O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTIGA A’ZO DAVLATLAR O‘RTASIDA MINTAQAVIY AKSILTERROR TUZILMASI HAQIDAGI BITIMNI RATIFIKATSIYA QILISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi haqidagi Bitim ratifikatsiya qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2003-yil 12-dekabr,
571-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 21-modda)