04.10.2013 yildagi PF-4570-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman va shahar sudlari faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘tgan yillar davomida sud-huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatni shakllantirish, demokratlashtirishning tarkibiy qismi sifatida sudlarning xolisligi va mustaqilligini mustahkamlash, sudni hokimiyatning xolis, mustaqil tarmog‘i sifatida mustahkamlash, qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklari ishonchli himoyalanishini ta’minlash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlarining liberallashtirilishi islohotlarning muhim yo‘nalishi bo‘ldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yilda o‘lim jazosining bekor qilinishi, shuningdek jinoiy jazolar tizimining liberallashtirilishiga doir chora-tadbirlar natijasida jinoyatlar tarkibining 75 foiziga yaqini og‘ir, o‘ta og‘ir toifalardan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan toifalarga o‘tkazilganligi katta sotsial, ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Jinoyat sudlov ishlari amaliyotiga yarashtiruv instituti joriy etildi, sudlarning iqtisodiy jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum etish o‘rniga jarimalar tarzidagi jazolarni qo‘llash imkoniyatlari kengaytirildi. Sudlov ishlarini yuritish tizimida adolat, jazoning muqarrarligi tamoyili va o‘zgacha demokratik tamoyillar mustahkamlanishini ta’minlovchi boshqa qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning vakolatlari izchil kengaytirib borildi, odil sudlovni amalga oshirishda ular xolisligining va mustaqilligining kafolatlari mustahkamlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud tizimi butunlay ijro etuvchi hokimiyat organlarining nazorati va ta’siri ostidan chiqarildi. Sud faoliyati ustidan prokuratura organlarining nazorat qilish funksiyalari bekor qilindi. Sud qarorlarining ijrosini to‘xtatib turish huquqi prokuratura vakolatlaridan chiqarib tashlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida tergov ustidan sud nazorati kuchaytirildi. Milliy qonunchiligimizga “xabeas korpus” instituti joriy etildi — qamoqqa olishga sanksiya berish, shaxsni lavozimidan chetlashtirish va tibbiy muassasaga joylashtirishdek protsessual majburlov choralarini qo‘llash huquqi prokurorlardan sudlarga o‘tkazildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqni qo‘llash tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini, odil sudlovni amalga oshirish protsessual asoslarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar odil sudlovning muqarrarligini, tezkorligini ta’minlashga, qonuniylikni ta’minlashda sudning rolini oshirishga ko‘maklashdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuror va advokatning jinoyat hamda fuqarolik jarayonlarining barcha bosqichlaridagi tortishuvlari tengligini, sud-huquq tizimini liberallashtirish jarayonining muhim tarkibiy qismi sifatida advokatura mustaqilligini mustahkamlashga doir kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atish, ish yuzasidan ayblov xulosasini o‘qib eshittirish singari huquqlarni sudlar vakolatidan chiqarilishini nazarda tutuvchi o‘zgartishlar jinoyat-protsessual qonun hujjatlariga kiritildi. Bu esa sudning obyektivligi, xolisligini ta’minlashga, jinoyat ishini ko‘rib chiqish jarayonida tortishuv tamoyilining kuchayishiga ko‘maklashdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya instansiyasi isloh qilindi, ishlarni qayta ko‘rib chiqishning apellatsiya tartibi joriy etildi. Fuqarolik sud ishlarini yuritishning yangi — majburlov turlari, shuningdek nizolarni ko‘rib chiqishning boshqa soddalashtirilgan ko‘rinishlari joriy etildi. Bu esa himoya qilish jarayonini birmuncha tezlashtirish, fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash kafolatlarini kuchaytirish imkonini berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar tuzilmasini, ular faoliyatining tashkiliy asoslarini takomillashtirish, kadrlar zaxirasini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar sud-huquq islohotlarini chuqurlashtirishga ko‘maklashdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy yurisdiksiya sudlarining ixtisoslashuvi amalga oshirildi, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tuzildi, ular faoliyatining mustahkam qonuniy asoslari shakllantirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 2-avgustdagi “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2012-yil 30-noyabrdagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlarining qabul qilinishi sud hokimiyati nufuzini mustahkamlashda, sudya kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishning zamonaviy, demokratik talablarga javob beradigan samarali tizimini yaratishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining sudyaligi lavozimiga ilk bor tayinlanayotgan shaxslar uchun yosh tsenzi 25 yoshdan 30 yoshga ko‘tarildi, besh yillik yuridik ish staji shart qilib qo‘yildi, ularning kasb tayyorgarligiga nisbatan malaka talablari kuchaytirildi. Sudyalikka nomzodlar zaxiralarini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar amalga oshirilib, qonun hujjatlari talablariga muvofiq endilikda ular adliya, prokuratura, sud, ichki ishlar organlarining takliflari asosida shakllantiriladi. Sud xodimlarini o‘qitish, ularning malakasini oshirish tizimi tubdan o‘zgartirildi, ularni ijtimoiy jihatdan muhofaza qilishni kuchaytirishga doir chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur vazifalarning hal etilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasining roli kuchaytirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ana shu va boshqa qator tashkiliy-huquqiy choralarning amalga oshirilishi sud tizimining yanada mustahkamlanishiga, aholining sudlarga bo‘lgan ishonchi oshishiga ko‘maklashdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga o‘tgan davr ichida qilingan ishlarni tanqidiy tahlil etish sud-huquq tizimi samaradorligini yanada oshirish va, eng avvalo, umumiy yurisdiksiya sudlarining asosiy bo‘g‘ini hisoblanmish tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining (bundan buyon matnda tuman sudlari deb yuritiladi) samaradorligini oshirish, ular faoliyatini tashkil etishdagi mavjud muammo va kamchiliklarni kechiktirmay hal etish hamda bartaraf qilish zarurligidan dalolat bermoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud muhokamasi hamda sud tekshiruvlari to‘laligini ta’minlamay, shuningdek protsessual qonun hujjatlarining normalari sud tomonidan noto‘g‘ri qo‘llanilishi natijasida chiqarilgan sud hukmi va qarorlarining darajasi yuqoriligicha qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘tgan yili sud hujjatlarining umumiy miqdoridan fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qarorlarining 0,5 foizi hamda jinoyat ishlari bo‘yicha sud hukmi va ajrimining 1,2 foizi yuqori instansiya sudlari tomonidan bekor qilindi yoki o‘zgartirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman sudlari tuzilmasida, hududiy joylashuvida, sudyalar sonidagi mavjud jiddiy nomutanosibliklar ishlarni qarab chiqish sifatiga salbiy ta’sirini o‘tkazmoqda. Tuman va tumanlararo sudlarning amalda ish bilan bandlik darajasini aniqlovchi mezonlar tasdiqlanmagan, mazkur masalalarni hal etilishiga siyqasi chiqqan, yuzaki tarzda yondashish hamon uchrab turibdi. So‘nggi besh yil ichida faqatgina fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rib chiqilgan ishlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari 3,4 barobar ko‘paydi va 2012-yilda 2 milliondan ziyod hujjatni tashkil etdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar bilan majburiy tarzda ijro etish organlari o‘rtasidagi hamkorlikni tashkil etishdagi kamchiliklar umumiy yurisdiksiya sudlarining qarorlari o‘z vaqtida ijro etilmasligiga, ijroning kam samarali bo‘lishiga olib kelmoqdaki, bu odil sudlovning ta’sirchanligini pasaytirmoqda, aholi tomonidan jiddiy e’tirozlar bildirilishiga sabab bo‘lmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sud faoliyati ustidan nazorat qilishga doir ishlari, sud amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish, sudlar ishining sifatini baholash uchun zarur bo‘ladigan obyektiv, to‘liq axborot olinishini ta’minlashga da’vat etilgan statistik hisobot tizimi bugungi kun talablariga javob bermaydi. Sud ishlari ustidan shikoyatlar kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan tuman sudlarining faoliyatiga oid yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar Oliy sud nazorati e’tiboridan chetda qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy yurisdiksiya sudlarining faoliyatini yanada takomillashtirish, samaradorligini oshirish, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari odil sudlovni sifatli amalga oshirishlarini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishlarini ta’minlash uchun tumanlararo tuman (shahar) sudlarida tegishli tartib o‘rnatish hamda ularning ish bilan bandligini maqbullashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadlarida quyidagilar zarur deb hisoblansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-ilovaga muvofiq qo‘shimcha ravishda fuqarolik ishlari bo‘yicha 12 ta tumanlararo (tuman) sudi tuzilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Adliya vazirligi hamda Moliya vazirligining quyidagi takliflari qabul qilinib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi tuzilayotgan fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo (tuman) sudlarini to‘ldirish hamda ishi eng ko‘p bo‘lgan amaldagi tumanlararo (tuman) sudlari xodimlarining sonini ko‘paytirish uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar sudyalarining soni 71 taga ko‘paytirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishi nisbatan kamroq bo‘lgan sudlardan 23 ta sudya lavozimlarini ish hajmi ko‘proq bo‘lgan tuman sudlariga o‘tkazish orqali jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va ularga tenglashtirilgan sudlarning, shuningdek tuman (shahar) sudlari xodimlarining soni qayta taqsimlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi bilan birgalikda ikki oylik muddat ichida milliy qonun hujjatlarini, xorijiy mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda qonun hujjatlarimizga, zamonaviy talablarga, shuningdek fuqarolarning huquq va erkinliklari sud tomonidan ishonchli himoya qilinishidan iborat vazifalarga mos ekanliklarini obyektiv aniqlash imkonini beruvchi, umumiy yurisdiksiya sudyalari va sudlarining faoliyatini baholash mezonlari tizimini ishlab chiqsin va uni huquqni qo‘llash amaliyotiga joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda uch oylik muddat ichida sudlov ishlari yuritilishini, umumiy yurisdiksiya sudlari ishini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish uchun zarur bo‘lgan sud faoliyatining ahvoli to‘g‘risidagi to‘liq va haqqoniy axborotning yig‘ilishi, jamlanishini ta’minlovchi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan statistik hisobotlar yuritishning takomillashtirilgan, soddalashtirilgan shakllari va tartibini sud amaliyotiga joriy etish bo‘yicha takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Bosh prokuratura, Oliy sud bilan birgalikda uch oylik muddat ichida sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, liberallashtirish yuzasidan takliflar kiritib, ularda quyidagilarni nazarda tutsin: jinoiy, ma’muriy sud ishlari yuritilishiga doir ishlarni ko‘rib chiqishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish; fuqarolik-huquqiy hamda ma’muriy-huquqiy nizolarni sudgacha, suddan tashqari hal qilish tartibini yanada takomillashtirish; umumiy yurisdiksiya sudlarining hukmlari, qarorlari ijro etilishi ustidan sud nazoratini kuchaytirish; O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, uning o‘rinbosarlari, viloyat sudlarining raislari va ularga tenglashtirilgan sudlarga kassatsiya tartibida protest bildirish huquqini berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy sudi ikki hafta muddat ichida mazkur Farmon talablariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari xarajatlar smetalariga hamda shtatlar jadvaliga o‘zgartishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oylik muddat ichida mazkur Farmonni amalga oshirishga doir qaror qabul qilib, unda yangi tuzilayotgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarni joylashtirish, jihozlash, tumanlararo, tuman (shahar) umumiy yurisdiksiya sudlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va tizimlari bilan ta’minlashga doir chora-tadbirlarni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi “Umumiy yurisdiksiya sudlarining ayrimlarini tugatish va qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi PF–3400-sonli Farmonining 3, 4 va 6-ilovalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 6-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi PF–3605-sonli Farmonining 1 va 2-ilovalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu Farmonning ijro etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi J. Fayziyev zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 4-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-4570-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-oktabrdagi PF–4570-sonli Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘shimcha tashkil etilayotgan fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman, tumanlararo sudlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Sudlar nomi

Sudlarni

tashkil etish

muddatlari

1.

Jizzax viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Forish tuman sudi

2014-yilning

I choragi

2.

Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Payariq tumanlararo sudi

3.

Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Kasbi tumanlararo sudi

4.

Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tumanlararo sudi

5.

Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Boysun tuman sudi

2014-yilning

II choragi

6.

Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yuqori Chirchiq tumanlararo sudi

7.

Buxoro viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Peshku tumanlararo sudi

2014-yilning

III choragi

8.

Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudi

9.

Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudi

10.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudi

2014-yilning

IV choragi

11.

Jizzax viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘allaorol tumanlararo sudi

12.

Navoiy viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudi

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 42-son, 556-modda; 2014-y., 37-son, 464-modda; 2017-y., 37-son, 980-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)