Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 21.08.1998 yildagi 360-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil paxta hosilini yig‘ishtirib olishni rag‘batlantirish va uni uyushqoqlik bilan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil paxta hosili o‘z vaqtida va sifatli yig‘ishtirib olinishini ta’minlash, paxta mahsuloti hajmlarini ko‘paytirish va sifatini yaxshilashda qishloq xo‘jaligi xodimlarining moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Paxta yig‘im-terimi mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazishga doir masalalarni tezkorlik bilan hal etish uchun 1-ilovaga muvofiq tarkibda Respublika komissiyasi tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va “O‘zqishloqxo‘jalikmashxolding” kompaniyasi xo‘jaliklarning yig‘im-terimga tayyorligini puxta o‘rganib chiqsinlar va moddiy-texnika bazaning yig‘im-terimga va paxta tayyorlashga 1-sentabrgacha tayyorlab qo‘yilishini va yig‘im-terim mavsumi qisqa muddatlarda o‘tkazilishini ta’minlovchi qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Paxta yetishtirish va 1998-yil hosilidan paxta tolasi davlat xaridi hajmi Vazirlar Mahkamasining “1998-yilda yetishtiriladigan paxta xom ashyosi uchun avans berish to‘g‘risida” 1998-yil 4-fevraldagi 57-son qaroriga muvofiq belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 1998-yil hosili paxta xom ashyosiga o‘rtacha xarid narxlari xarid bozorida paxta tolasiga narx konyunkturasidan kelib chiqib paxtani qayta ishlash va tolani transportda tashish xarajatlarini hisobga olib 1 tonnasi uchun 24 300 so‘m miqdorida belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1998-yil hosili paxta xom ashyosining yalpi xarid narxlari preyskurantini bir hafta muddatda ishlab chiqsin hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi topshirilgan paxta xom ashyosi uchun xo‘jaliklar bilan uning qiymatining 90 foizi hisobidan kelib chiqib hisob-kitob qilsin, uzil-kesil hisob-kitoblar qayta ishlash yakunlari bo‘yicha qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 31-yanvardagi 32-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Hosilni yig‘ishtirib olishda moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish maqsadida xo‘jaliklarga paxta terganlik uchun quyidagi chegaralangan miqdorlarda haq to‘lash tavsiya etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki qatorli vertikal shpindelli paxta terish mashinasida terilgan konditsion og‘irligi 1 tonna bo‘lgan paxta uchun — kamida 135 so‘m, to‘rt qatorli mashinada terilganda — 85 so‘m, ikki qatorli gorizontal shpindelli mashinada terilganda — kamida 45 so‘m;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qo‘lda terilgan 1 kilogramm o‘rta tolali paxta uchun — kamida 5 so‘m, ingichka tolali paxta uchun kamida 6,5 so‘m.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yig‘im-terim ishlarida band bo‘lganlar bilan paxta tayyorlash to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlariga muvofiq har besh kunda hisob-kitob qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jaliklar rahbarlarining e’tibori yuqori navli paxta terib olinishi uchun terimchilarni rag‘batlantirishni nazarda tutgan holda yig‘im-terim mavsumining dastlabki kunlaridan boshlab paxta terimi uchun eng yuqori haq belgilanishi zarurligiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pul-kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasi (Mullajonov) agrosanoat kompleksida mehnatga haq to‘lashning bazaviy darajasini mazkur bandga muvofiq qayta ko‘rib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Markaziy bank, “Paxta-bank”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “O‘ztadbirkorbank”, “Mevasabzavotbank” terimchilar va paxta terish mashinalarining mexanik-haydovchilari bilan, shuningdek paxtani yuklash, tushirish, tayyorlash, transportda tashish va joylashtirish hamda ishlov berish, paxta terish texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish va tuzatish bilan band bo‘lgan xodimlar bilan mehnatga haq to‘lashning idora ichki normativlari bo‘yicha o‘z vaqtida hisob-kitob qilish uchun xo‘jaliklarni, mashina-traktor parklarini va tayyorlov punktlarini, paxta tozalash zavodlarini naqd pul bilan ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Bobojonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari g‘o‘za bargini to‘kish 2-ilovaga muvofiq hajmlarda va muddatlarda o‘tkazilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi (Ro‘zmetov) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zagrokimyota’minot” davlat-aksiyadorlik birlashmasining buyurtmanomalari bo‘yicha g‘o‘za bargini to‘kish uchun zarur miqdorda samolyotlar va vertolyotlar ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi (Matchonov), “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi (Olimjonov), O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Bobojonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shu yil 10-sentabrgacha mashinalarni traktorlarga tirkagan holda, paxta terish texnikasini, yuklash-transportda tashish vositalarini to‘liq tayyor holga keltirsinlar, terish-transport otryadlarini mexanizatorlar bilan butlasinlar. Dvigatellar, uzellar va agregatlarni, boshqa zarur materiallarni almashtirish fondlari tashkil etsinlar. Paxtani mashinada terishni tashkil etish va o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining tavsiyalariga muvofiq amalga oshirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta terish mashinalarini paxta yig‘im-terimiga 3-ilovaga muvofiq miqdorlarda chiqarsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta terish mashinalaridan unumli foydalanish maqsadida ularni terim-transport otryadlari tarkibida jamlasinlar va ishlashini tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi (Matchonov) paxta yig‘im-terimi mavsumi boshlanishiga qadar 500 ta vertikal shpindelli, 141 ta gorizontal shpindelli paxta terish mashinasi, shuningdek “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq traktorlar, pritseplar, ko‘rak terish mashinalari, ko‘sak chuviydigan mashinalar va ehtiyot qismlar yetkazib berilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi “Keys-2022” gorizontal shpindelli paxta terish mashinalari qiymatini “O‘z Keysmash” qo‘shma korxonasiga to‘lasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Farg‘ona vodiysi viloyatlaridan hosilni yig‘ib-terib olishga paxta terish texnikasi va mehnat resurslarini safarbar qilish yuzasidan shartnomalar tuzilishini tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi va “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi paxta terish texnikasini mavsumga tayyorlashni tugallashda xo‘jaliklarga va mashina-traktor parklariga texnikaviy yordam ko‘rsatish hamda ularning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun sanoat korxonalarini viloyatlarga 4-ilovaga muvofiq biriktirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi (Tojiyev) yonilg‘i-moylash materiallari, “O‘zkimyosanoat” uyushmasi (Yusupbekov) esa defoliantlar 1998-yil sentabr — noyabr oylarida xo‘jaliklarga, mashina-traktor parklariga va paxta tozalash korxonalariga yig‘im-terim ishlarini, tayyorlov punktlarida paxtaga ishlov berishni, kuzga shudgorlashni va boshoqli don ekishni uzluksiz o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hajmlarda, ular qiymatining 15 foizini oldindan undirmagan holda, hisob-kitoblarni paxta xom ashyosining paxta tozalash zavodlariga sotilishiga qarab birinchi navbatda amalga oshirish sharti bilan, yetkazib berilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (Ermetov) neft, gaz kondensati va neft mahsulotlari ular qiymatining 15 foizi oldindan undirilmagan holda yetkazib berilishini ta’minlasin hamda 1998-yil sentabr — dekabr oylari davrida “O‘zbekneftgaz” milliy koporatsiyasi korxonalariga penya hisoblamasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekbirlashuv, “O‘zbeksavdo” kompaniyasi, “Yog‘moytamakisanoat” uyushmasi, “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi qishloq aholisini va paxta terimi qatnashchilarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash masalalarini o‘z vaqtida hal etsinlar, joylarda ko‘chma savdo tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi paxta yig‘im-terimida band bo‘lgan xodimlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish chora-tadbirlarini belgilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hosilni yig‘ishtirib olish davrida terimchilarga madaniy xizmat ko‘rsatishni tashkil etsin, san’at va adabiyot ustalarining xo‘jaliklarga borishlarini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 21-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
360-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 21-avgustdagi
360-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil paxta yig‘im-terimi mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazishga doir masalalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha Respublika komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jo‘rabekov I.H. ‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, komissiya raisi‎
Alimov T.A.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv bo‘yicha)‎
Barnoyev G.L.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv bo‘yicha)‎
Bobojonov I.O.‎ —‎ Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari‎
G‘aniyev E.M.‎ —‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri‎
Olimjonov B.M.‎ —‎ “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi raisi‎
Zikriyoyev E.‎ —‎ “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi raisi‎
Mahmudxo‘jayev N.‎ —‎ O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori‎
Matchonov R.D.‎ —‎ “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi raisi‎
Yusupbekov N.R.‎ —‎ “O‘zkimyosanoat” uyushmasi raisi‎
Toshmatov.‎ —‎ “Paxta-bank” boshqaruvi raisi‎
Jumageldiyev M.R.‎ —‎ Markaziy bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari‎
Ro‘zmetov A.G‘.‎ —‎ “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi bosh direktori‎
Zinin V.I.‎ —‎ Moliya vazirining o‘rinbosari‎
Muhamadaliyev Sh.‎ —‎ O‘simliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar markazi direktori‎
Tojiyev E.‎ —‎ “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi bosh direktori‎
Xoliyorov Y.‎ —‎ O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori‎
Ermetov N.E.‎ —‎ “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 21-avgustdagi
360-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yilda g‘o‘za bargini to‘kishning hisoblab chiqilgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hajmlari va muddatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Respublika va ‎viloyatlar

Defoliatsiya qilinadigan maydon,
‎ming gektar‎

G‘o‘za bargini to‘kishning
‎ taxminiy muddatlari ‎‎‎

boshlanishi‎

tugallanishi‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ‎

100‎

1998.10.09‎ 1998.25.09‎

viloyatlar:‎

Andijon ‎ 70‎ 1998.10.09‎ 1998.25.09‎
Buxoro ‎ 104‎ 1998.10.09‎ 1998.25.09‎
Jizzax ‎ 88‎ 1998.15.09‎ 1998.25.09‎
Qashqadaryo‎ 133‎ 1998.10.09‎ 1998.20.09
Navoiy‎ 30‎ 1998.10.09‎ 1998.20.09‎
Namangan‎ 65‎ 1998.15.09‎ 1998.25.09‎
Samarqand‎ 58‎ 1998.15.09‎ 1998.25.09‎
Surxondaryo‎ 92‎ 1998.15.09‎ 1998.20.09‎
Sirdaryo‎ 113‎ 1998.15.09‎ 1998.25.09‎
Toshkent ‎ 84‎ 1998.10.09‎ 1998.20.09‎
Farg‘ona‎ 87‎ 1998.15.09‎ 1998.25.09‎
Xorazm‎ 65‎ 1998.10.09‎ 1998.20.09‎
Respublika bo‘yicha‎ 1089‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 21-avgustdagi
360-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1990-yil paxta hosilini yig‘ib-terib olishga paxta terimi mashinalarini chiqarish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TOPSHIRIQ
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Respublika va viloyatlar

Paxta terimida qatnashadigan
‎paxta terish mashinalari, dona ‎‎

Mashinalar bilan paxta terishning hisoblab chiqilgan hajmi, ming tonna‎

hammasi

sh.j. gorizontal
‎shpindelli mashinalar ‎
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ‎ 1016‎ 4‎ 79‎

viloyatlar: ‎

Andijon‎ 243 4‎ 26‎
Buxoro‎ 282 9‎ 35‎
Jizzax‎ 1516 42‎ 114‎
Qashqadaryo‎ 1737 13‎ 140‎
Navoiy‎ 220 8‎ 25‎
Namangan‎ 414 4‎ 41‎
Samarqand‎ 405 6‎ 39‎
Surxondaryo‎ 567‎ 7‎ 61‎
Sirdaryo‎ 1770‎ 45‎ 131‎
Toshkent‎ 1051‎ 41‎ 91‎
Farg‘ona‎ 202‎ 4‎ 23‎
Xorazm‎ 448‎ 4‎ 48‎

Jami:‎

9871‎ 191‎ 853‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 21-avgustdagi
360-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi va “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi zavodlarining paxta terish texnikasini tayyorlashni tugallash va ularning uzluksiz ishlashini ta’minlashda yordam ko‘rsatish uchun viloyatlarga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BIRIKTIRILISHI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi ‎
“Toshkent traktor zavodi” ishlab chiqarish
‎birlashmasi‎
Nukus “Dauit” aksiyadorlik jamiyati ‎
Jizzax viloyati‎ Chirchiq qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodi‎
Asaka ta’mirlash zavodi‎
Toshkent agregat zavodi‎
O‘rtaovul “O‘zgidravlika” aksiyadorlik jamiyati‎
O‘zbekiston stanoksozlik zavodi‎
Qashqadaryo viloyati ‎ Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozligi ishlab chiqarish birlashmasi ‎
Toshkent kimyo-qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodi‎
Qarshi ta’mirlash zavodi
Toshkent tajriba-tuzatish mexanika zavodi‎
Sirdaryo viloyati ‎ O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mashinasozligi ishlab chiqarish birlashmasi ‎
Dalvarzin ta’mirlash zavodi ‎
Qo‘qon ta’mirlash zavodi ‎