Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek tavalludining 100 yilligini nishonlash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, oʻzbek adabiyoti va ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan akademik adib Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek ijodining ulkan ahamiyatini inobatga olib, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, ajdodlarimizning maʼnaviy merosi bilan faxrlanish va iftixor tuygʻularini yuksaltirish maqsadida hamda yozuvchi tavalludining yuz yilligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Fanlar akademiyasi, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” Kengashining Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, akademik Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek tavalludining 100 yilligini mamlakatimiz miqyosida keng nishonlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ushbu sanaga tayyorgarlik koʻrish va uni nishonlash boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tashkiliy qoʻmita bir oy muddatda tegishli vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda yubiley tadbirlari rejasini ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi 2005-yilning may oyida “Oybek ijodining maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyati” mavzusida ilmiy konferensiyani hamda adib tavalludiga bagʻishlangan tantanali adabiy-badiiy anjumanni oʻtkazsin.
3. Madaniyat va sport ishlari vazirligi adibning asarlarini sahnalashtirish, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Oybek uy-muzeyining ekspozitsiyasini boyitish boʻyicha ishlarni amalga oshirsin.
4. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Xalq taʼlimi vazirliklari Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda taʼlim muassasalari va kutubxonalarda adib hayoti va ijodiga bagʻishlangan adabiy-badiiy tadbirlar, oybekxonlik kunlari, davra suhbatlari, ijodkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etsin.
5. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi Fanlar akademiyasi va Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda Oybek asarlarini hamda “Oybek zamondoshlari xotirasida” kitobini chop etishni rejalashtirsin.
6. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Oybek hayoti va ijodiga bagʻishlangan hujjatli film yaratsin.
7. Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi Oybek siymosi tushirilgan va uning asarlari mavzusi asosida ishlangan pochta markalari va konvertlar turkumini chiqarsin.
8. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi va respublika ommaviy axborot vositalariga adib hayoti va ijodi toʻgʻrisida turkum koʻrsatuv hamda radioeshittirishlar tayyorlash, maqolalar chop etish, yubiley tadbirlarini keng yoritish tavsiya etilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 21-dekabr,
594-son
Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek tavalludining 100 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi
| | | | |
| 1. | Qosimov R. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi | |
| 2. | Sultonov X. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv boʻyicha) | |
| 3. | Azizxoʻjayev A. | Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri | |
| 4. | Joʻrayev T. | | Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi va�iri |
| 5. | Shoabdurahmonov R. | Toshkent shahar hokimi | |
| 6. | Murod Muhammad Doʻst | “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori | |
| 7. | Shogʻulomov R. | Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori | |
| 8. | Hazratqulov M. | Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori | |
| 9. | Oripov A. | Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi | |
| 10. | Yoʻldoshev B. | | Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti |
| 11. | Qoʻziyev T. | | Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi |
| 12. | Koʻchimov A. | “Oʻzteleradio” kompaniyasi raisi | |
| 13. | Aʼzamov Q. | Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi rahbari | |
| 14. | Izbosarov A. | Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari | |
| 15. | Ashrafxonov B. | Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari | |
| 16. | Ahmedov Y. | Oʻzbekiston Milliy akademik drama teatri direktori | |
| 17. | Jabborov A. | Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimi, tashkiliy qoʻmita kotibi | |
| 18. | Karimov N. | Filologiya fanlari doktori, oybekshunos | |
| 19. | Habibullayev N. | “Oʻzbekmuzey” fondi raisi | |
| 20. | Toshmuhamedova O. | Oybek uy-muzeyi direktori |