28.09.1992 yildagi PF-476-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
 LexUZ sharhi
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “1992-yil 1-sentabrdan nafaqalar, stipendiyalar hamda budjet hisobidagi tashkilotlar xodimlarining ish haqi miqdorlarini oshirish to‘g‘risida” 1992-yil 25-avgustdagi Farmoni 1-bandining amal qilishi ofitsyerlar tarkibidan praporshchiklardan, michmanlardan va muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilaridan, ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo‘lgan pensionyerlarga, shuningdek, ularning boquvchisini yo‘qotganligi tufayli pensiya oluvchi oilalariga tatbiq etilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, bundan keyin ushbu Farmonning 1-bandida ko‘rsatilgan shaxslarning pensiyalarini qayta hisoblab chiqish harbiy xizmatchilarning, ichki ishlar organlarining xizmatdagi boshliqlar va oddiy xodimlari tarkibidagi shaxslar pul daromadlarining o‘zgarishiga muvofiq vaqti-vaqti bilan amalga oshirib boriladi.