Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Chorva mollari va sutning xarid narxlarini oshirish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 20-iyuldagi 375-sonli “Chorva mollari va sutning xarid narxlarini oshirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xoʻjaliklarning chorva mollarini oʻstirish va sut yetishtirish hamda sotish hajmlarini koʻpaytirishdagi iqtisodiy manfaatdorliklarini oshirish maqsadida, shuningdek, omixta em va transportga tariflarning oʻsishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yil 1-iyundan boshlab chorva mollari va sutning cheklangan xarid narxlari ilovaga muvofiq belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi chorva mollari va sutning yangi xarid narxlari preyskurantlarini ishlab chiqsin va manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 31-martdagi 177-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 1-iyun,
278-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 1-iyundagi 278-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Chorva mollari va sut xarid narxlarining
ChEKLANGAN MIQDORLARI
| | |
bir tonnasi uchun ming soʻm-kuponlarda |
| |
tirik vaznda |
soʻyilgan vaznda |
| Qoramol, ot, tuyalar |
3400 |
7000 |
| Choʻchqalar |
4200 |
7000 |
| Qoʻy va echkilar |
2800 |
7000 |
| Asosiy yogʻlilik darajasi 3,6 foiz boʻlgan sut | |
600 |