Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-apreldagi 313-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 10-dekabrdagi PQ-4056-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, uning xodimlarining cheklangan umumiy soni 34 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 26 nafar etib belgilansin.
2. Moliya vazirligi Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlarini amalga oshirish uchun Markazga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan 2-ilovaga muvofiq mablagʻ ajratsin.
3. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi Markazni belgilangan tartibda lokal tarmoq va Internet tarmogʻi bilan taʼminlasin.
4. Belgilansinki, Markaz direktorining oʻrinbosari va boʻlim mudirlariga tibbiy xizmat koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Tibbiyot-sanitariya birlashmasi muassasalarida amalga oshiriladi.
5. Markazning direktori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “Toshkent” aeroportining VIP zalida bepul asosda xizmat koʻrsatilishi huquqiga ega boʻlgan Diplomatik missiyalarning mansabdor shaxslari va xodimlari toifalari roʻyxatiga (1-roʻyxat), direktorning oʻrinbosari esa — “Toshkent” aeroportining VIP zalida pulli asosda xizmat koʻrsatilishi huquqiga ega boʻlgan Diplomatik missiyalarning mansabdor shaxslari va xodimlari roʻyxatiga (2-roʻyxat) kiritilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha Milliy markazi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 13-noyabrdagi 399-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 11-son, 32-modda), shuningdek qarorga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 11-dekabr,
326-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 11-dekabrdagi 326-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining
TUZILMASI
Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 34 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 26 nafar.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 11-dekabrdagi 326-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
TADBIRLARI
| T/r |
Tadbirlar nomi |
Xarajatlarning hisoblab |
Masʼul |
| 1. | Mebel va idora anjomlari bilan jihozlash |
100,0 |
Moliya vazirligi, Milliy |
| 2. | Kompyutyerlar va tashkiliy texnika bilan jihozlash |
50,0 |
Moliya vazirligi, Milliy |
| 3. | Ikkita yengil avtomobil sotib olish: | |
Moliya vazirligi, “Oʻzavtosanoat” |
| “Malibu” |
100,0 | ||
| “Lasyetti” |
59,0 | ||
|
Hammasi |
309,0 |
| |
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 11-dekabrdagi 326-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-sentabrdagi 403-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Tibbiyot-sanitariya birlashmasining 1-markaziy poliklinikasida tibbiy xizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan lavozimlar roʻyxatining V boʻlimida (Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 28-oktabrdagi 504-f-son farmoyishi tahririda) birinchi va ikkinchi satrlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
|
“ |
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi |
| |||
| |
Direktor |
1 |
3 |
4 |
|
| |
Direktorning oʻrinbosari |
1 |
3 |
4 |
|
| |
Boʻlim mudiri |
7 |
7 |
14 |
” |
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-f-son farmoyishida:
a) “Toshkent” xalqaro aeroportining alohida muhim yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish zali toʻgʻrisidagi nizomga ilovaning 1-roʻyxati 5-bandiga quyidagi mazmundagi 5.10-kichik band qoʻshilsin:
“5.10. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori”;
b) “Toshkent” xalqaro aeroportining alohida muhim yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish zali toʻgʻrisidagi nizomga ilovaning 2-roʻyxati 4.6.4-kichik bandidagi “Direktor” soʻzi “Direktorning oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 50-son, 653-modda)