Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.06.2020 14.12.2013 yildagi 329-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.06.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tumanlar va shaharlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlarining namunaviy nizomlarini va tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoni)” qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-sentabrdagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashini tashkil etish to‘g‘risida”gi 267-son qaroriga muvofiq, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlarining namunaviy tarkibi 1-ilovaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar va shaharlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlarining namunaviy tarkibi 2-ilovaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom 3-ilovaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar va shaharlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlarining shaxsiy tarkibi va nizomini tasdiqlasin hamda ularning faoliyatini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 14-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
329-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-dekabrdagi 329-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namunaviy tarkibi

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar
va Toshkent shahri hokimlari, hududiy kengash raisi (jamoatchilik asosida).

2.

O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘limi boshqaruvi raisi hududiy kengash raisining birinchi o‘rinbosari.

3.

Kengash raisining yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari.

4.

Kengash raisining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari.

5.

Kengash raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari.

6.

Kengash ijro apparatining tashkiliy-uslubiy shu’ba mudiri, hududiy kengash kotibi.

Kengash a’zolari:

7.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar
va Toshkent shahri hokimlarining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari.

8.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar
va Toshkent shahri hokimlarining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosarlari.

9.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar
va Toshkent shahri hokimlarining o‘rinbosarlari — Xotin-qizlar qo‘mitasi raislari.

10.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri Kengashlarining Qonuniylik, huquq-tartibot
va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari raislari (kelishuv asosida).

11.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri Kengashlarining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari raislari (kelishuv asosida).

12.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri Kengashlarining Yoshlar siyosati va sog‘lom avlodni tarbiyalash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari raislari (kelishuv asosida).

13.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vaziri, Toshkent shahri moliya bosh boshqarmasi va viloyatlar moliya boshqarmalari boshliqlari.

14.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri, Toshkent shahri iqtisodiyot bosh boshqarmasi va viloyatlar iqtisodiyot boshqarmalari boshliqlari.

15.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari.

16.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlari.

17.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari.

18.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari boshliqlari.

19.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri, Toshkent shahri xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari.

20.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri, Toshkent shahri maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari boshliqlari.

21.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri, Toshkent shahri sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari.

22.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vaziri, Toshkent shahri madaniyat bosh boshqarmasi va viloyatlar madaniyat boshqarmalari boshliqlari.

23.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari boshliqlari.

24.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari.

241.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri, viloyatlar irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari boshliqlari.

25.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri adliya boshqarmalari boshliqlari.

26.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashishi va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi raisi, viloyatlar
va Toshkent shahri xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish
va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmalari boshliqlari.

27.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat soliq boshqarmalar boshliqlari.

28.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari boshliqlari.

29.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosh imom-xatiblari.

30.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri �kologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari boshliqlari.

31.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri teleradiokompaniyalari direktorlari.

32.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari muassisligidagi mahalliy gazetalarning bosh muharrirlari.

33.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar fermer, dehqon xo‘jaliklari
va tomorqa yer egalari Kengashlari raislari.

34.

Xalq bankining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘limlari rahbarlari.

35.

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘limlari rahbarlari.

36.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari raislari.

37.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Kengashlari raislari.

38.

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahri bo‘limlari raislari.

39.

“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘limlari raislari.

40.

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalari.

41.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari boshliqlari.

42.

Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kengashlari raislari.

43.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘limlari rahbarlari.

44.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari bosh shifokorlari.

45.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari direktorlari.

46.

Fuqarolar yig‘inlari raislari (3 nafargacha).

47.

Tuman (shahar) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlari raislari.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar Kengash tarkibiga kiritiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-dekabrdagi 329-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanlar va shaharlar Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namunaviy tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Tuman (shahar) hokimi, hududiy kengash raisi (jamoatchilik asosida).

2.

O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining tuman (shahar) bo‘linmasi boshqaruvi raisi, hududiy kengash raisining birinchi o‘rinbosari.

3.

Kengash raisining yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari.

4.

Kengash raisining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari.

5.

Kengash raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari.

6.

Kengash ijro apparatining tashkiliy-uslubiy guruh bosh mutaxassisi, hududiy kengash kotibi.

Kengash a’zolari:

7.

Tuman (shahar) hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish
va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari.

8.

Tuman (shahar) hokimining o‘rinbosari — tuman (shahar) Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi.

9.

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari raislari.

10.

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining Ijtimoiy-�adaniy rivojlanish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari raislari.

11.

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining Yoshlar siyosati va sog‘lom avlodni tarbiyalash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari raislari.

12.

Tuman (shahar) moliya bo‘limi boshlig‘i.

13.

Tuman (shahar) iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i.

14.

Tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i.

15.

Tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i.

16.

Bandlikka ko‘maklashuvchi tuman (shahar) markazi boshlig‘i.

17.

Xalq ta’limi tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i.

18.

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi rahbari.

19.

Tuman (shahar) davlat sanitariya-epidemiologiya markazi rahbari.

20.

Tuman (shahar) madaniyat bo‘limi boshlig‘i.

21.

Tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i.

22.

Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i.

23.

Tuman (shahar) qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i.

24.

Tuman (shahar) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi boshlig‘i.

25.

Tuman (shahar) FHDY bo‘limi mudiri.

26.

Tuman (shahar) imom-xatibi.

27.

Xalq bankining tuman (shahar) filiali boshqaruvchisi.

28.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tuman (shahar) bo‘limi raisi.

29.

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi raisi.

31.

Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining tuman (shahar) bo‘limi raisi.

32.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tuman (shahar) bo‘linmasi rahbari.

33.

Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasining tuman (shahar) Kengashi raisi.

34.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining tuman (shahar)dagi maslahat markazi direktori.

35.

Tuman (shahar) hokimligi muassisligidagi mahalliy gazetaning bosh muharriri.

36.

Tuman (shahar) hududidagi kasb-hunar kollejlari rahbarlari.

37.

Tuman (shahar) kommunal xizmatlar ko‘rsatish korxonalari rahbarlari.

38.

Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi.

39.

Fuqarolar yig‘inlari raislari (3 nafargacha).

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar Kengash tarkibiga kiritiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-dekabrdagi 329-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlari to‘g‘risidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish kengashlari (keyingi o‘rinlarda Hududiy kengash deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Hududiy kengash tegishli hududdagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarining amalga oshirilishiga ko‘maklashish, ular faoliyatidagi muammolarni kompleks o‘rganish va tizimli hal qilish yuzasidan asoslangan takliflar hamda ta’sirchan mexanizmlar ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan kollegial organ hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hududiy kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (keyingi o‘rinlarda Respublika kengashi deb ataladi) Nizomiga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Hududiy kengash o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida, Respublika kengashi tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash o‘z faoliyatida qonuniylik, oshkoralik, ijtimoiy adolat, insonparvarlik, teng huquqlilik va kollegiallik tamoyillariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Hududiy kengashning asosiy vazifalari va huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Hududiy kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarini amalga oshirishda ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini tahlil qilish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan puxta asoslangan takliflar hamda ta’sirchan mexanizmlar ishlab chiqish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ilg‘or tajribalarini ommalashtirish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli g‘oyalar va loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ijtimoiy faolligini oshirish, xususan, ularga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa ijtimoiy dasturlar va loyihalarga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda har tomonlama ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining hududdagi davlat, nodavlat notijorat tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish, ular bilan hamkorlikda qo‘shma dastur va loyihalarni ishlab chiqish hamda ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshirishga doir chora-tadbirlarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar va shaharlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlariga o‘z vazifalarini amalga oshirishda ko‘maklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Hududiy kengash o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolar yig‘inlari organlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijro etilishi monitoringini olib boradi, ularning faoliyatini o‘rganadi hamda ularning faoliyatini yanada takomillashtirishga, ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga oid takliflar ishlab chiqadi va Respublika kengashiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirish yuzasidan Respublika kengashiga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) eng munosib fuqarolar orasidan saylanishini ta’minlashga oid chora-tadbirlarni amalga oshirishda tegishli fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalarga zarur uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatadi;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘zaro munosabatlarini rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridagi lavozimlarga nomzodlar zaxirasini shakllantirish ishlarini amalga oshirishda tumanlar va shaharlar kengashlariga ko‘maklashadi hamda zarur uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli), rais (oqsoqol) o‘rinbosarlari (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari), mas’ul kotibi faoliyatini muvofiqlashtirishda tumanlar va shaharlar kengashlariga ko‘maklashadi, fuqarolar yig‘ini xodimlarini rag‘batlantirish ishlarida ishtirok etadi va ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni tashkillashtiradi;
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati uchun zarur bo‘lgan uslubiy qo‘llanmalar nashr etish hamda ularning nusxalarini belgilash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan davlat organlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni takomillashtirish hamda rivojlantirish choralarini ko‘radi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining hamkor tashkilotlar bilan faoliyatini yanada mustahkamlashga doir takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, davlat organlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlari amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlaydi, bu borada tumanlar va shaharlar kengashlariga ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallani aniq yo‘naltirilgan asosda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirishga ko‘maklashadi hamda bu borada tumanlar va shaharlar kengashlarining faol ishtirokini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududda keksalar va nogironlarning ijtimoiy, shu jumladan pensiya va tibbiy ta’minoti sifatini yaxshilash masalalarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish hamda ularning roli va ta’sirini kengaytirishga ko‘maklashadi va bu borada tumanlar va shaharlar kengashlarining faol ishtirokini ta’minlaydi;
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-iyuldagi 185-sonli qaroriga asosan o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 27-son, 357-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini joylarda izchillik bilan tatbiq etish, fuqarolarning faolligini, jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini olib borish tizimidagi vazifalar ijrosini ta’minlash va ko‘lamini yanada kengaytirish borasida tumanlar va shaharlar kengashlarining faol ishtirokini ta’minlaydi, mazkur yo‘nalishlarda tavsiya va qo‘llanmalar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda tarixan tarkib topgan milliy va ma’naviy qadriyatlarni e’zozlash va izchil targ‘ib qilish, xalqimizning eng yaxshi udum hamda an’analarini asrash va ommalashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, ushbu yo‘nalishda tumanlar va shaharlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish kengashlarining faoliyatini tashkil etishda ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, mahalla institutining faoliyatini yoritishga doir tadbirlarning amalga oshirilishiga ko‘maklashadi, tumanlar va shaharlar kengashlarining ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning ijtimoiy faolligini kuchaytirishda mahallaning roli va ta’sirini oshirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faollarining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek ularning bilim va malakasini, huquqiy madaniyatini oshirish, zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish ishlarini tashkil etadi hamda bu borada tumanlar va shaharlar fuqarolarning kengashlariga uslubiy-amaliy ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk va har tomonlama kamol topgan barkamol avlodni tarbiyalashda “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va monitoringini yuritishda tumanlar va shaharlar kengashlariga uslubiy-amaliy jihatdan ko‘maklashadi, ushbu yo‘nalishdagi chora-tadbirlarni takomillashtirishga doir takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla institutining dolzarb masalalari bo‘yicha xalqaro va respublika konferensiyalari hamda seminarlarini tashkil etish va o‘tkazishda tashabbus ko‘rsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Hududiy kengash o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan qarorlar qabul qilish va ularning ijrosini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yig‘inlari rais (oqsoqol)larining o‘rinbosarlari (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari) mas’ul kotiblari, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalarining a’zolari bilan suhbatlar o‘tkazish, asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar raislarining malakasini oshirishga doir qarorlar qabul qilish;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari manfaatlarini ko‘zlab sudga da’vo qilish, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari manfaatlarini ko‘zlab sudga shikoyat qilish;
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan Hududiy kengash vakolatiga taalluqli zarur ma’lumot hamda materiallarni so‘rash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning axborotlarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar va shaharlar kengashlarini tuzish va ular to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash, zarur hollarda ularga o‘zgartirishlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar va shaharlar kengashlari raislarining fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish ishlari to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni tayyorlash uchun ishchi komissiyalar va ekspert guruhlar tashkil etish, shuningdek olimlar va amaliyotchi-mutaxassislarni ushbu komissiyalar va guruhlar ishiga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga doir uslubiy tavsiya va qo‘llanmalarni tayyorlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislari (oqsoqollari) va faollari uchun o‘quv seminarlari va davra suhbatlari tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Hududiy kengash faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Hududiy kengash uning raisi, rais o‘rinbosari, mas’ul kotibi va a’zolaridan iborat tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengashning shaxsiy tarkibi Respublika kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tegishli bo‘limi hududiy kengashning ishchi organi (keyingi o‘rinlarda Ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengashga tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimi jamoatchilik asosida raislik qiladi. Hududiy kengash raisi hududiy kengashga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun mas’uldir.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash majlislari kun tartibini belgilaydi va majlislarni chaqiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash tomonidan qabul qilingan qarorlari bajarilishining nazoratini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash a’zolarining hududiy kengashga yuklangan vazifalarni bajarishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar va shaharlar kengashlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarini tashkil etadi va nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash ishchi organi faoliyatini tashkil etadi va nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengashning samarali ishlashini ta’minlashga doir boshqa ishlarni bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Hududiy kengash a’zolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikdagi faoliyatining samarali yo‘lga qo‘yilishiga ko‘maklashadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha hududiy kengashga takliflar kiritadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalarni muhokama qilishda va hal etishda qatnashadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash muhokamasiga kiritilgan masalalar bo‘yicha yozma xulosalar va og‘zaki tushuntirishlar beradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanlar va shaharlar kengashlarining yig‘ilishlarida ishtirok etadilar hamda o‘z taklif va mulohazalarini bildiradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash majlislarida qabul qilingan qarorlar ijrosini o‘z vakolatlari doirasida ta’minlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu Nizomda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika kengashi ish rejasidagi chora-tadbirlarni hisobga olgan holda, Hududiy kengash har yili o‘z ish rejasini tasdiqlaydi, shuningdek rais o‘rinbosari, mas’ul kotib va Hududiy kengashning boshqa a’zolari vazifalarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Hududiy kengash faoliyati bilan bog‘liq yozishmalarni yuritishda xatlar Hududiy kengash raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash o‘z blankasiga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Hududiy kengash o‘z faoliyatini doimiy asosda, o‘z ish rejasiga muvofiq amalga oshiradi va majlislarini zaruriyatga ko‘ra, lekin har chorakda kamida bir marta o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash qarori bilan, Hududiy kengash raisining o‘rinbosari yoki a’zolari yarmidan ko‘pining tashabbusiga ko‘ra navbatdan tashqari majlis o‘tkazilishi mumkin. Hududiy kengashning navbatdan tashqari majlisini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklif zarur hujjatlar bilan birgalikda ishchi organga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Hududiy kengash majlislarini uning raisi, u bo‘lmagan taqdirda raisning o‘rinbosari boshqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash majlisi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lganda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash qarorlari majlisda qatnashganlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda majlisda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Hududiy kengashning har bir a’zosi qabul qilinayotgan qarorlar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazasini yozma ravishda bayon qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majlisni o‘tqazish uchun kvorum bo‘lmaganda, Kengashning yangi majlisi o‘tkaziladigan sana e’lon qilinadi. Yangi majlisni o‘tkazishda kun tartibini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Hududiy kengash raisining ruxsati bilan majlisda uning uzrli sabablarga ko‘ra qatnashmayotgan a’zolari o‘rniga ularning vakillari ovoz berish huquqisiz qatnashishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Hududiy kengash majlisiga unda ko‘rib chiqilayotgan masalalarning mohiyatiga ko‘ra davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, mutaxassislar, tuman va shaharlar kengashlari raislari hamda fuqarolar yig‘inlari vakillari taklif etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Hududiy kengash qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, uni rais yoki uning o‘rinbosari, shuningdek mas’ul kotib imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Hududiy kengash qarorlari uning barcha a’zolariga va manfaatdor shaxslarga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengashning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari tegishli davlat organlari va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ishchi organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash majlislariga tayyorgarlikni va uni tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash ishlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy kengash faoliyati uchun zarur barcha hujjatlarni (tahliliy ma’lumotlar, jadvallar va h.k.) shakllantiradi va qarorlar loyihalari bo‘yicha kelishuvni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat yo‘nalishlariga taalluqli materiallarni to‘playdi, tahlil qiladi, qarorlar va chora-tadbirlar rejalari loyihalarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, muvofiqlashtirish natijalari bo‘yicha hisobot va axborot materiallarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlar va shaharlar kengashlari ishchi organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi organ Hududiy kengash qaroriga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Hududiy Kengash qarorlarining bajarilishi natijalari haqida Ishchi organ har chorakda Hududiy Kengashga tegishli zarur materiallarni ilova qilgan holda tahliliy ma’lumotlarni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ishchi organ rahbari tayyorlangan materiallar va majlis kun tartibi bo‘yicha Hududiy Kengash raisiga axborot beradi, rais tomonidan ma’qullangan taqdirda, kengash majlisi bo‘lib o‘tadigan kun va vaqtni, shuningdek taklif etiladigan shaxslarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Hududiy Kengash mas’ul kotibi Kengash majlisi materiallarini bayon loyihasi bilan birgalikda majlisni o‘tkazish sanasidan kamida besh kun oldin Kengashning har bir a’zosiga, zarur hollarda majlisga taklif etilgan boshqa shaxslarga taqdim etilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majlis kun tartibi o‘zgargan taqdirda, Hududiy Kengash mas’ul kotibi Kengashning har bir a’zosini hamda majlisga taklif etilgan shaxslarni majlis boshlanishidan oldin uch kundan kechikmay bunday o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ishchi organ Hududiy kengash ishiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida uning vakolatlari doirasida zarur materiallarni davlat organlari hamda tashkilotlardan so‘rash va olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tumanlar va shaharlar kengashlarining tarkibi hamda ularning nizomlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Tumanlar va shaharlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlari to‘g‘risida”gi Namunaviy nizom asosida Hududiy Kengash tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Hududiy kengashning Respublika kengashi hamda tumanlar va shaharlar kengashlari bilan o‘zaro hamkorligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Hududiy kengash Respublika kengashi hamda tumanlar va shaharlar kengashlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, tumanlar va shaharlar kengashlariga tashkiliy hamda uslubiy jihatdan rahbarlikni amalga oshiradi, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, ularga o‘z vakolatlarini amalga oshirishida ko‘maklashadi, ular faoliyatini muvofiqlashtirib boradi va monitoringini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yilning har choragida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Hududiy kengash raisi Respublika kengashiga hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Hududiy kengash raisi bir vaqtning o‘zida Respublika kengashi, tumanlar va shaharlar kengashlarining raislari esa Hududiy kengashning a’zosi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Hududiy kengash Respublika kengashi qarorlarining tegishli hududda ijro etilishi uchun mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ushbu Namunaviy nizom talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-dekabrdagi 329-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanlar va shaharlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom tumanlar va shaharlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish kengashlari (keyingi o‘rinlarda tuman, shahar kengashi deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tuman, shahar kengashi tegishli hududdagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarini amalga oshirishga ko‘maklashish, ular faoliyatidagi muammolarni kompleks o‘rganish va tizimli hal qilish yuzasidan asoslangan takliflar hamda ta’sirchan mexanizmlar ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan kollegial organ hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tuman, shahar kengashi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, Respublika hamda tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashi (keyingi o‘rinlarda hududiy kengash deb ataladi) nizomlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tuman, shahar kengashi o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida Hududiy kengash tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar kengashi o‘z faoliyatida qonuniylik, oshkoralik, ijtimoiy adolat, insonparvarlik, teng huquqlilik va kollegiallik tamoyillariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Tuman, shahar kengashining asosiy vazifalari va huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tuman, shahar kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatidagi muammolarni kompleks o‘rganish va tizimli hal qilish choralarini ko‘rish, asoslangan takliflar hamda ta’sirchan mexanizmlar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yig‘inlarida mavjud ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganib borish, tahlil qilish, barqarorlashtirish choralarini belgilash va mavjud muammolarni bartaraf etishda davlat va jamoat tashkilotlarining fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarni amalga oshirishda ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ilg‘or tajribalarini ommalashtirish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli g‘oyalar va loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati hamda faolligini yanada oshirish, xususan, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa ijtimoiy dasturlar va loyihalarga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish va har tomonlama ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining hududdagi davlat, nodavlat notijorat tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish, ular bilan hamkorlikda qo‘shma dastur va loyihalarni ishlab chiqish hamda ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshirishga doir chora-tadbirlarni belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tuman, shahar kengashi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolar yig‘inlari organlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijro etilishi monitoringini olib boradi, ularning faoliyatini o‘rganadi hamda faoliyatini yanada takomillashtirish, ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga oid takliflar ishlab chiqadi va hududiy kengashga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga oid qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan hududiy kengashga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yig‘inlari raislari va ular maslahatchilarining eng munosib fuqarolar orasidan saylanishini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi, fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tuman (shahar) komissiyasi va ishchi guruhlarga zarur uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatadi;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘zaro munosabatlarini rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridagi lavozimlarga nomzodlar zaxirasini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli), rais (oqsoqol) o‘rinbosarlari (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari), mas’ul kotibi, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi faoliyatini muvofiqlashtiradi, fuqarolar yig‘ini xodimlarini rag‘batlantirish va ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni tashkillashtiradi;
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati uchun zarur bo‘lgan uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlash choralarini ko‘radi, fuqarolar yig‘inlari uchun uslubiy qo‘llanma va adabiyotlarni nashr etish hamda ularning nusxalarini belgilash bo‘yicha hududiy kengashga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish choralarini ko‘radi, mazkur yo‘nalishda takliflar ishlab chiqib, hududiy kengashga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan davlat organlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni takomillashtirish va rivojlantirish choralarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, davlat organlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlari amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini ko‘radi va bu borada hududiy kengashga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallani aniq yo‘naltirilgan asosda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirishga ko‘maklashadi va bu borada hududdagi fuqarolar yig‘inlarining faol ishtirokini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududda keksalar va nogironlarning ijtimoiy, shu jumladan pensiya va tibbiy ta’minoti sifatini yaxshilash masalalarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish hamda ularning roli va ta’sirini kengaytirishga ko‘maklashadi;
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-iyuldagi 185-sonli qaroriga asosan o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 27-son, 357-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini joylarda izchillik bilan tatbiq etish, fuqarolarning faolligini, jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini olib borish tizimidagi vazifalar ijrosini ta’minlash va ko‘lamini yanada kengaytirish bo‘yicha fuqarolar yig‘inlarining faol ishtirokini ta’minlaydi hamda mazkur yo‘nalishlarga oid tavsiya va qo‘llanmalar ishlab chiqish borasida hududiy kengashga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda tarixan tarkib topgan milliy va ma’naviy qadriyatlarni e’zozlash va izchil targ‘ib qilish, xalqimizning eng yaxshi udum va an’analarini asrash va ommalashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, fuqarolar yig‘inlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, mahalla institutining faoliyatini yoritishga doir tadbirlarni amalga oshiradi, fuqarolar yig‘inlarining ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning ijtimoiy faolligini kuchaytirishda mahallaning roli va ta’sirini oshirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faollarining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek ularning bilim va malakasini, huquqiy madaniyatini oshirish, zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish ishlarini tashkil etadi hamda bu borada fuqarolar yig‘inlariga uslubiy-amaliy ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk va har tomonlama kamol topgan barkamol avlodni tarbiyalashda “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda fuqarolar yig‘inlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ushbu yo‘nalishdagi chora-tadbirlarni takomillashtirishga doir takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla institutining dolzarb masalalari bo‘yicha davra suhbatlari hamda seminarlarini tashkil etish va o‘tkazishda tashabbus ko‘rsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tuman, shahar kengashi o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirishga doir qarorlar qabul qilish va ularning ijrosini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yig‘inlari raisi (oqsoqoli) o‘rinbosarlari (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari) mas’ul kotiblari, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalarining a’zolari bilan suhbatlar o‘tkazish, asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar raislarining malakasini oshirishga doir qarorlar qabul qilish;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari manfaatlarini ko‘zlab sudga da’vo qilish, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari manfaatlarini ko‘zlab sudga shikoyat qilish;
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan tuman, shahar kengashi vakolatiga taalluqli zarur ma’lumot va materiallarni so‘rash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning, shuningdek, fuqarolar yig‘inlari xodimlarining axborotlarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar tayyorlash uchun ishchi komissiyalar va ekspert guruhlar tashkil etish, shuningdek olimlar va amaliyotchi-mutaxassislarni ushbu komissiyalar va guruhlarni ishiga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga doir uslubiy tavsiya va qo‘llanmalarni tayyorlash yuzasidan takliflarni ishlab chiqish va hududiy kengashga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislari (oqsoqollari) va faollari uchun o‘quv seminarlari va davra suhbatlari tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman, shahar kengashining yig‘ilishlariga fuqarolar yig‘inlari xodimlarini jalb etish hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining holati muhokama etish va tegishli qarorlar qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Tuman, shahar kengashi faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tuman, shahar kengashi uning raisi, rais o‘rinbosari, mas’ul kotibi va a’zolaridan iborat tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar kengashi tarkibi hududiy kengash tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining tuman, shahar bo‘linmasi tuman, shahar kengashining ishchi organi (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tuman, shahar kengashiga tuman (shahar) hokimi jamoatchilik asosida raislik qiladi. Tuman, shahar kengashi raisi tuman, shahar kengashiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun mas’uldir.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar kengashi raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman, shahar kengashi majlislari kun tartibini belgilaydi va majlislarni chaqiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman, shahar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman, shahar kengashi a’zolarining hamda tuman, shahar kengashi zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishga doir ishlarni muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman, shahar kengashi ishchi organining faoliyatini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman, shahar kengashining samarali ishlashini ta’minlashga doir boshqa ishlarni bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tuman, shahar kengashi a’zolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikdagi faoliyatining samarali yo‘lga qo‘yilishiga ko‘maklashadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha tuman, shahar kengashiga takliflar kiritadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman, shahar kengashi majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalarni muhokama qilishda va hal etishda qatnashadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman, shahar kengashi muhokamasiga kiritilgan masalalar bo‘yicha yozma xulosalar va og‘zaki tushuntirishlar beradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yig‘ini, uning kengashi yig‘ilishlarida ishtirok etadilar va o‘z taklif va mulohazalarini bildiradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman, shahar kengashi majlislarida qabul qilingan qarorlar ijrosini o‘z vakolatlari doirasida ta’minlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu Nizomda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida hududiy kengash ish rejasidagi chora-tadbirlarni hisobga olgan holda, tuman, shahar kengashi har yili o‘z ish rejasini tasdiqlaydi, shuningdek rais o‘rinbosari, mas’ul kotib hamda tuman, shahar kengashining boshqa a’zolari vazifalarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tuman, shahar kengashi faoliyati bilan bog‘liq yozishmalarni yuritishda xatlar tuman, shahar kengashi raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar kengashi o‘z blankasiga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tuman, shahar kengashi o‘z faoliyatini doimiy asosda, o‘z ish rejasiga muvofiq amalga oshiradi va majlislarini zaruriyatga ko‘ra, lekin har chorakda kamida bir marta o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar kengashi qarori bilan, tuman, shahar kengashi raisining o‘rinbosari yoki a’zolari yarmidan ko‘pining tashabbusiga ko‘ra navbatdan tashqari majlis o‘tkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar kengashining navbatdan tashqari majlisini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklif zarur hujjatlar bilan birgalikda ishchi organga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tuman, shahar kengashi majlislarini uning raisi, u bo‘lmagan taqdirda raisning o‘rinbosari boshqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar kengashi majlisi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lganda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar kengashi qarorlari majlisda qatnashganlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda majlisda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Tuman, shahar kengashining har bir a’zosi qabul qilinayotgan qarorlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazasini yozma ravishda bayon qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majlisni o‘tqazish uchun kvorum bo‘lmaganda, Kengashning yangi majlisi o‘tkaziladigan sana e’lon qilinadi. Yangi majlisni o‘tkazishda kun tartibini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tuman, shahar kengashi raisining ruxsati bilan, majlisda uning uzrli sabablarga ko‘ra qatnashmayotgan a’zolari o‘rniga ularning vakillari ovoz berish huquqisiz qatnashishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tuman, shahar kengashi majlisiga, unda ko‘rib chiqilayotgan masalalarning mohiyatiga ko‘ra, davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, mutaxassislar hamda fuqarolar yig‘inlari vakillari taklif etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tuman, shahar kengashi qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, uni rais yoki uning o‘rinbosari, shuningdek mas’ul kotib imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tuman, shahar kengashi qarorlari uning barcha a’zolariga va manfaatdor shaxslarga hamda hududdagi fuqarolar yig‘inlariga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar kengashining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarining tegishli davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek, hududdagi fuqarolar yig‘inlari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ishchi organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman, shahar kengashi majlislariga tayyorgarlikni va ularni tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash ishlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman, shahar kengashi faoliyati uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni (tahliliy ma’lumotlar, jadvallar va h.k.) shakllantiradi va qarorlar loyihalari bo‘yicha kelishuvni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat yo‘nalishlariga taalluqli materiallarni to‘playdi, tahlil qiladi, qarorlar va chora-tadbirlar rejalari loyihalarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarini o‘rganadi, tahlil qiladi, umumlashtiradi, muvofiqlashtirish natijalari bo‘yicha hisobot va axborot materiallarini tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi organ tuman, shahar kengashi qaroriga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tuman, shahar kengashi qarorlarining bajarilishi natijalari haqida Ishchi organ har chorakda Tuman, shahar kengashiga tegishli zarur materiallarni ilova qilgan holda tahliliy ma’lumotlarni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ishchi organ rahbari tayyorlangan materiallar va majlis kun tartibi bo‘yicha Tuman, shahar kengashi raisiga axborot beradi, rais tomonidan ma’qullangan taqdirda, kengash majlisi bo‘lib o‘tadigan kun va vaqtni, shuningdek taklif etiladigan shaxslarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tuman, shahar kengashi mas’ul kotibi Kengash majlisi materiallarini bayon loyihasi bilan birgalikda majlisni o‘tkazish sanasidan kamida besh kun oldin Kengashning har bir a’zosiga, zarur hollarda majlisga taklif etilgan boshqa shaxslarga taqdim etilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majlis kun tartibi o‘zgargan taqdirda, Tuman, shahar kengashi mas’ul kotibi Kengashning har bir a’zosini hamda majlisga taklif etilgan shaxslarni majlis boshlanishidan oldin uch kundan kechikmay bunday o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ishchi organ tuman, shahar kengashi ishiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida uning vakolatlari doirasida zarur materiallarni davlat organlari va tashkilotlardan so‘rash hamda olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Tuman, shahar kengashining hududiy kengash hamda fuqarolar yig‘inlari bilan o‘zaro hamkorligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tuman, shahar kengashi hududiy kengash, shuningdek hududdagi fuqarolar yig‘inlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi hamda fuqarolar yig‘inlari faoliyatiga tashkiliy hamda uslubiy jihatdan rahbarlikni amalga oshiradi, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, ularga o‘z vakolatlarini amalga oshirishda ko‘maklashadi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi va monitoringini olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yilning har choragida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman, shahar kengashi raisi hududiy kengashga hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tuman, shahar kengashining raislari bir vaqtning o‘zida hududiy kengash a’zosi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tuman, shahar kengashi Respublika va hududiy kengash qarorlarining tegishli hududda ijro etilishi yuzasidan mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ushbu Namunaviy nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 51-son, 664-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda, 27-son, 357-modda; 2017-y., 8-son, 120-modda, 19-son, 345-modda, 38-son, 1040-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son; 14.05.2018-y., 09/18/327/1173-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 16.01.2019-y., 09/19/33/2485-son; 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)