Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 16.03.2011 yildagi 76-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari va ularning oila a’zolarini uy-joy bilan ta’minlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda xodimlari va ularning oila a’zolarini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Toshkent shahar hokimligi hamda Davlat mulki qo‘mitasining Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 20-dahada joylashgan, Toshkent shahar hokimligi Binolardan foydalanish departamenti balansidagi 19/5-uy manzilidagi foydalanilmayotgan to‘qqiz qavatli binoni (keyingi o‘rinlarda “bino” deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati balansiga tasarruf etish huquqisiz bepul o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent shahar hokimligi mazkur qarorning 1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan binoning belgilangan tartibda topshirilishini, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati uning qabul qilib olinishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati qabul qilib olingan binoda xodimlar va ularning oila a’zolari yashashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan holda undan maqsadli foydalansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, mazkur binoni ta’mirlash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahar hokimligining munitsipal mulk obyektlarini sotish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 30-avgustdagi 253-son qaroridan 77-satr chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Xo‘jayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 16-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76-son