09.08.1999 yildagi 381-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oqsaroy toʻqimachi LTD” Oʻzbekiston-Yaponiya-Turkiya qoʻshma korxonasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta ishlangan paxta tolasi hajmlarini koʻpaytirish va uning raqobatbardoshli mahsulotga chuqur qayta ishlanishini taʼminlash, chet el investitsiyalarini jalb qilish asosida respublikaning eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasining “Sado” aksiyadorlik jamiyati tomonidan (Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri) “Mitsubisi korporeyshn” (Yaponiya) va “Bursel” (Turkiya) firmalari bilan quvvatlari 2002-yilda ishga tushiriladigan 4800 tonna taroqlangan kalava va 2000 tonna trikotaj polotno ishlab chiqaruvchi “Oqsaroy toʻqimachi LTD” Oʻzbekiston-Yaponiya-Turkiya korxonasi (qoʻshma korxona) tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oqsaroy toʻqimachi LTD” qoʻshma korxonasining ustav fondi 2,444 mlrd Yaponiya iyeni miqdorida shakllantirilishi, ulushlar quyidagicha taqsimlanishi: “Sado” AJ — 41,75 foiz, “Bursel” firmasi — 54,85 foiz, “Mitsubisi korporeyshn” firmasi — 3,4 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oqsaroy toʻqimachi LTD” qoʻshma korxonasi tomonidan “Mitsubisi korporeyshn” va “Bursel” firmalari bilan kalava va trikotaj polotno ishlab chiqaruvchi fabrikani foydalanishga tayyor holda topshirish sharti bilan loyihalashtirish, qurish va texnologiya jihatidan taʼminlash yuzasidan 7,078 mlrd Yaponiya iyenasi miqdorida kontrakt tuzilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oqsaroy toʻqimachi LTD” qoʻshma korxonasi foydalanishga tayyor holda topshiriladigan qoʻshma korxona obyektlari qurilishining buyurtmachisi, “Mitsubisi korporeyshn” va “Bursel” firmalari esa bosh pudratchi tashkilotlar hisoblanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy qiymati 8,460 mlrd Yaponiya iyenasini tashkil etadigan loyihani mablagʻ bilan taʼminlash 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kontrakt qiymatining 6,015 mlrd Yaponiya iyenasi miqdoridagi 85 foizi Yaponiya Eksimbankining mablagʻini qayta moliyalash yoʻli bilan Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining krediti hisobiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kontrakt qiymatining 1,063 mlrd Yaponiya iyenasi miqdoridagi 15 foizi “Bursel” va “Mitsubisi korporeyshn” firmalarining ustav fondiga badallari hisobiga amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy qarz, foizlar va loyihani amalga oshirish uchun beriladigan kreditga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar tuzilgan kredit shartnomasi muddatlari va shartlarida 2-ilovaga* muvofiq “Oqsaroy toʻqimachi LTD” qoʻshma korxonasining oʻz valyuta mablagʻlari hisobiga qoplanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-2 ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshma korxona tomonidan kreditni qaytarish davrida “Oqsaroy toʻqimachi LTD” qoʻshma korxonasi tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotning butun hajmi “Bursel” firmasi tomonidan tegishli davrda shakllangan jahon narxlaridan past boʻlmagan narxlarda erkin almashtiriladigan valyutaga sotib olinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi va “Sado” AJ “Mitsubisi korporeyshn” va “Bursel” firmalari bilan birgalikda “Oqsaroy toʻqimachi LTD” qoʻshma korxonasi obyektlarini foydalanishga topshirishni taʼminlagan holda qurilish ishlarini olib borish, shuningdek, kontrakt Yaponiyaning Eksimbanki tomonidan mablagʻ bilan taʼminlanishi shartlarini hisobga olgan holda kontrakt qiymati doirasida asbob-uskunalar va materiallar yetkazib berish yuzasidan subpudrat tashkilotlarni tanlash boʻyicha uch oy muddatda tender oʻtkazsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Yaponiyaning Eksimbanki bilan belgilangan tartibda kredit bitimi tuzsin va kredit resurslarini “Oqsaroy toʻqimachi LTD” qoʻshma korxonasiga qayta moliyalasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Moliya vaziri Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Yaponiyaning Eksimbanki oldidagi toʻlov majburiyatlari hamda “Oqsaroy toʻqimachi LTD” qoʻshma korxonasi majburiyatlari boʻyicha Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolat berishga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining Yaponiyaning Eksimbankiga kafolati boʻyicha yuridik xulosani tuzilgan banklararo bitimga muvofiq shakl boʻyicha belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi paxta tolasidan foydalanish balanslarini ishlab chiqishda 2001-yildan boshlab “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasining buyurtmanomasiga muvofiq “Oqsaroy toʻqimachi LTD” qoʻshma korxonasining paxta tolasiga boʻlgan talabini hisobga olsin, ushbu xom ashyoga erkin almashtiriladigan valyutada haq toʻlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oqsaroy toʻqimachi LTD” qoʻshma korxonasi koʻrsatib oʻtilgan qurilish uchun keltirilayotgan asbob-uskunalar va materiallar uchun qurilish tugallangungacha va korxona foydalanishga topshirilgunga qadar boj toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oqsaroy toʻqimachi LTD” qoʻshma korxonasida ishlash uchun kelayotgan chet ellik mutaxassislarga “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi buyurtmanomalari boʻyicha koʻp martalik vizalar belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin, ular konsullik yigʻimlari toʻlashdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qashqadaryo viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oqsaroy toʻqimachi LTD” qoʻshma korxonasi obyektlarini qurish va ularni foydalanishga topshirish uchun kelayotgan chet ellik mutaxassislarning yashashi uchun binolarni belgilasin va ularni belgilangan tartibda qoʻshma korxonaga bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish davrida “Oqsaroy toʻqimachi LTD” qoʻshma korxonasi uchun olib kelinadigan asbob-uskunalar konteynerlarini vaqtincha saqlash uchun belgilangan tartibda yer uchastkasi ajratsin, ushbu uchastkadan keyinchalik xom ashyo va tayyor mahsulot omborlari qurish uchun foydalanish imkoniyatini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M. Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 9-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
381-son