Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.06.2020 14.12.2013 yildagi 329-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.06.2020
Hujjat 23.04.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tumanlar va shaharlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlarining namunaviy nizomlarini va tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-sentabrdagi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 267-son qaroriga muvofiq, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengashlarining namunaviy tarkibi 1-ilovaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar va shaharlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengashlarining namunaviy tarkibi 2-ilovaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengashlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 3-ilovaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar va shaharlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengashlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengashlarining shaxsiy tarkibi va nizomini tasdiqlasin hamda ularning faoliyatini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 14-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
329-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-dekabrdagi 329-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namunaviy tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar
va Toshkent shahri hokimlari, hududiy kengash raisi (jamoatchilik asosida).

2.

Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻlimi boshqaruvi raisi hududiy kengash raisining birinchi oʻrinbosari.

3.

Kengash raisining yoshlar ishlari boʻyicha oʻrinbosari.

4.

Kengash raisining diniy-maʼrifiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari.

5.

Kengash raisining keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha oʻrinbosari.

6.

Kengash ijro apparatining tashkiliy-uslubiy shuʼba mudiri, hududiy kengash kotibi.

Kengash aʼzolari:

7.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar
va Toshkent shahri hokimlarining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari.

8.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar
va Toshkent shahri hokimlarining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari.

9.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar
va Toshkent shahri hokimlarining oʻrinbosarlari — Xotin-qizlar qoʻmitasi raislari.

10.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri Kengashlarining Qonuniylik, huquq-tartibot
va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari raislari (kelishuv asosida).

11.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri Kengashlarining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari raislari (kelishuv asosida).

12.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri Kengashlarining Yoshlar siyosati va sogʻlom avlodni tarbiyalash masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari raislari (kelishuv asosida).

13.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vaziri, Toshkent shahri moliya bosh boshqarmasi va viloyatlar moliya boshqarmalari boshliqlari.

14.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri, Toshkent shahri iqtisodiyot bosh boshqarmasi va viloyatlar iqtisodiyot boshqarmalari boshliqlari.

15.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari.

16.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlari.

17.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari.

18.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari boshliqlari.

19.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri, Toshkent shahri xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari boshliqlari.

20.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri, Toshkent shahri maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari boshliqlari.

21.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri, Toshkent shahri sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari.

22.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vaziri, Toshkent shahri madaniyat bosh boshqarmasi va viloyatlar madaniyat boshqarmalari boshliqlari.

23.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari boshliqlari.

24.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri, viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari.

241.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri, viloyatlar irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari boshliqlari.

25.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri adliya boshqarmalari boshliqlari.

26.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashishi va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi raisi, viloyatlar
va Toshkent shahri xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish
va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmalari boshliqlari.

27.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat soliq boshqarmalar boshliqlari.

28.

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari boshliqlari.

29.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosh imom-xatiblari.

30.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri �kologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari boshliqlari.

31.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri teleradiokompaniyalari direktorlari.

32.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari muassisligidagi mahalliy gazetalarning bosh muharrirlari.

33.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar fermer, dehqon xoʻjaliklari
va tomorqa yer egalari Kengashlari raislari.

34.

Xalq bankining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻlimlari rahbarlari.

35.

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻlimlari rahbarlari.

36.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari raislari.

37.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Kengashlari raislari.

38.

Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahri boʻlimlari raislari.

39.

“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻlimlari raislari.

40.

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlinmalari.

41.

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari boshliqlari.

42.

Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kengashlari raislari.

43.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻlimlari rahbarlari.

44.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari bosh shifokorlari.

45.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslari direktorlari.

46.

Fuqarolar yigʻinlari raislari (3 nafargacha).

47.

Tuman (shahar) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengashlari raislari.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar Kengash tarkibiga kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-dekabrdagi 329-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanlar va shaharlar Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namunaviy tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Tuman (shahar) hokimi, hududiy kengash raisi (jamoatchilik asosida).

2.

Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining tuman (shahar) boʻlinmasi boshqaruvi raisi, hududiy kengash raisining birinchi oʻrinbosari.

3.

Kengash raisining yoshlar ishlari boʻyicha oʻrinbosari.

4.

Kengash raisining diniy-maʼrifiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari.

5.

Kengash raisining keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha oʻrinbosari.

6.

Kengash ijro apparatining tashkiliy-uslubiy guruh bosh mutaxassisi, hududiy kengash kotibi.

Kengash aʼzolari:

7.

Tuman (shahar) hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish
va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari.

8.

Tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari — tuman (shahar) Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi.

9.

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari raislari.

10.

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining Ijtimoiy-�adaniy rivojlanish masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari raislari.

11.

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining Yoshlar siyosati va sogʻlom avlodni tarbiyalash masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari raislari.

12.

Tuman (shahar) moliya boʻlimi boshligʻi.

13.

Tuman (shahar) iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi.

14.

Tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi boshligʻi.

15.

Tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi.

16.

Bandlikka koʻmaklashuvchi tuman (shahar) markazi boshligʻi.

17.

Xalq taʼlimi tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi.

18.

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi rahbari.

19.

Tuman (shahar) davlat sanitariya-epidemiologiya markazi rahbari.

20.

Tuman (shahar) madaniyat boʻlimi boshligʻi.

21.

Tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻyicha boʻlimi boshligʻi.

22.

Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi.

23.

Tuman (shahar) qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi.

24.

Tuman (shahar) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi boshligʻi.

25.

Tuman (shahar) FHDY boʻlimi mudiri.

26.

Tuman (shahar) imom-xatibi.

27.

Xalq bankining tuman (shahar) filiali boshqaruvchisi.

28.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining tuman (shahar) boʻlimi raisi.

29.

Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi raisi.

31.

Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining tuman (shahar) boʻlimi raisi.

32.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tuman (shahar) boʻlinmasi rahbari.

33.

Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasining tuman (shahar) Kengashi raisi.

34.

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining tuman (shahar)dagi maslahat markazi direktori.

35.

Tuman (shahar) hokimligi muassisligidagi mahalliy gazetaning bosh muharriri.

36.

Tuman (shahar) hududidagi kasb-hunar kollejlari rahbarlari.

37.

Tuman (shahar) kommunal xizmatlar koʻrsatish korxonalari rahbarlari.

38.

Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi.

39.

Fuqarolar yigʻinlari raislari (3 nafargacha).

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar Kengash tarkibiga kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-dekabrdagi 329-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengashlari toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish kengashlari (keyingi oʻrinlarda Hududiy kengash deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Hududiy kengash tegishli hududdagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarining amalga oshirilishiga koʻmaklashish, ular faoliyatidagi muammolarni kompleks oʻrganish va tizimli hal qilish yuzasidan asoslangan takliflar hamda taʼsirchan mexanizmlar ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan kollegial organ hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hududiy kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda Respublika kengashi deb ataladi) Nizomiga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Hududiy kengash oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida, Respublika kengashi tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash oʻz faoliyatida qonuniylik, oshkoralik, ijtimoiy adolat, insonparvarlik, teng huquqlilik va kollegiallik tamoyillariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Hududiy kengashning asosiy vazifalari va huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Hududiy kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularga qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarini amalga oshirishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini tahlil qilish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan puxta asoslangan takliflar hamda taʼsirchan mexanizmlar ishlab chiqish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ilgʻor tajribalarini ommalashtirish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli gʻoyalar va loyihalarni amalga oshirishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ijtimoiy faolligini oshirish, xususan, ularga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlgan boshqa ijtimoiy dasturlar va loyihalarga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda har tomonlama koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hududdagi davlat, nodavlat notijorat tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish, ular bilan hamkorlikda qoʻshma dastur va loyihalarni ishlab chiqish hamda ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshirishga doir chora-tadbirlarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar va shaharlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengashlariga oʻz vazifalarini amalga oshirishda koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Hududiy kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolar yigʻinlari organlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijro etilishi monitoringini olib boradi, ularning faoliyatini oʻrganadi hamda ularning faoliyatini yanada takomillashtirishga, ilgʻor tajribalarini ommalashtirishga oid takliflar ishlab chiqadi va Respublika kengashiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirish yuzasidan Respublika kengashiga takliflar kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) eng munosib fuqarolar orasidan saylanishini taʼminlashga oid chora-tadbirlarni amalga oshirishda tegishli fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalarga zarur uslubiy-amaliy yordam koʻrsatadi;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oʻzaro munosabatlarini rivojlantirishga har tomonlama koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridagi lavozimlarga nomzodlar zaxirasini shakllantirish ishlarini amalga oshirishda tumanlar va shaharlar kengashlariga koʻmaklashadi hamda zarur uslubiy-amaliy yordam koʻrsatadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli), rais (oqsoqol) oʻrinbosarlari (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari), masʼul kotibi faoliyatini muvofiqlashtirishda tumanlar va shaharlar kengashlariga koʻmaklashadi, fuqarolar yigʻini xodimlarini ragʻbatlantirish ishlarida ishtirok etadi va ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni tashkillashtiradi;
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati uchun zarur boʻlgan uslubiy qoʻllanmalar nashr etish hamda ularning nusxalarini belgilash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan davlat organlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqa tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlikni takomillashtirish hamda rivojlantirish choralarini koʻradi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hamkor tashkilotlar bilan faoliyatini yanada mustahkamlashga doir takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, davlat organlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlari amalga oshirilishiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlaydi, bu borada tumanlar va shaharlar kengashlariga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallani aniq yoʻnaltirilgan asosda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirishga koʻmaklashadi hamda bu borada tumanlar va shaharlar kengashlarining faol ishtirokini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududda keksalar va nogironlarning ijtimoiy, shu jumladan pensiya va tibbiy taʼminoti sifatini yaxshilash masalalarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish hamda ularning roli va taʼsirini kengaytirishga koʻmaklashadi va bu borada tumanlar va shaharlar kengashlarining faol ishtirokini taʼminlaydi;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-iyuldagi 185-sonli qaroriga asosan oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 27-son, 357-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini joylarda izchillik bilan tatbiq etish, fuqarolarning faolligini, jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini olib borish tizimidagi vazifalar ijrosini taʼminlash va koʻlamini yanada kengaytirish borasida tumanlar va shaharlar kengashlarining faol ishtirokini taʼminlaydi, mazkur yoʻnalishlarda tavsiya va qoʻllanmalar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda tarixan tarkib topgan milliy va maʼnaviy qadriyatlarni eʼzozlash va izchil targʻib qilish, xalqimizning eng yaxshi udum hamda anʼanalarini asrash va ommalashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, ushbu yoʻnalishda tumanlar va shaharlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish kengashlarining faoliyatini tashkil etishda koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, mahalla institutining faoliyatini yoritishga doir tadbirlarning amalga oshirilishiga koʻmaklashadi, tumanlar va shaharlar kengashlarining ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning ijtimoiy faolligini kuchaytirishda mahallaning roli va taʼsirini oshirish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faollarining tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek ularning bilim va malakasini, huquqiy madaniyatini oshirish, zamonaviy boshqaruv koʻnikmalarini shakllantirish ishlarini tashkil etadi hamda bu borada tumanlar va shaharlar fuqarolarning kengashlariga uslubiy-amaliy koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismonan sogʻlom, maʼnaviy yetuk va har tomonlama kamol topgan barkamol avlodni tarbiyalashda “Oila-mahalla-taʼlim muassasasi” hamkorlik mexanizmini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar majmuasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash va monitoringini yuritishda tumanlar va shaharlar kengashlariga uslubiy-amaliy jihatdan koʻmaklashadi, ushbu yoʻnalishdagi chora-tadbirlarni takomillashtirishga doir takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla institutining dolzarb masalalari boʻyicha xalqaro va respublika konferensiyalari hamda seminarlarini tashkil etish va oʻtkazishda tashabbus koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Hududiy kengash oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirishga yoʻnaltirilgan qarorlar qabul qilish va ularning ijrosini nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻinlari rais (oqsoqol)larining oʻrinbosarlari (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari) masʼul kotiblari, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalarining aʼzolari bilan suhbatlar oʻtkazish, asosiy faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar raislarining malakasini oshirishga doir qarorlar qabul qilish;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari manfaatlarini koʻzlab sudga daʼvo qilish, shuningdek, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari manfaatlarini koʻzlab sudga shikoyat qilish;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan Hududiy kengash vakolatiga taalluqli zarur maʼlumot hamda materiallarni soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning axborotlarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar va shaharlar kengashlarini tuzish va ular toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash, zarur hollarda ularga oʻzgartirishlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar va shaharlar kengashlari raislarining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish ishlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalarni tayyorlash uchun ishchi komissiyalar va ekspert guruhlar tashkil etish, shuningdek olimlar va amaliyotchi-mutaxassislarni ushbu komissiyalar va guruhlar ishiga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga doir uslubiy tavsiya va qoʻllanmalarni tayyorlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari (oqsoqollari) va faollari uchun oʻquv seminarlari va davra suhbatlari tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Hududiy kengash faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Hududiy kengash uning raisi, rais oʻrinbosari, masʼul kotibi va aʼzolaridan iborat tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengashning shaxsiy tarkibi Respublika kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tegishli boʻlimi hududiy kengashning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda Ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengashga tegishli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimi jamoatchilik asosida raislik qiladi. Hududiy kengash raisi hududiy kengashga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun masʼuldir.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash majlislari kun tartibini belgilaydi va majlislarni chaqiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash tomonidan qabul qilingan qarorlari bajarilishining nazoratini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash aʼzolarining hududiy kengashga yuklangan vazifalarni bajarishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar va shaharlar kengashlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarini tashkil etadi va nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash ishchi organi faoliyatini tashkil etadi va nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengashning samarali ishlashini taʼminlashga doir boshqa ishlarni bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Hududiy kengash aʼzolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikdagi faoliyatining samarali yoʻlga qoʻyilishiga koʻmaklashadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha hududiy kengashga takliflar kiritadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilishda va hal etishda qatnashadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash muhokamasiga kiritilgan masalalar boʻyicha yozma xulosalar va ogʻzaki tushuntirishlar beradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanlar va shaharlar kengashlarining yigʻilishlarida ishtirok etadilar hamda oʻz taklif va mulohazalarini bildiradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash majlislarida qabul qilingan qarorlar ijrosini oʻz vakolatlari doirasida taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu Nizomda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Respublika kengashi ish rejasidagi chora-tadbirlarni hisobga olgan holda, Hududiy kengash har yili oʻz ish rejasini tasdiqlaydi, shuningdek rais oʻrinbosari, masʼul kotib va Hududiy kengashning boshqa aʼzolari vazifalarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Hududiy kengash faoliyati bilan bogʻliq yozishmalarni yuritishda xatlar Hududiy kengash raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash oʻz blankasiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Hududiy kengash oʻz faoliyatini doimiy asosda, oʻz ish rejasiga muvofiq amalga oshiradi va majlislarini zaruriyatga koʻra, lekin har chorakda kamida bir marta oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash qarori bilan, Hududiy kengash raisining oʻrinbosari yoki aʼzolari yarmidan koʻpining tashabbusiga koʻra navbatdan tashqari majlis oʻtkazilishi mumkin. Hududiy kengashning navbatdan tashqari majlisini oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklif zarur hujjatlar bilan birgalikda ishchi organga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Hududiy kengash majlislarini uning raisi, u boʻlmagan taqdirda raisning oʻrinbosari boshqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash majlisi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlganda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash qarorlari majlisda qatnashganlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda majlisda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Hududiy kengashning har bir aʼzosi qabul qilinayotgan qarorlar boʻyicha oʻz fikr-mulohazasini yozma ravishda bayon qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majlisni oʻtqazish uchun kvorum boʻlmaganda, Kengashning yangi majlisi oʻtkaziladigan sana eʼlon qilinadi. Yangi majlisni oʻtkazishda kun tartibini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Hududiy kengash raisining ruxsati bilan majlisda uning uzrli sabablarga koʻra qatnashmayotgan aʼzolari oʻrniga ularning vakillari ovoz berish huquqisiz qatnashishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Hududiy kengash majlisiga unda koʻrib chiqilayotgan masalalarning mohiyatiga koʻra davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, mutaxassislar, tuman va shaharlar kengashlari raislari hamda fuqarolar yigʻinlari vakillari taklif etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Hududiy kengash qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, uni rais yoki uning oʻrinbosari, shuningdek masʼul kotib imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Hududiy kengash qarorlari uning barcha aʼzolariga va manfaatdor shaxslarga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengashning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari tegishli davlat organlari va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ishchi organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash majlislariga tayyorgarlikni va uni tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash ishlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash faoliyati uchun zarur barcha hujjatlarni (tahliliy maʼlumotlar, jadvallar va h.k.) shakllantiradi va qarorlar loyihalari boʻyicha kelishuvni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat yoʻnalishlariga taalluqli materiallarni toʻplaydi, tahlil qiladi, qarorlar va chora-tadbirlar rejalari loyihalarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, muvofiqlashtirish natijalari boʻyicha hisobot va axborot materiallarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar va shaharlar kengashlari ishchi organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi organ Hududiy kengash qaroriga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Hududiy Kengash qarorlarining bajarilishi natijalari haqida Ishchi organ har chorakda Hududiy Kengashga tegishli zarur materiallarni ilova qilgan holda tahliliy maʼlumotlarni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ishchi organ rahbari tayyorlangan materiallar va majlis kun tartibi boʻyicha Hududiy Kengash raisiga axborot beradi, rais tomonidan maʼqullangan taqdirda, kengash majlisi boʻlib oʻtadigan kun va vaqtni, shuningdek taklif etiladigan shaxslarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Hududiy Kengash masʼul kotibi Kengash majlisi materiallarini bayon loyihasi bilan birgalikda majlisni oʻtkazish sanasidan kamida besh kun oldin Kengashning har bir aʼzosiga, zarur hollarda majlisga taklif etilgan boshqa shaxslarga taqdim etilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majlis kun tartibi oʻzgargan taqdirda, Hududiy Kengash masʼul kotibi Kengashning har bir aʼzosini hamda majlisga taklif etilgan shaxslarni majlis boshlanishidan oldin uch kundan kechikmay bunday oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ishchi organ Hududiy kengash ishiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida uning vakolatlari doirasida zarur materiallarni davlat organlari hamda tashkilotlardan soʻrash va olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tumanlar va shaharlar kengashlarining tarkibi hamda ularning nizomlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Tumanlar va shaharlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengashlari toʻgʻrisida”gi Namunaviy nizom asosida Hududiy Kengash tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Hududiy kengashning Respublika kengashi hamda tumanlar va shaharlar kengashlari bilan oʻzaro hamkorligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Hududiy kengash Respublika kengashi hamda tumanlar va shaharlar kengashlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, tumanlar va shaharlar kengashlariga tashkiliy hamda uslubiy jihatdan rahbarlikni amalga oshiradi, ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydi, ularga oʻz vakolatlarini amalga oshirishida koʻmaklashadi, ular faoliyatini muvofiqlashtirib boradi va monitoringini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yilning har choragida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Hududiy kengash raisi Respublika kengashiga hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Hududiy kengash raisi bir vaqtning oʻzida Respublika kengashi, tumanlar va shaharlar kengashlarining raislari esa Hududiy kengashning aʼzosi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Hududiy kengash Respublika kengashi qarorlarining tegishli hududda ijro etilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ushbu Namunaviy nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-dekabrdagi 329-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanlar va shaharlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengashlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom tumanlar va shaharlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish kengashlari (keyingi oʻrinlarda tuman, shahar kengashi deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tuman, shahar kengashi tegishli hududdagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarini amalga oshirishga koʻmaklashish, ular faoliyatidagi muammolarni kompleks oʻrganish va tizimli hal qilish yuzasidan asoslangan takliflar hamda taʼsirchan mexanizmlar ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan kollegial organ hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tuman, shahar kengashi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, Respublika hamda tegishli Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengashi (keyingi oʻrinlarda hududiy kengash deb ataladi) nizomlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tuman, shahar kengashi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida Hududiy kengash tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar kengashi oʻz faoliyatida qonuniylik, oshkoralik, ijtimoiy adolat, insonparvarlik, teng huquqlilik va kollegiallik tamoyillariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Tuman, shahar kengashining asosiy vazifalari va huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tuman, shahar kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatidagi muammolarni kompleks oʻrganish va tizimli hal qilish choralarini koʻrish, asoslangan takliflar hamda taʼsirchan mexanizmlar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻinlarida mavjud ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʻrganib borish, tahlil qilish, barqarorlashtirish choralarini belgilash va mavjud muammolarni bartaraf etishda davlat va jamoat tashkilotlarining fuqarolar yigʻinlari bilan hamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularga qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarni amalga oshirishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ilgʻor tajribalarini ommalashtirish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli gʻoyalar va loyihalarni amalga oshirishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining jamiyatdagi oʻrni va ahamiyati hamda faolligini yanada oshirish, xususan, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlgan boshqa ijtimoiy dasturlar va loyihalarga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish va har tomonlama koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hududdagi davlat, nodavlat notijorat tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish, ular bilan hamkorlikda qoʻshma dastur va loyihalarni ishlab chiqish hamda ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshirishga doir chora-tadbirlarni belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tuman, shahar kengashi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolar yigʻinlari organlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijro etilishi monitoringini olib boradi, ularning faoliyatini oʻrganadi hamda faoliyatini yanada takomillashtirish, ilgʻor tajribalarini ommalashtirishga oid takliflar ishlab chiqadi va hududiy kengashga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga oid qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan hududiy kengashga takliflar kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻinlari raislari va ular maslahatchilarining eng munosib fuqarolar orasidan saylanishini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi, fuqarolar yigʻinlari raislari saylovini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tuman (shahar) komissiyasi va ishchi guruhlarga zarur uslubiy-amaliy yordam koʻrsatadi;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oʻzaro munosabatlarini rivojlantirishga har tomonlama koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridagi lavozimlarga nomzodlar zaxirasini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli), rais (oqsoqol) oʻrinbosarlari (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari), masʼul kotibi, diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchi faoliyatini muvofiqlashtiradi, fuqarolar yigʻini xodimlarini ragʻbatlantirish va ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni tashkillashtiradi;
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati uchun zarur boʻlgan uslubiy qoʻllanmalar bilan taʼminlash choralarini koʻradi, fuqarolar yigʻinlari uchun uslubiy qoʻllanma va adabiyotlarni nashr etish hamda ularning nusxalarini belgilash boʻyicha hududiy kengashga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish choralarini koʻradi, mazkur yoʻnalishda takliflar ishlab chiqib, hududiy kengashga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan davlat organlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqa tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlikni takomillashtirish va rivojlantirish choralarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, davlat organlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlari amalga oshirilishiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini koʻradi va bu borada hududiy kengashga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallani aniq yoʻnaltirilgan asosda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirishga koʻmaklashadi va bu borada hududdagi fuqarolar yigʻinlarining faol ishtirokini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududda keksalar va nogironlarning ijtimoiy, shu jumladan pensiya va tibbiy taʼminoti sifatini yaxshilash masalalarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish hamda ularning roli va taʼsirini kengaytirishga koʻmaklashadi;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-iyuldagi 185-sonli qaroriga asosan oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 27-son, 357-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini joylarda izchillik bilan tatbiq etish, fuqarolarning faolligini, jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini olib borish tizimidagi vazifalar ijrosini taʼminlash va koʻlamini yanada kengaytirish boʻyicha fuqarolar yigʻinlarining faol ishtirokini taʼminlaydi hamda mazkur yoʻnalishlarga oid tavsiya va qoʻllanmalar ishlab chiqish borasida hududiy kengashga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda tarixan tarkib topgan milliy va maʼnaviy qadriyatlarni eʼzozlash va izchil targʻib qilish, xalqimizning eng yaxshi udum va anʼanalarini asrash va ommalashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, fuqarolar yigʻinlarining ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, mahalla institutining faoliyatini yoritishga doir tadbirlarni amalga oshiradi, fuqarolar yigʻinlarining ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning ijtimoiy faolligini kuchaytirishda mahallaning roli va taʼsirini oshirish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faollarining tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek ularning bilim va malakasini, huquqiy madaniyatini oshirish, zamonaviy boshqaruv koʻnikmalarini shakllantirish ishlarini tashkil etadi hamda bu borada fuqarolar yigʻinlariga uslubiy-amaliy koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismonan sogʻlom, maʼnaviy yetuk va har tomonlama kamol topgan barkamol avlodni tarbiyalashda “Oila-mahalla-taʼlim muassasasi” hamkorlik mexanizmini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar majmuasida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlashda fuqarolar yigʻinlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ushbu yoʻnalishdagi chora-tadbirlarni takomillashtirishga doir takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla institutining dolzarb masalalari boʻyicha davra suhbatlari hamda seminarlarini tashkil etish va oʻtkazishda tashabbus koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tuman, shahar kengashi oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirishga doir qarorlar qabul qilish va ularning ijrosini nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻinlari raisi (oqsoqoli) oʻrinbosarlari (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari) masʼul kotiblari, diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilari, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalarining aʼzolari bilan suhbatlar oʻtkazish, asosiy faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar raislarining malakasini oshirishga doir qarorlar qabul qilish;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari manfaatlarini koʻzlab sudga daʼvo qilish, shuningdek, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari manfaatlarini koʻzlab sudga shikoyat qilish;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan tuman, shahar kengashi vakolatiga taalluqli zarur maʼlumot va materiallarni soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning, shuningdek, fuqarolar yigʻinlari xodimlarining axborotlarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar tayyorlash uchun ishchi komissiyalar va ekspert guruhlar tashkil etish, shuningdek olimlar va amaliyotchi-mutaxassislarni ushbu komissiyalar va guruhlarni ishiga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga doir uslubiy tavsiya va qoʻllanmalarni tayyorlash yuzasidan takliflarni ishlab chiqish va hududiy kengashga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari (oqsoqollari) va faollari uchun oʻquv seminarlari va davra suhbatlari tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman, shahar kengashining yigʻilishlariga fuqarolar yigʻinlari xodimlarini jalb etish hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining holati muhokama etish va tegishli qarorlar qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Tuman, shahar kengashi faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tuman, shahar kengashi uning raisi, rais oʻrinbosari, masʼul kotibi va aʼzolaridan iborat tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar kengashi tarkibi hududiy kengash tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining tuman, shahar boʻlinmasi tuman, shahar kengashining ishchi organi (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tuman, shahar kengashiga tuman (shahar) hokimi jamoatchilik asosida raislik qiladi. Tuman, shahar kengashi raisi tuman, shahar kengashiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun masʼuldir.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar kengashi raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman, shahar kengashi majlislari kun tartibini belgilaydi va majlislarni chaqiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman, shahar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman, shahar kengashi aʼzolarining hamda tuman, shahar kengashi zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishga doir ishlarni muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman, shahar kengashi ishchi organining faoliyatini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman, shahar kengashining samarali ishlashini taʼminlashga doir boshqa ishlarni bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tuman, shahar kengashi aʼzolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikdagi faoliyatining samarali yoʻlga qoʻyilishiga koʻmaklashadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha tuman, shahar kengashiga takliflar kiritadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman, shahar kengashi majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilishda va hal etishda qatnashadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman, shahar kengashi muhokamasiga kiritilgan masalalar boʻyicha yozma xulosalar va ogʻzaki tushuntirishlar beradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini, uning kengashi yigʻilishlarida ishtirok etadilar va oʻz taklif va mulohazalarini bildiradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman, shahar kengashi majlislarida qabul qilingan qarorlar ijrosini oʻz vakolatlari doirasida taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu Nizomda belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida hududiy kengash ish rejasidagi chora-tadbirlarni hisobga olgan holda, tuman, shahar kengashi har yili oʻz ish rejasini tasdiqlaydi, shuningdek rais oʻrinbosari, masʼul kotib hamda tuman, shahar kengashining boshqa aʼzolari vazifalarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tuman, shahar kengashi faoliyati bilan bogʻliq yozishmalarni yuritishda xatlar tuman, shahar kengashi raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar kengashi oʻz blankasiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tuman, shahar kengashi oʻz faoliyatini doimiy asosda, oʻz ish rejasiga muvofiq amalga oshiradi va majlislarini zaruriyatga koʻra, lekin har chorakda kamida bir marta oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar kengashi qarori bilan, tuman, shahar kengashi raisining oʻrinbosari yoki aʼzolari yarmidan koʻpining tashabbusiga koʻra navbatdan tashqari majlis oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar kengashining navbatdan tashqari majlisini oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklif zarur hujjatlar bilan birgalikda ishchi organga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tuman, shahar kengashi majlislarini uning raisi, u boʻlmagan taqdirda raisning oʻrinbosari boshqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar kengashi majlisi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlganda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar kengashi qarorlari majlisda qatnashganlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda majlisda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Tuman, shahar kengashining har bir aʼzosi qabul qilinayotgan qarorlar yuzasidan oʻz fikr-mulohazasini yozma ravishda bayon qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majlisni oʻtqazish uchun kvorum boʻlmaganda, Kengashning yangi majlisi oʻtkaziladigan sana eʼlon qilinadi. Yangi majlisni oʻtkazishda kun tartibini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tuman, shahar kengashi raisining ruxsati bilan, majlisda uning uzrli sabablarga koʻra qatnashmayotgan aʼzolari oʻrniga ularning vakillari ovoz berish huquqisiz qatnashishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tuman, shahar kengashi majlisiga, unda koʻrib chiqilayotgan masalalarning mohiyatiga koʻra, davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, mutaxassislar hamda fuqarolar yigʻinlari vakillari taklif etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tuman, shahar kengashi qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, uni rais yoki uning oʻrinbosari, shuningdek masʼul kotib imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tuman, shahar kengashi qarorlari uning barcha aʼzolariga va manfaatdor shaxslarga hamda hududdagi fuqarolar yigʻinlariga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar kengashining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarining tegishli davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek, hududdagi fuqarolar yigʻinlari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ishchi organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman, shahar kengashi majlislariga tayyorgarlikni va ularni tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash ishlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman, shahar kengashi faoliyati uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlarni (tahliliy maʼlumotlar, jadvallar va h.k.) shakllantiradi va qarorlar loyihalari boʻyicha kelishuvni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat yoʻnalishlariga taalluqli materiallarni toʻplaydi, tahlil qiladi, qarorlar va chora-tadbirlar rejalari loyihalarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarini oʻrganadi, tahlil qiladi, umumlashtiradi, muvofiqlashtirish natijalari boʻyicha hisobot va axborot materiallarini tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi organ tuman, shahar kengashi qaroriga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tuman, shahar kengashi qarorlarining bajarilishi natijalari haqida Ishchi organ har chorakda Tuman, shahar kengashiga tegishli zarur materiallarni ilova qilgan holda tahliliy maʼlumotlarni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ishchi organ rahbari tayyorlangan materiallar va majlis kun tartibi boʻyicha Tuman, shahar kengashi raisiga axborot beradi, rais tomonidan maʼqullangan taqdirda, kengash majlisi boʻlib oʻtadigan kun va vaqtni, shuningdek taklif etiladigan shaxslarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tuman, shahar kengashi masʼul kotibi Kengash majlisi materiallarini bayon loyihasi bilan birgalikda majlisni oʻtkazish sanasidan kamida besh kun oldin Kengashning har bir aʼzosiga, zarur hollarda majlisga taklif etilgan boshqa shaxslarga taqdim etilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majlis kun tartibi oʻzgargan taqdirda, Tuman, shahar kengashi masʼul kotibi Kengashning har bir aʼzosini hamda majlisga taklif etilgan shaxslarni majlis boshlanishidan oldin uch kundan kechikmay bunday oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ishchi organ tuman, shahar kengashi ishiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida uning vakolatlari doirasida zarur materiallarni davlat organlari va tashkilotlardan soʻrash hamda olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Tuman, shahar kengashining hududiy kengash hamda fuqarolar yigʻinlari bilan oʻzaro hamkorligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tuman, shahar kengashi hududiy kengash, shuningdek hududdagi fuqarolar yigʻinlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi hamda fuqarolar yigʻinlari faoliyatiga tashkiliy hamda uslubiy jihatdan rahbarlikni amalga oshiradi, ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydi, ularga oʻz vakolatlarini amalga oshirishda koʻmaklashadi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi va monitoringini olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yilning har choragida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida tuman, shahar kengashi raisi hududiy kengashga hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tuman, shahar kengashining raislari bir vaqtning oʻzida hududiy kengash aʼzosi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tuman, shahar kengashi Respublika va hududiy kengash qarorlarining tegishli hududda ijro etilishi yuzasidan masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ushbu Namunaviy nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 51-son, 664-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda, 27-son, 357-modda; 2017-y., 8-son, 120-modda, 19-son, 345-modda, 38-son, 1040-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son; 14.05.2018-y., 09/18/327/1173-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son; 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)