Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.04.2022 20.01.2014 yildagi 10-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.04.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 180-sonli “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatning tashkiliy-huquqiy asoslari va munosabatlarni tartibga solish, ekspertizadan oʻtkazish jarayonini maqbullashtirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diniy mazmundagi materiallarni davlat dinshunoslik ekspertizasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi PQ-3668-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2018-y., 07/18/3668/1080-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konfessiyalar bilan ishlash va ekspertiza boʻlimi yuqori malakali mutaxassislar, shuningdek zarur axborot bazasi va moddiy-texnik vositalar bilan taʼminlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dinshunoslik ekspertizasi xulosalarini hisobga olishning yagona reyestrini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faoliyatini amalga oshirish tartibiga oid tushuntirish ishlari keng miqyosda tashkil etilishini va oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 23-apreldagi 196-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshi, 3-bandining birinchi xatboshi va qarorga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 20-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-son

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-yanvardagi 10-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish boʻyicha faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faqat davlat dinshunoslik ekspertizasi oʻtkazilganidan keyin amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diniy mazmundagi materiallarda materiallarning toʻliq nomlanishi, mazmuni, muallifi, tayyorlovchisi, tayyorlangan sanasi va joyi, adadi va boshqa maʼlumotlar davlat tilida koʻrsatilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy mazmundagi materiallar (keyingi oʻrinlarda materiallar deb ataladi) — dunyodagi turli dinlarning asoslari, tarixi, mafkurasi, taʼlimoti va sharhlari hamda marosimlarini oʻtkazish amaliyotini aks ettiruvchi kitoblar, risolalar, jurnallar, gazetalar, varaqalar va boshqa bosma nashrlar, audiovizual asarlar (tele-, kino- va videofilmlar, kliplar, konsert dasturlarining yozmalari, multfilmlar, anime, xentay va shu kabilar), axborot tashuvchi elektron jismlar (disketlar, CD, DVD disklari, Internet tarmogʻida joylashtirilgan materiallar va shu kabilar);

tayyorlash — Oʻzbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni nashr etish, qayta nashr etish va nusxa koʻchirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olib kirish — xorijda tayyorlangan diniy mazmundagi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga yetkazib berishning har qanday shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarqatish — Oʻzbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni sotish, obuna boʻlish, yetkazib berish, tarqatish, yuborish va realizatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dinshunoslik ekspertizasi (keyingi oʻrinlarda ekspertiza deb ataladi) — Din ishlari boʻyicha qoʻmita (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan diniy mazmundagi materiallarni tadqiq etish jarayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertiza xulosasi (keyingi oʻrinlarda xulosa deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan bajariladigan diniy mazmundagi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish, tarqatishga ruxsat berish (ruxsat bermaslik) masalasini hal etish uchun koʻrsatilgan materiallarda diniy qonun-qoidalardan ogʻishganlik yoki buzib koʻrsatishning borligiga oid ilohiyotshunoslik tadqiqotlari oʻtkazilganligini rasman tasdiqlovchi yozma hujjat;

tayyorlash, olib kirish, tarqatish man etilgan diniy mazmundagi materiallar roʻyxati — Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalada boʻlishi taqiqlangan diniy mazmundagi materiallarning har yili kamida ikki marta tuziladigan roʻyxati;
(4-bandi sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 335-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 09/19/335/2971-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — xulosa berish toʻgʻrisidagi ariza bilan vakolatli organga murojaat qilgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlash yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tayyorlashga moʻljallangan materiallarning nazorat nusxasi va zarur maʼlumotlar ekspertizani amalga oshirish uchun vakolatli organga yetkazib berilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan tayyorlanadigan materiallar ekspertiza oʻtkazilganidan keyin materialning muallifi va nomlanishi, noshir manzili, adadi (tiraji), materialning qisqa mazmuni va sharhi hamda tayyorlangan sanasi koʻrsatilgan axborotga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Materiallarni tayyorlashga oʻn ish kuni davomida oʻtkaziladigan va yakunida xulosa rasmiylashtiriladigan ekspertizadan keyin yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari davlat chegarasida olib qoʻyilgan materiallar ekspertizadan oʻtkazish uchun vakolatli organga oʻz vaqtida yuborilishini taʼminlaydi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan taqiqlangan materiallar roʻyxatiga kiruvchi materiallar ekspertiza oʻtkazilganidan keyin bojxona organlari yoki davlat chegarasini qoʻriqlash organlari tomonidan musodara qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun har bir nomlanishdagi materialdan uch nusxadan oshmagan miqdorda, agar ular taqiqlangan materiallar roʻyxatiga kiritilmagan boʻlsa, ekspertiza oʻtkazilgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vakolatli organ diniy material namunasi olingandan keyin oʻn ish kunidan oshmagan muddatda muayyan material Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi toʻgʻrisidagi masalani keyinchalik hal etish uchun tegishli organga xulosa taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari manfaatlarini himoya qilish maqsadida ommaviy ziyorat tadbirlari oʻtkaziladigan vaqtda ekspertizaning bevosita bojxona nazorati punktlarida oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida tarqatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida tarqatish yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan turgʻun savdo shahobchalari orqali fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassa, toʻlov terminallarini qoʻllash va pul tushumlarini qonunchilikda belgilangan tartibda bankka inkassatsiya qilish (banklarga topshirish) yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari kutubxonalari, shuningdek boshqa kutubxonalarning (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tijorat tashkilotlari kutubxonalari) vakolatli organ xulosasini olmay turib, xorijiy ishlab chiqaruvchilardan materiallarni qabul qilishlari taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vakolatli organ va boshqa manfaatdor tashkilotlar materiallarning noqonuniy tarqatilishi holatlarini aniqlash va oldini olish tadbirlarini hamkorlikda amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ekspertizaning ijobiy xulosasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida materiallarning muayyan turini tarqatish huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Materiallarni quyidagi maqsadlarda tarqatishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy yoki ijtimoiy mavqeyiga qarab yoki boshqa holatlarga koʻra kamsitish yoxud oʻzga shaxslar mahsulotlarini obroʻsizlantirish;

Oʻzbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumi, hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat qilish;

urush, zoʻravonlik, terrorizm, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalarini targʻib etish;

milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatuvchi axborotni tarqatish;

diniy eʼtiqodni oʻzgartirishga daʼvat qilish;

dindorlarning diniy tuygʻularini haqorat qilish yoki kamsitish;

fuqarolarni oʻz konstitutsiyaviy majburiyatlarini bajarmaslikka chaqirish;

davlat, jamoat yoki diniy tashkilotlarning huquqlari va mol-mulkiga tajovuz qilishga undash;

giyohvand vositalar, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targʻib qilish;
(18-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/34/2486-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikni keltirib chiqaruvchi xatti-harakatlarni amalga oshirishga undash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Ushbu Nizomni buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi hududida materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish bilan bogʻliq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda sud orqali hal etiladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ushbu Nizom normalarini buzishda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-yanvardagi 10-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diniy mazmundagi materiallarni davlat dinshunoslik ekspertizasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom diniy mazmundagi materiallarni davlat dinshunoslik ekspertizasidan oʻtkazish tartibi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish va tarqatishga moʻljallangan diniy mazmundagi materiallarning davlat dinshunoslik ekspertizasini amalga oshirishda ishtirok etuvchi tomonlarning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish va tarqatishga moʻljallangan diniy mazmundagi materiallarning davlat dinshunoslik ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dinshunoslik ekspertizasi (keyingi oʻrinlarda ekspertiza deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan mutaxassislar, ekspertlar va diniy tashkilotlar vakillari ishtirokida bosma nashrlar, audiovizual asarlar (tele-, kino- va videofilmlar, kliplar, konsert dasturlarining yozmalari, multfilmlar, anime, xentay va shu kabilar), axborot tashuvchi elektron jismlar (disketlar, CD, DVD disklari, Internet tarmogʻida joylashtirilgan materiallar va shu kabilar) va diniy mazmundagi boshqa materiallarni tadqiq etish jarayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertiza xulosasi (keyingi oʻrinlarda xulosa deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan bajariladigan diniy mazmundagi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish, tarqatishga ruxsat berish (ruxsat bermaslik) masalasini hal etish uchun koʻrsatilgan materiallarda diniy qonun-qoidalardan ogʻishganlik yoki buzib koʻrsatishning borligiga oid ilohiyotshunoslik tadqiqotlari oʻtkazilganligini rasman tasdiqlovchi yozma hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy mazmundagi materiallar (keyingi oʻrinlarda materiallar deb ataladi) — dunyodagi turli dinlarning asoslari, tarixi, mafkurasi, taʼlimoti va sharhlari hamda marosimlarini oʻtkazish amaliyotini aks ettiruvchi kitoblar, risolalar, jurnallar, gazetalar, varaqalar va boshqa bosma nashrlar, audiovizual asarlar (tele-, kino- va videofilmlar, kliplar, konsert dasturlarining yozmalari, multfilmlar, anime, xentay va shu kabilar), axborot tashuvchi elektron jismlar (disketlar, CD, DVD disklari, Internet tarmogʻida joylashtirilgan materiallar va shu kabilar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspert kengashi — vakolatli organ huzuridagi olimlar, ekspertlar va dinshunoslik hamda ilohiyotshunoslik sohasi mutaxassislari kengashi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish, tarqatishga moʻljallangan material, agar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida boshqa holat koʻzda tutilmagan boʻlsa, ekspertizadan oʻtkazilishi kerak.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ekspertiza Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va ushbu Nizomga muvofiq murojaat etilgan kundan boshlab oʻn ish kuni davomida vakolatli organ tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq oʻtkaziladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vakolatli organ huzurida olimlar, ekspertlar va dinshunoslik hamda ilohiyotshunoslik sohasi mutaxassislaridan iborat tarkibda ekspert kengashi tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ekspertiza koʻrsatib oʻtilgan faoliyatning biror turini amalga oshirishdan oldin yuridik va jismoniy shaxslarning yozma murojaatlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari va idoralarining murojaatlari asosida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yuridik yoki jismoniy shaxslar yoki manfaatdor vazirlik yoxud idora vakolatli organga quyidagilar uchun zarur hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) materiallarni tayyorlash uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 335-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 09/19/335/2971-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning “a” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nashr etilishi rejalashtirilgan material haqidagi maʼlumot, jumladan, materialning nashrdan chiqariladigan adadi, foydalanilgan manbalarning roʻyxati (adabiyotni tayyorlashda bir nechta manbalardan foydalanilganda), material tarjima qilingan taqdirda, uning qaysi adabiyotdan tarjima qilingani, qayerda chop qilingani va toʻliq nomi;
(8-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 335-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 09/19/335/2971-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nashrga tayyorlashga moʻljallangan material muallifi yoki tarjimon diniy maʼlumotga ega boʻlsa, uning diniy maʼlumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (bunday hujjatga ega boʻlmagan taqdirda, bu haqda vakolatli organga kiritiladigan xat yoki arizada koʻrsatiladi).
(8-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 335-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 09/19/335/2971-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) materiallarni olib kirish uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 335-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 09/19/335/2971-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulk egasi yoki muayyan materialni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga yetkazib berish majburiyatini oluvchi huquq egasi boʻlgan shaxs bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olib kirilishi rejalashtirilgan materiallar haqida maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) materiallarni tarqatish uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 335-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 09/19/335/2971-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning “v” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarqatilishi rejalashtirilgan materiallar haqidagi maʼlumot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ekspertizani oʻtkazishda ishtirok etuvchi mutaxassislar oʻzlari haqida quyidagilarni: maʼlumoti, ilmiy darajasi, ish staji va dinshunoslik sohasidagi salohiyatiga oid boshqa axborotni koʻrsatishlari, shuningdek tadqiqot jarayoni, oʻz xulosalarini diniy qoidalar, talqinlar, qonunlar bilan asoslab, batafsil tavsiflashlari, shaxsiy imzolari bilan tasdiqlashlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi hududida quyidagi belgilarga ega materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy yoki ijtimoiy mavqeyiga qarab yoki boshqa holatlarga koʻra kamsitish yoxud oʻzga shaxslar mahsulotlarini obroʻsizlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumi, hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urush, zoʻravonlik, terrorizm, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalarini targʻib etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatuvchi axborotni tarqatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy eʼtiqodni oʻzgartirishga daʼvat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dindorlarning diniy tuygʻularini haqorat qilish yoki kamsitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarni oʻz konstitutsiyaviy majburiyatlarini bajarmaslikka chaqirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat, jamoat yoki diniy tashkilotlarning huquqlari va mol-mulkiga tajovuz qilishga undash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarni targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikni keltirib chiqaruvchi xatti-harakatlarni amalga oshirishga daʼvat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vakolatli organga davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat va diniy tashkilotlardan oʻz yuritishidagi masalalar boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish uchun belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda zarur hujjatlar va axborotlarni soʻrash va olish huquqi beriladi, ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vakolatli organ belgilangan tartibda tashkilotlarni, shu jumladan jamoat va diniy tashkilotlarni borib koʻrish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ekspertiza natijalari majburiy hisobot hujjati hisoblanadi va xulosa sifatida rasmiylashtiriladi hamda individual raqamga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertizaning xulosasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida muayyan material turini tayyorlash, olib kirish va tarqatishga yoki shunday faoliyatni amalga oshirishni rad etishga asos boʻlib xizmat qiladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 335-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 09/19/335/2971-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatishga oid ekspert xulosasi vakolatli organ raisi, u boʻlmagan taqdirda uning oʻrnini bosuvchi shaxs tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vakolatli organda Ekspertiza xulosalarining yagona reyestri yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vakolatli organ yiliga kamida ikki marta manfaatdor vazirliklar va idoralarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish va tarqatish taqiqlangan materiallar roʻyxatini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ekspert xulosasiga koʻra tayyorlashga taqdim etilgan material ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq vakolatli organning maxsus gologrammasi bilan tamgʻalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Respublikasi hududida materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish bilan bogʻliq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda sud orqali hal etiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ushbu Nizom normalarini buzishda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diniy mazmundagi materiallarni davlat dinshunoslik ekspertizasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Diniy mazmundagi materiallarni davlat dinshunoslik ekspertizasidan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diniy mazmundagi materiallarni davlat dinshunoslik ekspertizasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan ruxsat etilgan diniy mazmundagi materiallarga beriladigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GOLOGRAMMA

(Aylana boʻylab: “*Oʻzbekiston* Din ishlari boʻyicha qoʻmita * Committee of the Religion Affairs”)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Ichida: Din ishlari boʻyicha qoʻmita * Committee of the Religion Affairs” yozuvi tushirilgan kitob emblemasi)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi PQ-3668-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2018-y., 07/18/3668/1080-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 4-son, 47-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2018-y., 07/18/3668/1080-son, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/34/2486-son; 19.04.2019-y., 09/19/335/2971-son; 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)