Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
Mexanizatorlarni, tuzatish-xizmat koʻrsatish xodimlarini texnikani avaylab saqlaganligi va undan samarali foydalanganligi, yonilgʻi-moylash materiallarini tejab sarflaganligi uchun moddiy ragʻbatlantirish tartibini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 25-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 771-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 12-son, 98-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan 1999-yil 1-iyunda 35/4-84-son bilan tasdiqlangan Mexanizatorlarni, tuzatish-xizmat koʻrsatish xodimlarini texnikani avaylab saqlaganligi va undan samarali foydalanganligi, yonilgʻi-moylash materiallarini tejab sarflaganligi uchun moddiy ragʻbatlantirish tartibi (roʻyxat raqami 771, 1999-yil 12-iyul) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq “Oʻzagromashservis” uyushmasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazirning birinchi oʻrinbosari Sh. TEShAYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 21-oktabr,
199-son
Kelishilgan:
“Oʻzagromashservis” uyushmasi raisi B. ABDUQODIROV
2013-yil 21-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 43-son, 577-modda)