Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qarori)
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-sonli “Narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi lozim boʻlgan tovarlar narxlarining (tariflarining) shakllanishi hamda qoʻllanilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 4-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 23-oktabr,
287-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-oktabrdagi 287-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotdi — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 10-son, 53-modda) bilan tasdiqlangan Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-bandning toʻrtinchi xatboshidagi va 15-banddagi “Tovar bozorlarida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga” soʻzlari “Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandning ikkinchi xatboshiga “tovarlar” soʻzlaridan keyin “(moliyaviy xizmatlardan tashqari)” soʻzlari qoʻshilsin;
v) 36-bandda:
quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“tovarlarni yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar koʻrsatuvchilar) bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda tasdiqlangan yoki belgilangan xarid narxlari (tariflar)ning isteʼmolchi tomonidan pasaytirilishi”;
oʻn uchinchi xatboshi oʻn toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
g) 37-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Etkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar) uchun tasdiqlangan va belgilangan xarid narxlari (tariflar) pasaytirilishi natijasida xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan olingan mablagʻlar tasdiqlangan yoki belgilangan xarid narxi (tarif) bilan hisob-kitob amalga oshirilgan amaldagi narx (tarif) oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi”;
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 419-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 588-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-dekabrdagi 992-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 09/17/992/0426-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 43-son, 573-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda, 26-son, 588-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 09/17/992/0426-son)