Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Berdaq (Berdimurod) Qargʻaboy oʻgʻli tugʻilgan kunining 170 yilligini nishonlash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qoraqalpoq adabiyotining asoschilaridan biri Berdaq (Berdimurod) Qargʻaboy oʻgʻlining Sharq madaniyati va adabiyotini rivojlantirishga kelajak avlodni Vatanga, xalqqa muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, turli xalqlar oʻrtasida doʻstlik munosabatlarini rivojlantirish ishiga qoʻshgan bebaho hissasini hisobga olib, shuningdek uning adabiy merosini xalqimiz oʻrtasida yanada keng targʻib qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Berdaq (Berdimurod) Qargʻaboy oʻgʻlining 170 yillik yubileyini 1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasi miqyosida keng nishonlash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-martdagi 101-sonli qaroriga asosan chiqarilgan.)
Tashkiliy qoʻmita Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz tadbirlarini ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
shoirning 170 yillik yubileyi munosabati bilan “Sharq xalqlarining milliy uygʻonishi va Berdaqning yaratuvchilik xizmati” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazsin;
1998-yilda shoirning bir tomlik sheʼrlar toʻplamini tayyorlasin va nashr etsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi bilan birgalikda 1998-yil dekabr oyida Nukus shahrida Berdaq yubileyiga bagʻishlangan tantanali kechani tashkil qilsin va oʻtkazsin.
4. Toshkent shahri hokimligi poytaxtdagi koʻchalardan va xiyobonlardan biriga Berdaq nomini berish va shoir byustini oʻrnatish masalalarini hal qilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi shoir yubileyiga bagʻishlab Berdaq asarlari va uning haqidagi asarlar toʻplamlarini, rasmlar va plakatlarni chop etishni rejalashtirsin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hamda tegishli idoralar va ijodiy uyushmalar bilan birgalikda mahalliy budjet va homiylarning mablagʻlari hisobiga Boʻzatov tumanida Berdaq bogʻini yaratish, u yerda shoirga yodgorlik oʻrnatish va uning muzeyini tashkil qilish vazifasi yuklansin.
7. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Berdaqning rasmi tasvirlangan pochta markalari, konvertlar va otkritkalar chiqarishni tashkil qilsin.
8. “Oʻzbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-iyuldagi 247-son qaroriga muvofiq filmlar yaratish uchun ajratilgan mablagʻlar hisobiga Berdaqning hayoti va ijodiy faoliyatiga doir hujjatli film yaratsin.
9. “Oʻzteleradio” kompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Berdaqning Sharq xalqlari madaniyati rivojiga qoʻshgan ulkan hissasini, uning hayoti va ijodini yorituvchi koʻrsatuvlar, eshittirishlar, maqolalar tashkil etish hamda shoir asarlari asosida tele va videofilmlar yaratish topshirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Berdaq yubileyini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti va mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobiga, teng ulushlarda qoplanishini nazarda tutgan holda mablagʻ ajratsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 20-may,
220-son
Berdaq (Berdimurod) Qargʻaboy oʻgʻli tugʻilgan kunining 170 yillik yubileyiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
TARKIBI
| A. Azizxoʻjayev | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi | |
| Oʻ. Rahmatov | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari (kelishuv boʻyicha) | |
| S. Avezmatov | | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
| X. Joʻrayev | Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari | |
| Sh. Abdullayev | Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari | |
| N. Aminov | Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi rahbari | |
| T. Joʻrayev | Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti | |
| J. Yoʻldoshev | Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri | |
| T. Eshanov | Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi raisi | |
| T. Qayipbergenov | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisi | |
| N. Muxametdinov | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri | |
| T. Qoʻziyev | Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi | |
| A. Oripov | Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi | |
| O. Salimov | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri | |
| R. Shogʻulomov | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi raisi | |
| T. Yusupov | Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi raisi | |
| K. Yusupboyev | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining doimiy vakili | |
| T. Yunusov | “Oʻzbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi | |
| B. Qoriyeva | Oʻzbekiston teatr ijodkorlari uyushmasi raisi | |
| A. Koʻchimov | “Oʻzteleradio” kompaniyasi raisi | |
| A. Roʻzmetov | | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Bosh direktori vazifasini bajaruvchi |