatini ko‘rsatishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Arizani ko‘rib chiqish va oldindan rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qo‘shib olinishi to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Birlashmani tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi ariza:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qatnashchilar yoki harakatni amalga oshiruvchi qatnashchilardan biri o‘z faoliyatini respublikaning ikki va undan ko‘p hududlarida amalga oshiradigan holatlarda — O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z faoliyatini respublikaning tegishli hududi doirasida amalga oshiradigan holatlarda — O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Gorizontal qo‘shib yuborish, qo‘shib olishni amalga oshirishda birlashma yoki yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslarning tovar yoki moliya bozoridagi ustunlik mavqeyi monopoliyaga qarshi organ tomonidan alohida xo‘jalik yurituvchi subyektlar ulushlarining yig‘indisi sifatida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar bozorida vertikal qo‘shib yuborish, qo‘shib olishni amalga oshirishda monopoliyaga qarshi organ boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarni xomashyo resurslaridan foydalanishni cheklash va bu bilan xomashyo iste’molchisi hisoblangan qo‘shib olinadigan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustun mavqeyini kuchaytirish imkoniyatini aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya bozorida vertikal qo‘shib yuborishni, qo‘shib olishni amalga oshirishda monopoliyaga qarshi organ boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning parallel moliya bozorlariga kirishini cheklash imkoniyatini aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Birlashmani tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi ariza monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrug‘i bilan tuziladigan maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarurat bo‘lganda, maxsus komissiya majlisiga birlashma tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga rozilik olish uchun murojaat qilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning vakillari yoki ularning vakolatli vakillari ishonchnoma bo‘yicha taklif etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, maxsus komissiya zarur hujjatlar va ma’lumotlar olingan vaqtdan boshlab o‘n ish kunidan kechikmay xo‘jalik yurituvchi subyektlar birlashmasini tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga oldindan rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish to‘g‘risida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarurat bo‘lganda, agar monopoliyaga qarshi organda amalga oshiriladigan harakat, shu jumladan birlashmaning yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxsning tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeyi vujudga kelishi yoxud kuchayishi munosabati bilan raqobat cheklanishiga olib kelishini yoki olib kelishi mumkinligini taxmin qilish uchun asos paydo bo‘lganda, arizani ko‘rib chiqish muddati ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu to‘g‘rida ariza beruvchiga xabar qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashmani tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga oldindan rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ikki nusxada maxsus komissiyaning raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi hamda monopoliyaga qarshi organning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik yurituvchi subyektning arizasini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan qaror u qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay vakolatli vakilga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashmani tashkil etish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish bo‘yicha harakatlarni sodir etishda qatnashuvchi manfaatdor shaxslarga ularning yozma murojaati bo‘yicha qarorning nusxasi taqdim etiladi.
(17-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Birlashmani tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga oldindan rozilik berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda komissiya qarorida rad etishning asoslangan sababi ko‘rsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashmani tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga oldindan rozilik berishni rad etish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birlashma tashkil etish, qo‘shib yuborish, qo‘shib olish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning to‘liq hajmda taqdim etilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektining ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiq emasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi organning ruxsat berishni boshqa asoslar bo‘yicha, shu jumladan maqsadga muvofiq emaslik sabablari bo‘yicha rad etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Birlashmani tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga va qo‘shib olishga oldindan rozilik berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma tadbirkorlik subyektiga yozma shaklda, rad etish sabablarini, qonunchilikning aniq normalarini hamda tadbirkorlik subyekti ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib takroran ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddatni ko‘rsatgan holda yuboriladi (taqdim etiladi). Tadbirkorlik subyekti rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etishga va takroran ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat ruxsat berish tusidagi hujjatni berishning rad etilganligi to‘g‘risida yozma xabarnoma olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tadbirkorlik subyekti tomonidan ushbu Nizomning 18-bandi to‘rtinchi-beshinchi xatboshilarda nazarda tutilgan, ruxsat berish tusidagi hujjatni berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, ruxsat berish tusidagi hujjatni berish yoki uni berishni rad etish vakolatli organ tomonidan, rad etish sabablarini bartaraf etganlik to‘g‘risida tadbirkorlik subyektining arizasi hamda rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi. Tadbirkorlik subyektining arizasi takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda ilgari monopoliyaga qarshi organ qarorida bayon qilinmagan rad etish sabablarining ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatib o‘tilgan sabablarning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablarining ko‘rsatilishi bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Birlashmani tashkil etish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish ushbu harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida amalga oshirilishi kerak. Agar harakat ko‘rsatilgan muddatda sodir etilmasa monopoliyaga qarshi organning qarori o‘z kuchini yo‘qotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarorning amal qilish muddati o‘tgandan keyin birlashmani tashkil etish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish uchun monopoliyaga qarshi organga ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq hujjatlar taqdim etiladi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Monopoliyaga qarshi organ xo‘jalik yurituvchi subyektlar birlashmasini tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga oldindan rozilik berishga hamda uni raqobatni ta’minlashga yo‘naltirilgan talablarni bajarishga bog‘liq etib qo‘yishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu harakatlarning sodir etilishi tovar yoki moliya bozorida tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektning ustun mavqeyi paydo bo‘lishiga yoki kuchayishiga, shuningdek raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan taqdirda birlashma tashkil etish, qo‘shib yuborish, qo‘shib olish to‘g‘risida qaror qabul qilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar monopoliyaga qarshi organ talabiga ko‘ra raqobatning zarur sharoitlarini tiklash chora-tadbirlarini ko‘rishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ko‘rsatib o‘tilgan talablar, shuningdek ularni bajarish muddatlari monopoliyaga qarshi organning xo‘jalik yurituvchi subyektlar birlashmasini tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi qarorida ko‘rsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Monopoliyaga qarshi organ tovar yoki moliya bozorida hatto birlashmaning yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxsning ustun mavqeyi vujudga kelishi yoki kuchayishi va raqobatning cheklanishi, nojo‘ya oqibatlar yuz berishi mumkin bo‘lgan taqdirda ham, agar birlashmani tashkil etish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik shaxslar o‘z xatti-harakatlari iste’molchilarga sezilarli darajada naf keltirishini isbotlab bersa, harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Moliya tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha vakolatli davlat organlari moliya tashkilotlari tomonidan birlashma tashkil etish, qo‘shib yuborish, qo‘shib olish bo‘yicha harakatlarni sodir etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishda monopoliyaga qarshi organning ko‘rsatib o‘tilgan harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi qarorini hisobga oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar birlashmasini tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi qarorni to‘xtatib turish, to‘xtatish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Birlashmani tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi qarorni to‘xtatib turish, to‘xtatish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22 — 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Birlashmani tashkil etish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish bo‘yicha harakatlar amalga oshirilgungacha, monopoliyaga qarshi organ qarori amal qiladigan davrda bir yoki bir nechta xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qayta tashkil etish, nomini yoki joylashgan joyini (pochta manzilini) o‘zgartirish amalga oshirilgan taqdirda vakolatli vakil ularning topshirig‘i bo‘yicha, xo‘jalik yurituvchi subyekt qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin yetti ish kuni mobaynida monopoliyaga qarshi organga xo‘jalik yurituvchi subyektlar birlashmasini tashkil etish, ularni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish to‘g‘risidagi qarorni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani, ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Monopoliyaga qarshi organ maxsus komissiyasining birlashmani tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi qarori yo‘qolgan yoki yaroqsiz bo‘lib qolgan taqdirda ushbu harakatlarni sodir etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yoki vakolatli vakilning arizasiga binoan uning dublikati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus komissiya qarorining dublikati ariza, shuningdek qaror yaroqsiz bo‘lib qolganda birlashmani tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi qarorning asl nusxasi olingan kundan boshlab besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dublikat berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Ruxsat berish tusidagi berilgan hujjatlar reyestri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Monopoliyaga qarshi organ birlashmani tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga oldindan rozilik to‘g‘risida berilgan qarorlar reyestrini yuritadi va ularni monopoliyaga qarshi organning rasmiy veb saytiga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Berilgan qarorlar reyestrida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birlashma tashkil etishda, qo‘shib yuborishda, qo‘shib olishda qatnashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oldindan rozilik berish to‘g‘risida qabul qilingan qarorning tartib raqami va berilgan sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlar dublikatlarini berishning asosi va sanasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar birlashmasini tashkil etish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish yoki qo‘shib olish tartibini buzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olmasdan birlashmani tashkil etish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish holatlari aniqlangan taqdirda, birlashmani tashkil etish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish ishtirokchilari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi haqida ish qo‘zg‘atiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi haqidagi ish monopoliyaga qarshi organning maxsus komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus komissiya ishni mazmunan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning dastlabki holatini tiklash to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birlashmani yoki yangidan tashkil etilgan yuridik shaxsni saqlab qolish to‘g‘risida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Maxsus komissiya, qabul qilingan qarordan qat’i nazar, monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olmasdan birlashmaning tashkil etilganligi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qo‘shib yuborilganligi, qo‘shib olinganligi uchun ushbu harakatlarni sodir etish haqida qaror qabul qilgan barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarni ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risida qonun hujjatlariga muvofiq qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Monopoliyaga qarshi organning qo‘zg‘atilgan ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarori xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, shuningdek manfaatdor tomonlarga qaror qabul qilingan kundan so‘ng besh kalendar kundan kechikmay yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda maxsus komissiya qarori asosida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rsatma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Monopoliyaga qarshi organning qarori asosida berilgan ko‘rsatma unda belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashmaning, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsning ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib keladigan monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligisiz sodir etilgan harakatlar monopoliyaga qarshi organning da’vosiga ko‘ra sud tomonidan haqiqiy emas deb hisoblanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar monopoliyaga qarshi organning qaroridan (ko‘rsatmasidan) norozi bo‘lgan taqdirda, qarorni butunlay yoki qisman haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida sudga yoxud qarorni (ko‘rsatmani) bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risida ariza bilan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga murojaat qilishga haqli.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Maxsus komissiyaning birlashmani tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi qarori, shuningdek oldindan rozilik olmasdan ko‘rsatib o‘tilgan harakatlarni sodir etganlik uchun qo‘zg‘atilgan ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarori monopoliyaga qarshi organ tomonidan saytda joylashtirilishi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga oldindan rozilik berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga oldindan rozilik berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga oldindan rozilik berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20___ yil “___” __________ _____-son
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmasi)
Oldindan rozilik berish to‘g‘risida
ARIZA
____________________________________________________________da joylashgan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-dekabrdagi 344-son qarori bilan tasdiqlangan Xo‘jalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga oldindan rozilik berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ___________________________________________________________ uchun oldindan
(sodir etish nazarda tutilgan xatti-harakat nomi)
rozilik berishni so‘raydi.
Ilovalar:
1. __________
2. __________
…
Vakolatli shaxsning lavozimi, F.I.O. va imzosi
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga oldindan rozilik berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi tasviri
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYAGA QARSNI KURASNISN QO`MITASI
_____________________________________________ ga
(xatti-harakatning nomi va ko‘rsatib o‘tilgan xatti-harakatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning nomi)
monopoliyaga qarshi organning roziligini berish masalasi bo‘yicha ___________________________________da taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib,
(ariza tushgan sana)
“Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasiga va Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-dekabrdagi 344-son qarori bilan tasdiqlangan Xo‘jalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga oldindan rozilik berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq
(hujjatlarni ko‘rib chiqishda aniqlangan ishning holati bayon qilinadi)
Yuqorida bayon qilinganlarni inobatga olib va Xo‘jalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga oldindan rozilik berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga amal qilib, Komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Xo‘jalik yurituvchi subyektlar birlashmalarini tashkil etishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga oldindan rozilik berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 21-bandiga muvofiq ushbu qarorda nazarda tutilgan xatti-harakat qaror qabul qilingan paytdan boshlab bir yil mobaynida amalga oshirilishi kerak. Xatti-harakatlar ko‘rsatilgan muddatda sodir etilmagan taqdirda qaror o‘z kuchini yo‘qotadi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 1-son, 2-modda, 31-son, 380-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095; 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)