Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 09.07.1997 yildagi PF-1816-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AYLANMA MABLAG‘LARNING SAQLANIShI VA O‘Z VAQTIDA TO‘LDIRILIShI UChUN JAVOBGARLIKNI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq va moliya organlari tomonidan o‘tkazilayotgan tekshirishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, respublikaning ba’zi vazirliklari, idoralari, korxonalarida moliyaviy ahvol qoniqarsizligicha qolayapti, o‘z aylanma mablag‘larini saqlashga mas’uliyatsizlarcha munosabatda bo‘lish, talaygina mablag‘larni debitorlik qarziga jalb etish, tayyor mahsulotning normativdan ortiqcha qoldiqlarida ishlatmay qo‘yish faktlari mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘z aylanma mablag‘larini saqlash va to‘ldirishga mas’uliyatsizlarcha munosabat xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida kooperatsiya asosidagi aloqalarning buzilishiga, to‘lanmagan qarzlarning ko‘payishiga, budjet to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmasligiga olib kelmoqda va umuman ijtimoiy keskinlikni keltirib chiqarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aylanma mablag‘larning saqlanishini va o‘z vaqtida to‘ldirilishini ta’minlash uchun vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar va tashkilotlar rahbarlarining javobgarligini oshirish, shuningdek to‘lov intizomini mustahkamlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qo‘yilsinki, aylanma mablag‘larning saqlanishi, maqsadli foydalanilishi va o‘z vaqtida to‘ldirilishi uchun vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar, xolding kompaniyalari hamda boshqa korxonalarning ixtiyoriy birlashmalarida — rahbar va uning iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar darajasida esa — korxona (tashkilot) direktori, uning iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari va bosh buxgalteri shaxsan javobgar bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Nazorat qiluvchi organlar, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar korxona va tashkilotlarda aylanma mablag‘lardan maqsadli foydalanilmaganligi va tugatib yo‘q qilinganligi faktlarini aniqlagan hollarda shularga oid hujjatlar ularning bankrotligi va 1-bandda ko‘rsatilgan shaxslarni amaldagi qonunlarda o‘rnatilgan tartibda javobgarlikka tortish bo‘yicha ishlarni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun tegishli organlarga kiritilishi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Istiqbolsiz va to‘lovga qurbsiz korxonalar hamda tashkilotlarni aniqlash, ular bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish borasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi korxonalarning iqtisodiy nochorligi ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ishi yetarli emasligi qayd etib o‘tilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Respublika xalq xo‘jaligida hisob-kitoblarni takomillashtirish bo‘yicha hamda korxonalar bankrotligi va sanatsiyalash masalalari bo‘yicha hukumat komissiyalari (O‘.T. Sultonov) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Prokuraturasi bilan birga bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqlar va hududlar bo‘yicha debitorlik-kreditorlik qarzlari hosil bo‘lish sabablarini puxta tahlil etib, o‘z vakolati doirasida hisob-kitob va to‘lov intizomini mustahkamlash hamda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob-kitoblar holatini normallashtirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib, bunda qarzdorlikning ko‘payishi — aylanma mablag‘larni tugatib yo‘q qilish, ulardan maqsadli foydalanmaslik, tayyor mahsulotning normativdan ortiqcha zaxiralariga va tugallanmagan qurilishga aktiv aylanma mablag‘ni jalb etish sabablarini bartaraf qilishga alohida e’tiborni qaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankrotlik bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilishni tezlashtirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqsin. Iqtisodiy nochor korxonalar va bankrot korxonalar bo‘yicha ishlarning ahvoli matbuot va televideniye orqali keng yoritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar, xolding kompaniyalari va alohida korxonalar bilan birga 1997-yilning 1-yarmi yakunlari bo‘yicha respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida aylanma mablag‘larning holatini ko‘rib chiqsinlar, aylanma mablag‘larning saqlanishi va maqsadli foydalanilishi ustidan, ularni to‘ldirish manbalari ustidan qattiq nazoratni ta’minlash chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqib taqdim etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar xolding kompaniyalari va alohida korxonalar bir oy muddatda aylanma mablag‘larning saqlanishi va o‘z vaqtida to‘ldirilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatish borasidagi chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqib, tasdiqlasinlar, buning uchun o‘zlarining real manbalarini aniqlab olsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda xo‘jalik-moliya faoliyati bilan bog‘liq amaldagi normativ hujjatlarga belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritib, ularda aylanma mablag‘larning saqlanishi va o‘z vaqtida to‘ldirilishi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning javobgarligini oshirish choralarini, hatto jinoiy javobgarlik choralarini ko‘zda tutsin. Amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar talab etilgan hollarda o‘z takliflarini Oliy Majlisga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 9-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-1816-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 7-son, 183-modda)