O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari talabalarining “Universiada-2004” sport musobaqalarini tashkil etish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, ularning sport bilan shug‘ullanishi uchun jahon andozalariga mos shart-sharoitlarni yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarning o‘z kuch-qudrati va imkoniyatlariga ishonch tuyg‘ularini hamda ona-Vatanga fidoyilik fazilatlarini tarbiyalash, musobaqalar bilan bog‘liq madaniy-ma’rifiy tadbirlar samarasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-iyuldagi 319-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
2. “Universiada-2004” sport musobaqalarining yakuniy bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita tarkibi 1-ilovaga hamda sport o‘yinlarini o‘tkazish dasturi 2-ilovaga, uning ochilish va yopilish marosimi ssenariysi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tashkiliy qo‘mitaga:
joriy yilning 28-avgustigacha musobaqalar o‘tadigan sport inshootlarining xalqaro talablar darajasida hozirlanishini va zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlanishini hamda tadbirlar o‘tadigan barcha joylarda obodonlashtirish ishlarini ta’minlash;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-iyuldagi 319-sonli qarori tahririda)
universiada ishtirokchilarining yashash joylarini, oshxona va madaniy tadbirlar o‘tadigan manzillarni talab darajasida tayyorlash vazifasi yuklansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda:
“Universiada-2004” sport musobaqalarining tantanali ochilishi va yopilishi marosimlarining yuksak saviyada o‘tishini tashkil etsinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-iyuldagi 319-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga musobaqalar ishtirokchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni, musobaqalar davrida tez tibbiy xizmat ko‘rsatishni va dam olish, ovqatlanish joylarida sanitariya xavfsizligining talab darajasida bo‘lishini ta’minlash topshirilsin.
6. “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyurtmanomasiga muvofiq musobaqalar ishtirokchilari va ijodiy guruh a’zolarining yo‘l xarajatlari uchun imtiyozli tarif qo‘llashni nazarda tutsin.
7. Respublika “Vatanparvar” tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “Quyosh fizikasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazida universiada mash’alasini yoqish va uni Samarqand shahriga yetkazish bilan bog‘liq barcha tashkiliy-xavfsizlik tadbirlarini amalga oshirsinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tegishli vakolatli tashkilotlar bilan birgalikda “Universiada-2004” musobaqalari davomida tadbirlar o‘tadigan joylarda jamoat va transport harakati xavfsizligini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga, O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga “Universiada-2004” musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini keng yoritish tavsiya etilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-iyun,
282-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 15-iyundagi 282-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Universiada-2004” sport musobaqalarining yakuniy bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita
TARKIBI
| Mirziyoyev Sh. M. |
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, tashkiliy qo‘mita raisi |
| Xolmurodov R. I. |
Samarqand viloyatining hokimi, tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari |
| Qosimov R. S. |
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari |
|
Tashkiliy qo‘mita a’zolari: | |
| Azizxo‘jayev A. A. | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari |
| Abduvoxitov A. A. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi |
| Yusupov K. Y. | Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi raisi |
| Nosirov A. N. | Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi |
| Jahongirova D. N. | Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi |
| Nazirov F. G‘. | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri |
| Zokirov F. K. | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri vazifasini bajaruvchi |
| Husanboyev B. M. | “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi raisi |
| Ro‘ziyev F. Q. | “O‘zteleradio” kompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari |
| Husanov J. X. | O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining rahbari |
| Hazratqulov M. | Milliy axborot agentligi bosh direktori |
| Mullajonov T. O. | O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari |
| G‘ulomov Sh. T. | �illiy xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari |
| Baxoldin V. Y. | “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari |
| Abdurahimov B. | “O‘zbeknavo” birlashmasi bosh direktori |
| Abduqahhorov A. | “Vatanparvar” tashkiloti raisi |
| Axmatov M. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining mas’ul xodimi |
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-iyuldagi 319-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-iyuldagi 319-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)