Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 16.08.2004 yildagi 395-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yilda g‘o‘zani defoliatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
G‘o‘zani o‘z vaqtida va sifatli defoliatsiya qilish, dalalarni paxta hosilini yig‘ishtirib olishga, shu jumladan paxta terish mashinalari bilan yig‘ishtirib olishga tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan 2004-yilda g‘o‘za defoliatsiya qilinadigan 1-ilovaga muvofiq maydonlar va uning maqbul muddatlari to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. G‘o‘za defoliatsiya qilinadigan maydonlarni aniqlashda urug‘lik ekin maydonlari hisobga olinmasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari tumanlar va paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar bo‘yicha g‘o‘zani 1-ilovaga muvofiq muddatlarda defoliatsiya qilish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
G‘o‘za o‘z vaqtida va sifatli defoliatsiya qilinishi, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatish hollariga yo‘l qo‘yilmasligi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zkimyosanoat” kompaniyasi rahbarlariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi g‘o‘zaning belgilangan muddatlarda va maydonlarda defoliatsiya qilinishi ustidan nazorat o‘rnatsin, aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qat’iy javobgarlik chora-tadbirlarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zkimyosanoat” va “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyalari, “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari, “O‘zagromashservis” uyushmasi joriy yilning 25-avgustigacha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarga zarur miqdordagi defoliantlar yetkazib berilishini ta’minlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
defoliatsiyani yerda bajariladigan usullar bilan o‘tkazish uchun texnik vositalar va apparatlar tayyorlanishini tugallasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maydonchalarni tayyorlashni tugallasinlar va ularda defoliantlar eritmasini tayyorlash uchun zarur idishlar va boshqa texnik vositalar mavjud bo‘lishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha g‘o‘za defoliatsiyasini o‘tkazish uchun samolyotlar ajratsin va ularning mintaqalarga 2-ilovaga muvofiq 2004-yil 25-avgustgacha yetkazib berilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatlar hokimliklari maxsus aerodromlar tayyorlanishini, shu jumladan uchuvchilar uchun zarur maishiy shart-sharoitlar yaratilishini tugallasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zneftmahsulot” kompaniyasi yonilg‘i-moylash materiallarining zarur zaxirasini barpo etsin hamda purkagichlar va samolyotlarning ishini ta’minlash uchun g‘o‘zani defoliatsiya qilish davrida ularning belgilangan tartibda uzluksiz yetkazib berilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarning hisob-kitob jamg‘armasi kutilayotgan paxta hosili qiymatining 50 foizi doirasida ajratilayotgan avans mablag‘lar hisobiga defoliantlar xarid qilish uchun mablag‘larni bir hafta muddatda qishloq xo‘jaligi korxonalariga belgilangan tartibda yo‘naltirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 16-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
395-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-avgustdagi 395-sonli qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yilda O‘zbekiston Respublikasida g‘o‘za defoliatsiya qilinadigan maydonlar va uning maqbul muddatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎‏
Defoliatsiya qilinadigan maydon, ming ga‎‏ Defoliatsiyani o‘tkazish muddatlari *)‎‎‎
boshlanishi‎ tugallanishi‎ davom etishi‎
Qoraqalpog‘iston Respublikasi‎ 67‎ 5-sentabr‎ 20-sentabr‎ 16‎

viloyatlar:‎

Andijon‎ 78‎ 5-sentabr‎ 20-sentabr‎ 16‎
Buxoro‎ 100‎ 3-sentabr‎ 17-sentabr‎ 15‎
Jizzax ‎ 88‎ 5-sentabr‎ 20-sentabr‎ 16‎
Qashqadaryo ‎ 130‎ 1-sentabr‎ 15-sentabr‎ 16‎
Navoiy ‎ 26‎ 3-sentabr‎ 17-sentabr‎ 15‎
Namangan ‎ 75‎ 5-sentabr‎ 20-sentabr‎ 16‎
Samarqand ‎ 81‎ 5-sentabr‎ 20-sentabr‎ 16‎
Surxondaryo ‎ 100‎ 1-sentabr‎ 15-sentabr‎ 16‎
Sirdaryo ‎ 96‎ 5-sentabr‎ 20-sentabr‎ 16‎
Toshkent ‎ 81‎ 5-sentabr‎ 20-sentabr‎ 16‎
Farg‘ona‎ 95‎ 5-sentabr‎ 20-sentabr‎ 16‎
Xorazm ‎ 60‎ 5-sentabr‎ 20-sentabr‎ 16‎
JAMI‎ 1 077‎ 1-sentabr‎ 20-sentabr‎ 16‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*) Defoliatsiya chanoq ochilishi sur’atlaridan kelib chiqib tabaqalashtirib o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-avgustdagi 395-sonli qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yilda g‘o‘zani defoliatsiya qilishda qatnashadigan samolyotlarni taqsimlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Mintaqalar‎

Samolyotlar soni‎

Buxoro viloyati‎ 7‎
Jizzax viloyati ‎ 9‎
Qashqadaryo viloyati ‎ 11‎
Namangan viloyati ‎ 3‎
Samarqand viloyati ‎ 3‎
Surxondaryo viloyati ‎ 3‎
Sirdaryo viloyati ‎ 9‎
JAMI‎ 45‎