Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 10.04.1999 yildagi 168-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekistonda kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionatini o‘tkazish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbek kurashining xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganligini inobatga olib hamda uning ommaviyligini oshirish va rivojlantirishni davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi ta’sis kongressining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Kurash Milliy federatsiyasining 1999-yil 29-aprel — 3-may kunlari Toshkent shahridagi “Jar” sport majmuida kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionatini o‘tkazish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionatini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tashkiliy qo‘mitasi tarkibi 1-ilovaga, sarf-xarajatlar smetasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qo‘mita jahon chempionatini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish tadbirlarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi 2-ilovadagi sarf-xarajatlarning 10 million 550 ming so‘mi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hamda qolgan qismi homiylar va Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasining xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan qoplanishini nazarda tutgan holda mablag‘ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki homiylik mablag‘larini belgilangan tartibda erkin muomaladagi valyutaga almashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki belgilangan tartibda valyuta mablag‘larining naqd berilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahar hokimligi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Kurash Milliy Federatsiyasi bilan birgalikda “Jar” sport majmuini kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionatini o‘tkazishga tayyorlash, musobaqalarni o‘tkazish chog‘ida jamoat tartibini saqlash, chempionat ishtirokchilari va mehmonlari xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionati ishtirokchilari va mehmonlarini Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi buyurtmasiga muvofiq so‘mda haq olgan holda aviachiptalar bilan ta’minlasin hamda ularga Toshkent aeroportining VIP zali orqali haq olmasdan xizmat ko‘rsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi taqdim etadigan ro‘yxat asosida chempionatning xorijiy ishtirokchilari va mehmonlariga viza berish masalalarini haq olmasdan hal qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “O‘zbeksavdo” uyushmasi chempionat o‘tkaziladigan joyda ovqatlanish va savdo xizmatlarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi buyurtmasiga muvofiq chempionat ishtirokchilari va mehmonlarini mehmonxonalarga joylashtirsin hamda “Interkontinental” mehmonxonasining konferens-zalida Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasining navbatdagi kongressini o‘tkazishga sharoit yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “O‘zavtotrans” korporatsiyasi va “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi buyurtmasi asosida zarur miqdorda transport vositalari ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Toshkent shahar hokimligi shahar ko‘chalarini va chempionat tadbirlari o‘tkaziladigan joylarni obodonlashtirish va bezatish masalalarini hal qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi jahon chempionati ishtirokchilariga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Sovplastital” qo‘shma korxonasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi buyurtmasiga ko‘ra 1999-yil 20-aprelgacha esdalik sovg‘alarini tayyorlab bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “O‘zteleradio”, O‘zA va boshqa ommaviy axborot vositalariga kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionatiga tayyorgarlikning borishini va uning o‘tishini keng yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zteleradio”, O‘zA va Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Jahon” axborot agentligi kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionati musobaqalarining chet el teleradiotarmoqlari va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali yoritilishiga erishish yuzasidan ular bilan amaliy hamkorlik o‘rnatish choralarini ko‘rsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 10-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
168-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 10-apreldagi 168-sonli qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida Kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionatini o‘tkazish yuzasidan tashkiliy qo‘mita
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Karomatov H. S.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, tashkiliy qo‘mita raisi‎
Maxsitov B. M.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi raisi, tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari‎
Yusupov K. T.‎ —‎ Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi Prezidenti, tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari‎
Komilov O‘. T.‎ —‎ O‘zbekiston Kurash Milliy Federatsiyasi Prezidenti, tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari‎
Azimov R. S.‎ —‎ Moliya vaziri‎
Almatov Z. A.‎ —‎ Ichki ishlar vaziri‎
Abdullayev Q. Sh.‎ —‎ Mudofaa vazirining o‘rinbosari‎
Abdullayev R.‎ —‎ Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari‎
An G. Y.‎ —‎ Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki raisining o‘rinbosari‎
Begmatov Sh. R.‎ —‎ Qashqadaryo viloyati hokimi‎
Bobojonov I. O.‎ —‎ Xorazm viloyati hokimi‎
Jo‘rayev X. R.‎ —‎ Madaniyat ishlari vaziri‎
Kucherskiy N. I.‎ —‎ “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni raisi‎
Kristich A. N.‎ —‎ “Foton” ishlab chiqarish birlashmasi bosh muhandisi‎
Melkumov A. N.‎ —‎ “Sovplastital” qo‘shma korxonasi bosh direktori‎
Mustafoyev E. M.‎ —‎ Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari‎
Muhamedov R. S.‎ —‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri o‘rinbosari‎
Noraliyev J. N.‎ —‎ Surxondaryo viloyati hokimi‎
Polvonov E.‎ —‎ “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy avia-kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari ‎
Rahimov S. B.‎ —‎ Markaziy bank raisi o‘rinbosari‎
Sidiqnazarov K. M.‎ —‎ “O‘zavtotrans” korporatsiyasi raisi‎
To‘laganov K. N.‎ —‎ Toshkent shahar hokimi‎
Fayziyev Z. O.‎ —‎ “O‘zbeksavdo” kompaniyasi raisi‎
Ergashev B. Q.‎ —‎ “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi raisi‎
Husanboyev B. M.‎ —‎ “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi raisi‎