O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari va ularning oila a’zolari yashash sharoitlarini yaxshilash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ichki ishlar idoralari xodimlari va ularning oila a’zolarini yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 20-dahada joylashgan Toshkent shahar hududiy kommunal-foydalanish birlashmasi balansidagi 19/6 hamda 19/7-uy manzildagi to‘qqiz qavatli binolarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi balansiga tasarruf etish huquqisiz bepul o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Toshkent shahar hokimligi mazkur qarorning 1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan binolarni belgilangan tartibda topshirilishini, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qabul qilib olinishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qabul qilib olingan binolarda ichki ishlar idoralari xodimlari va ularning oila a’zolari yashashlari uchun shart-sharoit yaratgan holda ulardan maqsadli foydalansin.
4. Belgilansinki, binolarni rekonstruksiya qilish uchun xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-avgustdagi “Toshkent shahar hokimligining munitsipal mulk obyektlari sotilishi jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar to‘g‘risida”gi 253-son qarorining ilovasidagi 83- va 84-satrlar chiqarib tashlansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Xo‘jayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 14-yanvar,
12-son