Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi “Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish. Oʻzbekiston Respublikasining Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi 0,4 kv isteʼmolchilarining elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish tizimi” loyihasini amalga oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, yoʻqotishlarni kamaytirish, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining aholisi tomonidan isteʼmol qilinayotgan elektr energiyasini hisobga olishning aniqligi va toʻliqligini oshirish, maqsadida:
1. Quyidagilar:
2012-yil 27-martda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) Direktorlar kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga “Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish. Oʻzbekiston Respublikasining Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi 0,4 kv isteʼmolchilarning elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish tizimi” (keyingi oʻrinlarda — loyiha) loyihasini amalga oshirish uchun XTTBning 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 25 yil muddatga 180,0 mln AQSH dollari miqdoridagi oddiy kapital resurslar hisobidan qarz berilishi maʼqullangani;
loyihani amalga oshirish davri 3 yil (2013 — 2016-yillar) deb belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
XTTBning qarzi Oʻzbekiston Respublikasiga Oʻzbekiston Respublikasi va XTTB oʻrtasidagi qarz bitimi asosida beriladi;
XTTBning qarzini soʻndirish, shuningdek, qarz boʻyicha foizlar, komissiyalar va boshqa xarajatlarni toʻlash “Oʻzbekenergo” DAKning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
3. “Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish. Oʻzbekiston Respublikasining Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi 0,4 kv isteʼmolchilarning elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish tizimi” loyihasini amalga oshirish uchun XTTB qarzini soʻndirish hamda foiz va komissiyalarni toʻlashning prognoz jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan XTTB bilan qarz bitimini hamda “Oʻzbekenergo” DAK bilan XTTB qarzini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash;
“Oʻzbekenergo” DAK boshqaruvi raisiga XTTB bilan loyiha bitimini imzolash vakolati berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi va XTTB oʻrtasidagi qarz bitimiga hamda “Oʻzbekenergo” DAK va XTTB oʻrtasidagi loyiha bitimiga yuridik xulosalar bersin.
6. “Oʻzbekenergo” DAK bir oy muddatda “Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish. Oʻzbekiston Respublikasining Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi 0,4 kv isteʼmolchilarning elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish tizimi” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilishi va vakolatli ekspertiza organlarida kelishilishini hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekenergo” DAK buyurtmanomalariga asosan loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijlik mutaxassislarga konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan vizalar rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekenergo” DAK buyurtmanomalariga asosan loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijlik mutaxassislarni davlat bojlarini toʻlashdan ozod qilgan holda, ularga koʻp martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishi, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasidagi vaqtinchalik yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik propiskaga qoʻyilishi va uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari G.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 26-mart,
PQ-1941-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-martdagi PQ-1941-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish. Oʻzbekiston Respublikasining Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi 0,4 kv isteʼmolchilarning elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish tizimi” loyihasini amalga oshirish uchun XTTB qarzini soʻndirish hamda foiz va komissiyalarni toʻlashning
PROGNOZ JADVALI*
|
Qarz summasi |
180 000,0 ming AQSH dollari |
|||||
|
Toʻlov muddati |
25 yil |
|||||
|
Imtiyozli davr |
5 yil |
|||||
|
Foiz stavkasi** |
LIBOR stavkasi (6 oy) + jami spred |
|||||
|
Bir martalik komissiya |
qarz summasidan yillik 0,25 foiz |
|||||
|
(AQSH dollarida) | ||||||
|
Toʻlov sanasi |
Asosiy qarzni soʻndirish |
Foizlar va komissiyalarni toʻlash |
Jami toʻlovlar | |||
|
15.04.2013-y. |
450 000,00 |
450 000,00 | ||||
|
15.10.2013-y. |
148 559,27 |
148 559,27 | ||||
|
15.04.2014-y. |
294 418,55 |
294 418,55 | ||||
|
..... |
||||||
|
Jami: |
180 000 000,0 |
27 517 532,49 |
207 517 532,49 | |||
* Toʻlov miqdori qarz mablagʻlarining amaldagi miqdori va haqiqiy foiz stavkasiga qarab aniqlanadi.
** Foiz stavkasi yillik 1,2% ga teng deb qabul qilingan.