Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining
buyrugʻi
“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan aksiyalar egalari reyestrini qabul qilish tartibi va hujjatli aksiyalarni harakatsizlantirish mexanizmi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 27-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1968-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2020-yil 20-yanvardagi 2020-02-sonli ““Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan aksiyalar egalari reyestrini qabul qilish tartibi va hujjatli aksiyalarni harakatsizlantirish mexanizmi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1968-2, 29.01.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 36-son, 477-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 3-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2009-yil 6-maydagi 2009-27-son “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan aksiyalar egalari reyestrini qabul qilish tartibi va hujjatli aksiyalarni harakatsizlantirish mexanizmi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1968, 2009-yil 12-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 24-son, 281-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor B. ATAXANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 15-noyabr,
2013-03-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 15-noyabrdagi 2013-03-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan aksiyalar egalari reyestrini qabul qilish tartibi va hujjatli aksiyalarni harakatsizlantirish mexanizmi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddimadagi “Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi” degan soʻzlar “Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Vaqtinchalik nizomning 1-bandi yettinchi xatboshisidagi “Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi” degan soʻzlar “Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi bilan kelishilgan.
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi Bosh direktori Sh. ABDUJABBAROV
2013-yil 15-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 48-son, 629-modda)