16.10.2013 yildagi 282-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri hududidagi kanallarning sanitariya holatini yaxshilash va obodonlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri hududidagi kanallarni saqlash hamda ulardan foydalanish ishlarini tashkil etish va boshqarishni yanada takomillashtirish, shuningdek ularning oʻzanlarini va kanallarga tutash hududlarni obodonlashtirishni yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent shahar hokimligining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Toshkent shahar suv xoʻjaligi boshqarmasini tugatish hamda uning negizida Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi huzurida Kanallarni saqlash, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasini (keyingi oʻrinlarda Ixtisoslashtirilgan boshqarmasi deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Ixtisoslashtirilgan boshqarmaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri hududida joylashgan magistral kanallarni va ulardagi inshootlarni saqlashga doir yagona texnik siyosatni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri hududida joylashgan magistral kanallar va suv xoʻjaligi inshootlarining zarur darajadagi sanitariya holatini va texnik jihatdan ishonchliligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kanallardan ishonchli foydalanish va ularni ishlash holatida saqlashga tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kanallarni sanitariya jihatidan tozalash ishlarini kompleks va tubdan yaxshilash, kanallarga tutash hududlarni sanitariya, ekologiya norma va qoidalariga muvofiq obodonlashtirish funksiyalarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kanallarning shahardagi uchastkalarini ularning quyilish joylarini betonlash yoʻli bilan rekonstruksiya qilish, qirgʻoqlar boʻyida zamonaviy landshaft arxitekturasini qoʻllagan holda rekreatsion zona barpo etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratilgan mablagʻlar, moddiy-texnika resurslari, maxsus texnika va asbob-uskunalardan foydalanish samaradorligini oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi Toshkent shahri hududida joylashgan magistral kanallar va inshootlar tizimining 1-ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha bir qismini belgilangan tartibda Ixtisoslashtirilgan boshqarma tasarrufiga bersinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika suv resurslarini havzali boshqarish tamoyilidan kelib chiqqan holda, suv resurslaridan oqilona foydalanish, suvdan foydalanish va suv isteʼmolining belgilangan tartibiga rioya etilishini taʼminlash, umuman berilayotgan magistral kanallar (tizimlar) va inshootlar boʻyicha suv olish va suv berish toʻgʻrisidagi ishonchli hisob va hisobotlarni yuritish vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligida qoldirilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 267-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 343-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri hududidagi kanallarni xatlovdan oʻtkazish hamda qarovsiz kanallarni va Toshkent shahri hududida joylashgan Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi magistral kanallari va inshootlari tizimining bir qismini berish boʻyicha Idoralararo ishchi komissiya tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Idoralararo ishchi komissiya (B. Rahmonov) 2013-yil 1-noyabrgacha boʻlgan muddatda Toshkent shahri hududida joylashgan qarovsiz kanallarni xatlovdan oʻtkazsin va ularni yangidan tashkil etilgan Ixtisoslashtirilgan boshqarma balansiga belgilangan tartibda oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Toshkent shahar hokimligi belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tugatilayotgan Toshkent shahar suv xoʻjaligi boshqarmasining asosiy vositalari, mexanizmlari, avtotransporti, moddiy-texnika resurslari limitlari, shtat birliklari va budjet mablagʻlarini berish – qabul qilib olishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtisoslashtirilgan boshqarmaning shtatlar roʻyxatini va xarajatlar smetasini roʻyxatdan oʻtkazishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtisoslashtirilgan boshqarmani 4-ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha zarur maxsus texnika va asbob-uskunalar bilan jihozlashni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Toshkent shahar suv xoʻjaligi boshqarmasining oʻtkazilayotgan xarajatlar smetasi mablagʻlari, shuningdek Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari, shu jumladan mahalliy budjet daromadlar qismining oshirib bajarilishidan va xarajatlarni maqbullashtirish hisobiga olingan mablagʻlar Ixtisoslashtirilgan boshqarmaning kanallarni saqlash, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlashga, 2013-yilda maxsus texnika va asbob-uskunalar sotib olishga xarajatlarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2014-yildan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda kanallarni saqlash, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash hamda Ixtisoslashtirilgan boshqarmani zarur maxsus texnika va asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I.Zakirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 16-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
282-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 267-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 343-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-oktabrdagi 282-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAShKILIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. * Moliyalashtirish xoʻjalik faoliyatidan olingan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 42-son, 558-modda; 2017-y., 19-son, 343-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)