Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 15.06.2004 yildagi 282-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 15.06.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari talabalarining “Universiada-2004” sport musobaqalarini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalari talabalari orasida sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash, ularning sport bilan shugʻullanishi uchun jahon andozalariga mos shart-sharoitlarni yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarning oʻz kuch-qudrati va imkoniyatlariga ishonch tuygʻularini hamda ona-Vatanga fidoyilik fazilatlarini tarbiyalash, musobaqalar bilan bogʻliq madaniy-maʼrifiy tadbirlar samarasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat sport qoʻmitasi va Milliy Olimpiya qoʻmitasining “Universiada-2004” sport musobaqalarining Samarqand viloyatida boʻlib oʻtadigan yakuniy bosqichini joriy yilning 15 — 21-iyul kunlari oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Universiada-2004” sport musobaqalarining yakuniy bosqichiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita tarkibi 1-ilovaga hamda sport oʻyinlarini oʻtkazish dasturi 2-ilovaga, uning ochilish va yopilish marosimi ssenariysi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tashkiliy qoʻmitaga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yilning 5-iyuligacha musobaqalar oʻtadigan sport inshootlarining xalqaro talablar darajasida hozirlanishini va zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlanishini hamda tadbirlar oʻtadigan barcha joylarda obodonlashtirish ishlarini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
universiada ishtirokchilarining yashash joylarini, oshxona va madaniy tadbirlar oʻtadigan manzillarni talab darajasida tayyorlash vazifasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Universiada-2004” sport musobaqalarining tantanali ochilishi va yopilishi marosimlarining yuksak saviyada oʻtishini tashkil etsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yopilish marosimida mamlakatimiz terma jamoasi va iqtidorli sportchilarini Gretsiyaning Afina shahrida oʻtkaziladigan Olimpiada oʻyinlariga tantanali kuzatishni nazarda tutsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga musobaqalar ishtirokchilarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni, musobaqalar davrida tez tibbiy xizmat koʻrsatishni va dam olish, ovqatlanish joylarida sanitariya xavfsizligining talab darajasida boʻlishini taʼminlash topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyurtmanomasiga muvofiq musobaqalar ishtirokchilari va ijodiy guruh aʼzolarining yoʻl xarajatlari uchun imtiyozli tarif qoʻllashni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Respublika “Vatanparvar” tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “Quyosh fizikasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazida universiada mashʼalasini yoqish va uni Samarqand shahriga yetkazish bilan bogʻliq barcha tashkiliy-xavfsizlik tadbirlarini amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tegishli vakolatli tashkilotlar bilan birgalikda “Universiada-2004” musobaqalari davomida tadbirlar oʻtadigan joylarda jamoat va transport harakati xavfsizligini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga, Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga “Universiada-2004” musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonini keng yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 15-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
282-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 15-iyundagi 282-sonli qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Universiada-2004” sport musobaqalarining yakuniy bosqichiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mirziyoyev Sh. M. ‎

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, tashkiliy qoʻmita raisi‎

Xolmurodov R. I.‎

Samarqand viloyatining hokimi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari‎

Qosimov R. S.‎

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari‎

Tashkiliy qoʻmita aʼzolari:‎‎‎

Azizxoʻjayev A. A.‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari‎
Abduvoxitov A. A.‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi‎
Yusupov K. Y.‎ Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi raisi ‎
Nosirov A. N.‎ Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi ‎
Jahongirova D. N.‎ Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi ‎
Nazirov F. Gʻ.‎ Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri ‎
Zokirov F. K.‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri vazifasini bajaruvchi ‎
Husanboyev B. M.‎ “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi‎
Roʻziyev F. Q.‎ “Oʻzteleradio” kompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari ‎
Husanov J. X.‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining rahbari ‎
Hazratqulov M.‎ Milliy axborot agentligi bosh direktori ‎
Mullajonov T. O.‎ Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari ‎
Gʻulomov Sh. T.‎ �illiy xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari‎
Baxoldin V. Y.‎ “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari ‎
Abdurahimov B.‎ “Oʻzbeknavo” birlashmasi bosh direktori ‎
Abduqahhorov A.‎ “Vatanparvar” tashkiloti raisi‎
Axmatov M. ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining masʼul xodimi ‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 15-iyundagi 282-sonli qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari talabalarining “Universiada-2004” sport oʻyinlarini Samarqand viloyatida oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12 — 14-iyul Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “Fizika-quyosh” birlashmasida sport oʻyinlari mashʼalasini yoqish va uni Samarqand shahriga olib borish bilan bogʻliq tadbirlar‎
Masʼul: Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari hokimligi, “Vatanparvar” Respublika tashkiloti, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi‎
13-iyul Sport oʻyinlari ishtirokchilarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan Samarqand viloyatiga joʻnab ketishi ‎
Masʼul: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, viloyat hokimliklari, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi, Ichki ishlar vazirligi‎
14-iyul “Universiada-2004” sport oʻyinlari ishtirokchilarining Samarqand shahriga yetib kelishi va joylashishi ‎
Masʼul: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Ichki ishlar vazirligi‎
14-iyul “Universiada-2004” sport oʻyinlari mashʼalasining Samarqand viloyatiga yetib kelishi‎
Masʼul: “Vatanparvar” Respublika tashkiloti, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Ichki ishlar vazirligi‎
15-iyul “Universiada-2004” sport oʻyinlarining Samarqand shahrida yangi Olimpiya zaxiralari kolleji markaziy stadionida tantanali ochilishi‎
14 — 21-iyul “Universiada-2004” sport oʻyinlari final musobaqalarini 14 ta sport turlari boʻyicha oʻtkazish (yengil atletika, basketbol, futbol, voleybol, qoʻl toʻpi, kurash, belbogʻli kurash, suzish, tennis, stol tennisi, mini futbol, ogʻir atletika, dzyudo)‎
Masʼul: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat sport qoʻmitasi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Respublika kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, Samarqand viloyati va tuman hokimliklari ‎
21-iyul Samarqand shahridagi Olimpiya zaxiralari kolleji markaziy stadionida musobaqa gʻoliblarini taqdirlash va “Universiada-2004” sport oʻyinlarining tantanali yopilishi‎
21-22-iyul Musobaqa ishtirokchilari va mehmonlarni kuzatish‎
Masʼul: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi, Ichki ishlar vazirligi‎
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 15-iyundagi 282-sonli qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Universiada-2004” sport oʻyinlarining tantanali ochilish va yopilish marosimlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ssenariysi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Universiada-2004” sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-iyul. Samarqand shahridagi Olimpiya zaxiralari kolleji markaziy stadioni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand shahrida yangi qurilgan Olimpiya zaxiralari kolleji markaziy stadionida 15 000 oʻquvchi-talaba oʻz oʻrnini egallaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chorlov sadosi yangraydi. Maydonga tantanali suratda sportchilar tartib bilan kirib keladilar. Harbiy xizmatchi va sportchilar marsh sadolari ostida Oʻzbekiston va Universiada bayroqlarini olib kiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyati hokimining soʻzi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tabrigi oʻqib eshittiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Universiada bayroqlarining belgilangan tartibda Davlat madhiyasi sadolari ostida koʻtarilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universiada olovining yoqilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Afina shahrida oʻtadigan Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan mashhur sport ustalarining Universiada ishtirokchilariga tabrigi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizning taniqli sanʼat ustalari ishtirokida tayyorlangan maxsus badiiy dastur namoyishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masʼul: Tashkiliy qoʻmita, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat sport qoʻmitasi, Samarqand viloyati hokimligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi, Respublika kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Universiada-2004” sport musobaqalarining tantanali yopilish marosimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-iyul. Samarqand shahridagi Olimpiya zaxiralari kolleji markaziy stadioni (musobaqa gʻoliblarini taqdirlash, musabaqalarni yakunlash)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olimpiya zaxiralari kolleji markaziy stadioni bayramona bezatiladi. Tomoshabinlar stadionning tegishli sektorlaridan joy oladilar. Tantanali yopilish marosimining boshlanishidan darak beruvchi musiqa sadolari yangraydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maydonga tantanali suratda Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi va universiada ishtirokchilari kirib keladilar va taqdirlash marosimining tartibiga muvofiq oʻz joylarini egallaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻolib jamoalarga tantanali ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrinlari va medallarni Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi aʼzolari topshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Afina shahrida oʻtadigan Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan sportchilarimizning mamlakat Prezidenti va Oʻzbekiston xalqiga vaʼda berish marosimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tantanali musiqa sadolari ostida Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasining kuzatilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qoʻmita raisi musobaqalarni yopiq deb eʼlon qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universiada bayrogʻini tushirish marosimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Universiada” bayrogʻini kelgusi sport musobaqalari mezboni — Toshkent shahri delegatsiyasiga topshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha universiada qatnashchilari maydonga tushib, oʻzaro doʻstlik, birodarlik va yakdillikni namoyish etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taniqli sanʼat ustalari ishtirokida tayyorlangan maxsus badiiy dastur namoyishi.