Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 04.02.2009 yildagi 34-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatining Qibray, Toshkent va Zangiota tumanlari aholisini sifatli ichimlik suv bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar atrofidagi hududlarda (Toshkent viloyatining Qibray, Toshkent va Zangiota tumanlarida) yashaydigan aholisi suv ta’minoti ahvolining tahlili aholiga nomuntazam va sifatsiz xizmat ko‘rsatilayotganligini, bunday holatning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv quvurlari tarmoqlarining eskirganligi sababli suvning belgilangan normalardan ortiqcha isrof bo‘layotgani, berilgan suv uchun mablag‘lar yig‘ilishi darajasining pastligi (30 foiz);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimli xatlovdan o‘tkazish va iste’molchilarni shartnomalar bilan qamrab olish, berilayotgan suv hajmlarini va abonentlarni (aholini, kichik korxonalarni, boshqa ulgurji iste’molchilarni) hisobga olish ishlarining zarur darajada tashkil etilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalteriya hisobi va hisoboti ishlarining sust yo‘lga qo‘yilganligi, tumanlarning suv ta’minoti korxonalari faoliyati natijalarining zarar ko‘rishdan iborat bo‘layotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv ta’minoti korxonalari rahbar kadrlarining qo‘nimsizligi (2002-yildan boshlab ular ishlagan eng kam muddat — bir oydan kamni va eng ko‘p muddat — 22 oyni tashkil qilgan) bilan bog‘liqligini ko‘rsatdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanlarning suv ta’minoti korxonalari ishida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar natijasida ushbu tumanlarda ichimlik suv yetkazib beruvchi (Zangiota tumanida suv yetkazib berish 80 foizdan ortiq) “Suvsoz” tresti davlat unitar korxonasidan qoplashning real manbalari bilan mustahkamlanmagan ancha miqdordagi kreditorlik qarzlar va, tegishli ravishda, elektr energiyasidan foydalanganlik uchun “Suvsoz” tresti davlat unitar korxonasining to‘lov muddati o‘tgan kreditorlik qarzlari vujudga keldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, 2007-yilda Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari tomonidan tashkil etilgan “Musaffo obihayot” mas’uliyati cheklangan jamiyat tumanlararo suv ta’minoti korxonasi Qibray, Toshkent va Zangiota tumanlari hududining muayyan qismida yashaydigan va “Suvsoz” tresti davlat unitar korxonasi yetkazib beradigan suvdan foydalanadigan aholi suv ta’minotini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini kecha-kunduz suv bilan ta’minlash, suv tarmoqlarini mukammal ta’mirlash va avariyalar sonini keskin qisqartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘tkazilgan yalpi xatlov asosida barqaror moliyaviy faoliyatni ta’minlash, barcha abonentlar bilan suv ta’minoti xizmatlari yuzasidan shartnomalar tuzish, pul mablag‘lari yig‘ilishini 90 foizgacha ko‘paytirish hisobiga tubdan yaxshiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati aholisini sifatli suv va kanalizatsiya xizmatlari bilan uzluksiz ta’minlash, shuningdek Toshkent viloyatidagi “Toshvilsuvoqava” ochiq aksiyadorlik jamiyatini va Toshkent shahridagi “Suvsoz” tresti davlat unitar korxonasini moliyaviy sog‘lomlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklarining 2009-yil 1-fevraldan boshlab Qibray, Toshkent va Zangiota tumanlarining shahar tarmoqlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanadigan suv ta’minoti korxonalarining suv quvurlari va kanalizatsiya tarmoqlarining bir qismini, shuningdek suv ko‘tarish nasos stansiyalarini, suv yuborish va tozalash inshootlarini “Musaffo obihayot” mas’uliyati cheklangan jamiyat balansiga tasarruf etish huquqisiz boshqarish va foydalanish uchun 1-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, Toshkent viloyatining Qibray va Zangiota tumanlaridagi ilgari jamiyat balansiga berilgan 2-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha suv quvurlari, kanalizatsiya tarmoqlari va suv ko‘tarish nasos stansiyalari tasarruf etish huquqisiz “Musaffo obihayot” mas’uliyati cheklangan jamiyat boshqaruvida va foydalanishida qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent viloyatining Qibray, Toshkent va Zangiota tumanlari aholisini sifatli suv bilan uzluksiz ta’minlashga, suvdan tejamli foydalanishga hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyatining suv ta’minoti korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan kompleks tadbirlar 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan tasdiqlangan kompleks tadbirlarning “Suvsoz” tresti davlat unitar korxonasi, “Toshvilsuvoqava” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “Musaffo obihayot” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv ta’minoti korxonalari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmlarini, iste’molchilarni zarur darajada hisobga olinishi va moliya hisobotlarining yo‘lga qo‘yilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv ta’minoti korxonalari tomonidan aylanma mablag‘larning ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlar uchun jalb etilishiga, debitorlik qarzlarning undirib olinishiga va kreditorlik qarzlarning qisqartirilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ta’sirchan nazorat o‘rnatsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida 2010-yil 1-yanvargacha har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 4-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-son