Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 13.01.1998 yildagi 17-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000 yilligini nishonlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Alpomish” dostonining ajdodlarimiz ijodiy dahosining bebaho badiiy yodgorligi sifatida jahon xalqlari epik ijodiyoti namunalari ichida alohida o‘rin tutishini, uning mustaqil rivojlanish davrida millat birligi va ma’naviy uyg‘onishi, milliy g‘urur va o‘z-o‘zini anglash ramziga aylanganligini, ushbu doston yaratilganligining 1000 yilligi YUNESKOning 1999-yildagi tadbirlari rejasiga kiritilganligini inobatga olib hamda folklor merosini avaylab-asrash va avlodlarga to‘la yetkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat ishlari vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazining “Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000 yilligini 1999-yilda YUNESKO ishtirokida keng miqyosda nishonlash haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu sanaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qo‘mita tegishli vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda tadbirlar ishlab chiqsin va uni amalga oshirishga kirishsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Badiiy akademiya, Yozuvchilar uyushmasi, respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi, YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya, Surxondaryo viloyati va Toshkent shahar hokimliklari birgalikda 1999-yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida “Alpomish” dostoni va jahon xalqlari epik ijodiyoti” mavzuida xalqaro konferensiya va Surxondaryo viloyatida tantanali bayram tadbirlarini tayyorlasinlar va o‘tkazsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Alpomish” dostoni, umuman, xalq ijodi namunalari asosida teatr spektakllari, adabiy-badiiy kompozitsiyalar yaratishni kengaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlar akademiyasi va Badiiy-akademiya bilan birgalikda yetakchi muzeylarda etnografik ko‘rgazmalar tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Fanlar akademiyasi, “O‘zteleradio” va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Termiz shahrida 1999-yildan boshlab har ikki yilda bir marta folklor asarlari ijrochilarining mamlakat ko‘rik-tanlovini hamda xalqaro festivalini o‘tkazish, eng yaxshi ijodkorlarning asarlarini yozib olish, ular haqida tele-videofilmlar yaratish ishlarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Surxondaryo viloyati hokimligi viloyatning ichki imkoniyatlari hisobidan Termiz va Boysun shaharlarida zamonaviy dam olish inshootlariga va kichik sport maydonlariga ega bo‘lgan “Alpomish” bog‘larini tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Sharq” nashriyot-matbaa konserni 1999-yilda “Alpomish” dostonining to‘la nashrini o‘zbek va rus tillarida chop etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi “Alpomish” dostonining tanlanma to‘plamlarini, jumladan dostonning qoraqalpoq tilidagi variantini, doston haqidagi tadqiqotlar va ilmiy-ommabop risolalarni chop etishni rejalashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Alpomish” dostonining akademik nashrini amalga oshirish va xorijiy tillarda nashr etish masalasini hal etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi bilan birgalikda 100 jildlik “O‘zbek folklori yodgorliklari” to‘plamlarini nashrga tayyorlasin va 2001-yildan boshlab uni nashr etishga kirishsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “O‘zbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Alpomish” ko‘p seriyali badiiy filmini va bolalar uchun multiplikatsion filmlar turkumini hamda atoqli xalq baxshilari haqida hujjatli-publitsistik filmlar yaratishni rejalashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “Alpomish” dostoni sujeti, umuman xalq ijodi namunalari asosida ishlangan suratlar, tasavvuri bilan bog‘liq ramzlar, xalq baxshilarining siymolari aks ettirilgan pochta markalari, otkritkalar va konvertlar turkumini chiqarsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, daxldor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 1998-yildan boshlab har ikki yilda bir marta milliy sport o‘yinlari — Alpomish o‘yinlari festivalini o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “O‘zteleradio” va boshqa ommaviy axborot vositalari “Alpomish” dostoni va umuman o‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotining jahon madaniyati taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini keng yoritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi va “O‘zteleradio” “Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000 yilligi munosabati bilan olib borilayotgan ishlarni targ‘ib-tashviq qilish, jahon ommaviy axborot vositalarini zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000 yilligini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar respublika budjeti hamda Surxondaryo viloyati mahalliy budjeti, homiylar hisobidan teng ulushlarda qoplanishini hisobga olgan holda mablag‘ ajratishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 13-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 13-yanvardagi
17-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Jo‘rabekov I.‎

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, tashkiliy qo‘mita raisi‎

Azizxo‘jayev A.‎

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari‎

Norov V.‎

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuvga muvofiq)‎

Rahmatov O‘.‎

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuvga muvofiq)‎

Jo‘rayev T.‎

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari‎

Noraliyev J.‎

Surxondaryo viloyati hokimi, tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari‎

Abdullayev R.‎

Bastakorlar uyushmasi raisi‎

Aminov N.‎

Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazining rahbari‎

Jo‘rayev X.‎

Madaniyat ishlari vaziri‎

Yo‘ldoshev I.‎

Xalq ta’limi vaziri

Ko‘chimov A.‎

“O‘zteleradio” kompaniyasi raisi‎

Maxsetov B.‎

Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi raisi‎

Meliboyev A.‎

“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining bosh muharriri‎

Mirzayev T.‎

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot instituti direktori‎

Muhammad Yusuf.‎

shoir‎

Oripov A.‎

Yozuvchilar uyushmasining raisi‎

Sayfiddinov D.‎

Moliya vaziri‎

Salimov O.‎

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri‎

To‘xtaboyev X.‎

“Oltin meros” jamg‘armasi raisi‎

Shog‘ulomov R.‎

Davlat matbuot qo‘mitasi raisi‎

Yunusov T.‎

“O‘zbekkino” DAK raisi ‎

Qo‘ziyev T.‎

Badiiy akademiya raisi‎

Qo‘shmoqov M.‎

“Sog‘lom avlod uchun” jurnali bosh muharriri, folklorshunos ‎

Hazratqulov M.‎

O‘zA bosh direktori‎