Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Tojikiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasi oldidagi qarz majburiyatlarini ikkilamchi qayta tarkibiy oʻzgartirish shartlari toʻgʻrisidagi bitim loyihasi toʻgʻrisida
Tojikiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasi oldidagi qarz majburiyatlari toʻlanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Tojikiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasi oldidagi qarz majburiyatlarini ikkilamchi qayta tarkibiy oʻzgartirish shartlari toʻgʻrisidagi Bitim loyihasi maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan Bitimni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolash vakolati berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan Bitimni Toshkent shahrida imzolash maqsadida zarur tartib-taomillarning amalga oshirilishini taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 12-noyabr,
233-son