1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.03.00 Valyuta operatsiyalari (bitimlari) / 07.27.03.02 Kapitalning harakatlanishi bilan bogʻliq valyuta operatsiyalari]
[TSZ:
1.Moliya / Valyutani tartibga solish. Qimmatbaho metallar (toshlar)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom kapital harakati bilan bogʻliq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 2-iyundagi 15/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2536-3, 15.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2026-y., 10/26/2536-3/0606-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 17-sentabr)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kapital harakati operatsiyalari — joriy xalqaro operatsiyalar hisoblanmaydigan barcha xalqaro (transchegaraviy) valyuta operatsiyalari, jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya faoliyatini amalga oshirish, jumladan rezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan oʻz filiallarini aylanma mablagʻlar bilan toʻldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlar (qarzlar) olish va berish, lizing operatsiyalarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mol-mulkni sotib olish va sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet davlatlardan mablagʻlarni jalb etish hamda ularni chet davlatlardagi hisobvaraqlar va omonatlarga joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intellektual mulk obyektlariga boʻlgan mutlaq huquqni toʻliq olish yoki sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijdan mablagʻ jalb qilish — Oʻzbekiston Respublikasi yoki uning rezidenti tomonidan xorijiy davlatlar yoki norezidentlar aktivlarining (kreditlar, zayomlar va boshqalarning) mazkur xorijiy davlatga yoki norezidentga yoxud ularning talabiga koʻra uchinchi shaxsga shartlashilgan davrda adekvat aktivlarni, jumladan aktivlardan foydalanganlik uchun toʻlovlarni taqdim etish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan holda jalb etilishi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 2-iyundagi 15/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2536-3, 15.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2026-y., 10/26/2536-3/0606-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 17-sentabr)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Banklar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) “Valyuta operatsiyalari hisobini yuritish” axborot tizimi (FERUz) (bundan buyon matnda tizim deb yuritiladi) orqali kapital harakati operatsiyalari hisobini yuritadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 2-iyundagi 15/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2536-3, 15.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2026-y., 10/26/2536-3/0606-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 17-sentabr)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kapital harakati operatsiyalari Markaziy bankda roʻyxatga olinadi. Roʻyxatga olish banklar tomonidan mazkur operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tizimga kiritish tartibida amalga oshiriladi. Maʼlumotlar tizimga kiritilgandan soʻng kapital harakati operatsiyalari roʻyxatga olingan hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 2-iyundagi 15/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2536-3, 15.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2026-y., 10/26/2536-3/0606-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 17-sentabr)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasining diplomatiya va boshqa vakolatxonalari ehtiyojlari uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida koʻchmas mulk obyektlarini olish va ularni qurish boʻyicha valyuta operatsiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi hududida norezidentlar tomonidan koʻchmas mulkni olish va sotish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qogʻozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Rezidentlar tomonidan chet elga quyidagi kapital harakati operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir kalendar yil davomida ustav kapitalida davlat ulushi mavjud korxonalar va ularning shuʼba tashkilotlari tomonidan 100 000 AQSH dollari, davlat ulushi mavjud boʻlmagan korxonalar tomonidan 200 000 AQSH dollari ekvivalentidan yuqori boʻlmagan summada chet elda investitsiya faoliyatini amalga oshirish — chet eldagi korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish yoki ulushli ishtirok etish, chet elda filiallar, vakolatxonalar va savdo uylari faoliyatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir kalendar yil davomida ustav kapitalida davlat ulushi mavjud korxonalar va ularning shuʼba tashkilotlari tomonidan 50 000 AQSH dollari, davlat ulushi mavjud boʻlmagan korxonalar tomonidan 100 000 AQSH dollari ekvivalentidan yuqori boʻlmagan summada chet eldagi oʻz filiallari va vakolatxonalarini aylanma mablagʻlar bilan toʻldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir kalendar yil davomida jismoniy shaxslar tomonidan 10 000 AQSH dollari ekvivalentidan yuqori boʻlmagan summada chet elda investitsiya faoliyatini amalga oshirish — chet eldagi korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish yoki ulushli ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasida investitsiya vositachilarining hisobvaraqlarini toʻldirish imkoniyati bilan chet eldagi brokerlik yoki investitsiya hisobvaraqlarini toʻldirish uchun pul mablagʻlarini oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-son “Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq faqat tegishli litsenziyaga ega boʻlgan investitsiya vositachilari ishtirokida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AQSHdagi xorijiy korxonalarning ustav fondini shakllantirish (yoki kapitalda ishtirok etish) uchun investitsiya faoliyati boʻyicha rezidentlar operatsiyalari — Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi rezidentlar hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini oʻtkazish, AQSHdagi filiallarini aylanma mablagʻlar bilan toʻldirish rezidentlar hisobvaraqlaridagi valyuta mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Banklarning faoliyati bilan bogʻliq kapital harakati operatsiyalari Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan talablar doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rezidentlar tomonidan mazkur bandda nazarda tutilmagan yoki belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlgan miqdorda chet elga kapital harakati operatsiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida amalga oshiriladi, bundan chet eldan jalb qilingan aktivlarni norezidentlarga qaytarish bilan bogʻliq kapital harakati operatsiyalari mustasno.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 2-iyundagi 15/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2536-3, 15.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2026-y., 10/26/2536-3/0606-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 17-sentabr)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kapital harakati operatsiyasini amalga oshirish uchun rezident tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kapital harakati operatsiyasi amalga oshirilishini nazarda tutuvchi hujjatning (shartnoma, kelishuv, bitim va (yoki) boshqa hujjat) hamda unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning nusxalari. Bunda hujjat matni davlat yoki rus tilida bayon etilgan boʻlishi, agar hujjat matni boshqa tilda bayon etilgan boʻlsa, u legallashtirilgan yoki unga belgilangan tartibda apostil qoʻyilgan boʻlishi hamda davlat yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Banklar mazkur hujjatlar taqdim etilgandan keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda ular toʻgʻrisidagi mazkur Nizomning 11-bandida qayd etilgan maʼlumotlarning tizimga kiritilishini taʼminlaydi. Maʼlumotlar tizimga kiritilib, roʻyxatga olingandan soʻng belgilangan tartibda kapital harakati operatsiyasi amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kapital harakati operatsiyalari roʻyxatga olingandan soʻng rezidentlar tomonidan har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 25 sanasiga qadar oʻzining xizmat koʻrsatuvchi bankiga chet eldagi investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, mijozlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar banklar tomonidan umumlashtirilgan holda hisobot choragidan keyingi oy yakuniga qadar Markaziy bankka taqdim etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rezidentlar tomonidan chet eldagi investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar belgilangan tartib va muddatlarda taqdim etilmagan taqdirda, ularning ushbu turdagi keyingi operatsiyalari toʻxtatib turiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 2-iyundagi 15/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2536-3, 15.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2026-y., 10/26/2536-3/0606-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 17-sentabr)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Rezidentlar hujjatlarni elektron tizim orqali qabul qilish uchun dasturiy taʼminotga ega boʻlgan banklarga arizani elektron shaklda taqdim etishi mumkin. Bunda rezident kapital harakati operatsiyasi amalga oshirilishini nazarda tutuvchi hujjatning (shartnoma, kelishuv, bitim va (yoki) boshqa hujjat) yoki unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning nusxalarini arizaga ilova qilishi lozim.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 2-iyundagi 15/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2536-3, 15.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2026-y., 10/26/2536-3/0606-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 17-sentabr)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kapital harakati operatsiyasi shartlariga har qanday oʻzgartirishlar qoʻshimcha kelishuv (kapital harakati operatsiyasi amalga oshirilishini nazarda tutuvchi hujjatga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar) bilan rasmiylashtirilishi va rezidentlar tomonidan qoʻshimcha kelishuv tuzilgan sanadan boshlab oʻn kun muddatda banklarga taqdim etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshimcha kelishuvlarni banklarga taqdim etish hamda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tizimga kiritish mazkur Nizomning 7-bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 2-iyundagi 15/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2536-3, 15.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2026-y., 10/26/2536-3/0606-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 17-sentabr)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Banklar kapital harakati operatsiyalarini amalga oshirishda mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻri va oʻz vaqtida tizimga kiritilishi hamda ular boʻyicha hisob-kitob va toʻlovlarning shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshirilishini taʼminlashlari shart.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 2-iyundagi 15/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2536-3, 15.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2026-y., 10/26/2536-3/0606-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 17-sentabr)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bank tomonidan tizimga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjat ijroga qabul qilingan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatning raqami va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezident yuridik shaxsning nomi, STIR, faoliyat turi va joylashgan hududi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezident jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, JSHSHIR va yashash manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
norezident toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (nomi, yuridik shaxs roʻyxatga olingan davlat yoki jismoniy shaxsning fuqaroligi, yurisdiksiya boʻyicha identifikatsiya raqami);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kapital harakati operatsiyasining turi, summasi va valyutasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijdan mablagʻ jalb qilish shakli (pul mablagʻlari, tovarlar, ish va xizmatlar koʻrinishidagi zayomlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kapital harakati operatsiyasining muddati va foizlari (qarz, depozit va boshqa muddatli operatsiyalarda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijdan jalb qilingan yoki taqdim etilgan mablagʻlarni qaytarish grafigi (mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablagʻlar harakati toʻgʻrisidagi axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kapital harakati operatsiyasi hisobining yuritilishi tugallangan sana (boshqa bankka oʻtkazilgan yoki yakunlangan).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kapital harakati operatsiyasining identifikatsiya raqami tizimda avtomatik tarzda shakllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumotlar tizimga kiritilgandan soʻng bank boshqaruvi raisining tegishli oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizimga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun uni tasdiqlagan bank boshqaruvi raisining tegishli oʻrinbosari javobgar hisoblanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 2-iyundagi 15/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2536-3, 15.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2026-y., 10/26/2536-3/0606-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 17-sentabr)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Rezidentning hisobvaragʻi boshqa bankka oʻtkazilgan taqdirda, keyingi valyuta operatsiyalarining hisobi rezidentning hisobvaragʻi oʻtkazilgan bank tomonidan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kapital harakati bilan bogʻliq shartnomalarni boshqa bankka oʻtkazish mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladigan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 2-iyundagi 15/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2536-3, 15.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2026-y., 10/26/2536-3/0606-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 17-sentabr)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kapital harakati bilan bogʻliq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
_________________________________________________bilan bogʻliq valyuta operatsiyasini
amalga oshirishingizni soʻrayman.
______________________
_______________
______________________
(ariza beruvchining lavozimi)
(imzo)
(ariza beruvchining F.I.O.)
20___yil “____” ____________
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 2-iyundagi 15/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2536-3, 15.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2026-y., 10/26/2536-3/0606-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 17-sentabr)
(1. Ustav fondini shakllantirish/ ulushli ishtirok etish; 2. Savdo uyi/vakolatxona/filial tashkil etish; 3. Boshqa turdagi faoliyat (koʻrsatilsin)
Rezident toʻgʻrisida maʼlumot
Norezident toʻgʻrisida maʼlumot
Jism. shaxs / Yur. shaxs
JshSHIR/STIR raqami
Davlat ulushi mavjudligi
(bor/yoʻq)
Nomi
Xizmat koʻrsatuvchi bank nomi
Xorijiy mamlakatdagi identifikatsiya raqami
(TIN, VATIN, LEI va boshqalar)
Qimmatli qogʻozlarning identifikatsiya qilish kodi
(ISIN)
Xorijiy hamkor nomi
Xorijiy hamkor roʻyxatdan oʻtgan davlat nomi
Xorijiy bank nomi
Xorijiy bank joylashgan davlat nomi
Joriy holati
(faol, tugatilgan, bankrot deb eʼlon qilingan va boshqalar)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jadvalning davomi
Valyuta kodi
Investitsiya qiymati va amaliyotlar
Filiallar va vakolatxonalarniaylanma mablagʻlar bilan toʻldirish
Taʼsischi aksioner kapitaldagi ulushi
Norezident korxonaning moliyaviy hisoboti
(Sof foyda+ / zarar-)
Olingan dividend toʻlovlari
Izoh***
Hisobot davri boshida investitsiya qiymati
Investitsiya kiritish
Investitsiya repatriatsiyasi
(dividendlardan tashqari)
Investitsiya qiymatining oʻzgarishi
Hisobot davri oxirida investitsiya qiymati
Hisobot davri boshida
(foizda)
Hisobot davri oxirida
(foizda)
Hisobot davri boshida
(ekv. doll.)
Hisobot davri oxirida
(ekv. doll.)
Oʻzbekistondagi hisobvaraqdan
Dividendlar kapitalizatsiyasi
bozor qiymatining oʻzgarishi hisobiga**
boshqa oʻzgarishlar hisobiga
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Valyuta operatsiyalari hisobini yuritish” axborot tizimi (FERUz) biriktirilgan identifikatsiya raqami shartnoma roʻyxatga olingandan soʻng bank tomonidan mijozga taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
**Qimmatli qogʻozlar va boshqa aktivlarning bozor qiymatining oʻzgarishi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
***Boshqa oʻzgarishlar hisobiga investitsiya qiymatining oʻzgarishi sabablari va boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.”.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 2-iyundagi 15/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2536-3, 15.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2026-y., 10/26/2536-3/0606-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 17-sentabr)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kapital harakati bilan bogʻliq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
____________________________ning yakunlangan valyuta operatsiyalari toʻgʻrisida
(rezidentning nomi)
MAʼLUMOT
T/r
Valyuta operatsiyasi turi
Valyuta operatsiyasi ijroga qabul qilingan sana
Valyuta operatsiyasini amalga oshirish uchun asos boʻlgan hujjatning sanasi va raqami
Valyuta operatsiyasining summasi va valyutasi
Valyuta operatsiyasi boʻyicha kelib tushgan tushumlar (tovar, ish, xizmat)
Valyuta operatsiyasi boʻyicha amalga oshirilgan toʻlovlar summasi
Valyuta operatsiyasi hisobi yuritilishi tugatilgan sana
Valyuta operatsiyasining tugatilishi uchun asos
1
2
3
4
5
6
7
8
1.
2.
Bank rahbari
___________
_________________
(imzo)
(F.I.O.)
Ijrochi
___________
_________________
(imzo)
(F.I.O.)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 51-son, 670-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2017-y., 10/17/2536-1/0308-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 16.12.2025-y., 10/25/2536-2/1168-son; 16.06.2026-y., 10/26/2536-3/0606-son)