O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekinvest Interneshnl”, “Shartis Uzbekistan” qo‘shma sug‘urta kompaniyalarini va “Chartis Uzbekinvest” agentligini tashkil etish to‘g‘risida” 1994-yil 23-noyabrdagi 565-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida
“Chartis” kompaniyalari guruhining “AIG” nomiga global qaytishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Chartis Uzbekinvest” obunaviy agentligi muassislari yig‘ilishida uning nomini “AIG Uzbekinvest” deb o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 30-dekabr,
350-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-dekabrdagi 350-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekinvest Interneshnl”, “Chartis Uzbekistan” qo‘shma sug‘urta kompaniyalarini va “ Chartis Uzbekinvest “ agentligini tashkil etish to‘g‘risida” 1994-yil 23-noyabrdagi 565-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Nomidagi “Chartis Uzbekinvest” so‘zlari “AIG Uzbekinvest” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 1-band “b” kichik bandining birinchi xatboshidagi “Chartis Uzbekinvest” so‘zlari “AIG Uzbekinvest” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. 2-bandning uchinchi xatboshidagi “Chartis Uzbekinvest” so‘zlari “AIG Uzbekinvest” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 1-son, 8-modda)