Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.08.1998 yildagi 336-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzlari doirasida shahar yo‘lovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida shahar yo‘lovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasining besh shahrida: Olmaliq, Buxoro, Namangan, Nukus va Samarqand shaharlarida shahar yo‘lovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlashga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 500 ming AQSh dollari miqdorida avans berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi shahar yo‘lovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlash va amalga oshirish uchun javob beruvchi tashkilot sifatida belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qo‘yilsinki, avansni qaytarish va unga xizmat ko‘rsatish xarajatlari “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shahar yo‘lovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha komissiya ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Komissiyaga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar yo‘lovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlash va amalga oshirish tadbirlarini ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy va mahalliy maslahatchilar, “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi hamda loyiha tayyorlanadigan va amalga oshiriladigan shaharlar hokimliklari tomonidan olib boriladigan ishlar muvofiqlashtirilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha mablag‘laridan samarali foydalanilishini nazorat qilish yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi buyurtmanomalari bo‘yicha loyiha qatnashchilari bo‘lgan xorijiy mutaxassislarni konsullik yig‘imlari to‘lashdan ozod qilgan holda ularga kirish vizalari rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi buyurtmanomalari bo‘yicha loyiha qatnashchilarini vizalar uzaytirilganligi, O‘zbekistonda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazganlik va ro‘yxatdan o‘tkazish uzaytirilganlik uchun yig‘imlar to‘lashdan ozod qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari L.A. Axmetov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 5-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
336-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)