Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.06.2020 23.09.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1724-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 23.09.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1724-1
Kuchga kirish sanasi
30.09.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.06.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga penya hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 23-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1724-1]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 12-iyundagi 2020-18-sonli ““Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar penya hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1724-3, 19.06.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 24-avgustdagi PF-4354-son “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 34-35-son, 344-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 11-sentabrdagi 2007-54-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga penya hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1724, 2007-yil 9-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 41-42-son, 422-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 30-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-37-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 30-avgustdagi 2013-37-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga penya hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 ( I )-son), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 24-avgustdagi PF–4354-son “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 34-35-son, 344-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son) va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda toʻlanmagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha penya hisoblash va undirish tartibini belgilaydi hamda zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati yuklatilgan jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalariga (bundan keyingi oʻrinlarda — soliq toʻlovchilar) taalluqlidir.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar — budjet, davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy pul toʻlovlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ortiqcha toʻlangan summa — soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻlangan hamda toʻlash uchun hisoblangan summasi oʻrtasidagi ijobiy farq summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkasi — soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning, shuningdek penya va jarimalarning hisoblangan hamda toʻlangan summalarining hisobi yuritiladigan belgilangan shakldagi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq qarzi — soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarz summasi, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan muddatida toʻlanmagan moliyaviy sanksiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
penya — soliq qarzi summasidan, belgilangan toʻlov muddatidan keyingi kundan boshlab toʻlangan kunga qadar, toʻlov kunini ham oʻz ichiga olgan davr uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda hisoblab yoziladigan moliyaviy sanksiya.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2-banddagi “shaxsiy hisobvaraqalari”degan soʻzlar “soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 3-banddagi “Boqimanda”, “soliq toʻlovchining shaxsiy hisobvaraqlarida” va “soliq toʻlovchi shaxsiy hisobvaraqalarida” degan soʻzlar tegishincha “Soliq qarzi”, “soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 4—9-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Penya soliq toʻlovchilarning shaxsiy kartochkalarida aks ettirilgan, soliq qarzi summasidan toʻlov muddati tugagan kundan boshlab har bir kechiktirilgan kun uchun 0,033 foiz miqdorida hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Misol: ‎

soʻm‎.

Soliq turi‎‏ Soliq qarzi‎‎

‎‏Ortiqcha
‎‎toʻlangan
‎ summa

Qoldiq
‎(+, –)* ‎‏

‎‏Penya
‎‎hisoblash
‎‎davri

Hisoblangan
‎‎penya‎‏

summasi‎ %da‎

Qoʻshilgan qiymat soligʻi‎

150 000‎ 30,0‎ -‎ x‎ x‎ x‎

Foyda soligʻi‎

350 000‎ 70,0 -‎ x‎‎ x‎‎ x‎‎

Taʼlim va tibbiyot muassasalarini
‎‎‎rekonstruksiya ‎qilish, mukammal
‎‎taʼmirlash va jihozlash
‎‎‎jamgʻarmasiga ‎majburiy ajratmalar‎

-‎ -‎ 200 000‎ X x‎‎‎ x‎‎‎

Respublika yoʻl jamgʻarmasiga
‎majburiy ajratmalar‎

-‎ -‎ 80 000‎ x‎‎‎ x‎‎‎‎ x‎‎‎‎

Jami ‎

500 000‎ 100‎ 280 000‎ -220 000‎ 25‎ 1 815‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* “+” — ortiqcha toʻlangan summa boʻyicha qoldiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“–” — soliq qarzi boʻyicha qoldiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keltirilgan misoldan kelib chiqib hisoblangan penya summasi 1 815 soʻmni (220000 x 25 kun x 0,033%) tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Soliq qarzi summasining soliq toʻlovchi tomonidan ortiqcha toʻlangan summa miqdoriga teng qismiga penya hisoblanmaydi. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha ortiqcha toʻlangan summalar mavjudligi davlat soliq xizmati organlari tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Misol: ‎

soʻm‎.

Soliq turi‎‏ Soliq qarzi‎‎

‎‏Ortiqcha
‎ toʻlangan
‎ summa

Qoldiq
‎(+, –)* ‎‏

‎‏Penya
‎hisoblash
‎davri

Hisoblangan
‎penya‎‏

summasi‎ %da‎

Qoʻshilgan qiymat soligʻi‎

300 000‎ 75,0‎ -‎ x‎ x‎ x‎

Foyda soligʻi‎

-‎ -‎ 200 000‎ x‎ x‎ x‎

Taʼl�m va tibbiyot muassasalarini
‎rekonstruksiya qilish, mukammal
‎taʼmirlash va jihozlash
‎jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar‎

-‎ -‎ 200 000‎ x‎ x‎ x‎

Respublika yoʻl jamgʻarmasiga
‎majburiy ajratmalar‎

100 000‎ 25,0‎ -‎ x‎ x‎ x‎

Jami ‎

400 000‎ 100‎ 400 000‎ 0,0‎ -‎ 0,0‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* “+” — ortiqcha toʻlangan summa boʻyicha qoldiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“–” — soliq qarzi boʻyicha qoldiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keltirilgan misoldan kelib chiqib, jami soliq qarzi va ortiqcha toʻlangan summalar teng qiymatni, yaʼni nol qoldiqni tashkil qiladi, mos ravishda penya hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jami ortiqcha toʻlangan summalar soliq qarzi summalaridan oshib ketganda penya hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Misol: ‎

soʻm‎.

Soliq turi‎‏ Soliq qarzi‎‎

‎‏Ortiqcha
‎ toʻlangan
‎ summa

Qoldiq
‎(+, –)* ‎‏

‎‏Penya
‎hisoblash
‎davri

Hisoblangan
‎penya‎‏

summasi‎ %da‎

Qoʻshilgan qiymat soligʻi‎

250 000‎ 55,6‎ -‎ x‎ x‎ x‎

Foyda soligʻi‎

-‎ -‎ 300 000‎ x‎ x‎ x‎

Taʼl�m va tibbiyot muassasalarini
‎rekonstruksiya qilish, mukammal
‎taʼmirlash va jihozlash
‎jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar‎

-‎ -‎ 250 000‎ x‎‎ x‎‎ x‎‎

Respublika yoʻl jamgʻarmasiga
‎majburiy ajratmalar‎

200 000‎ 44,4‎ -‎ x‎ x‎ x‎

Jami ‎

450 000‎ 100‎ 550 000‎ 100 000‎ -‎ 0,0‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* “+” — ortiqcha toʻlangan summa boʻyicha qoldiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“–” — soliq qarzi boʻyicha qoldiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keltirilgan misoldan kelib chiqib, jami ortiqcha toʻlangan summa soliq qarzi summalaridan oshib ketadi, mos ravishda penya hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Hisoblangan penya summasi soliqlar va boshqa majburiy toʻlov turlari boʻyicha har bir soliq va majburiy toʻlov boʻyicha soliq qarzi summalarining jami soliq qarzi summasidagi ulushidan kelib chiqib taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Misol:‎

soʻm.‎

Soliq turi‎‏ Soliq qarzi‎‎ Ortiqcha
‎toʻlangan
‎summa‎‏
Qoldiq
‎ (+, –)* ‎
Penya
‎hisoblash
‎davri
Hisoblangan
‎penya‎‏
Penya
‎taqsimoti‎‏
summasi‎ %da‎

Qoʻshilgan qiymat soligʻi

100 000 23,5‎ -‎ x‎ x‎ x‎ 310,6

Foyda soligʻi‎

325 000‎ 76,5‎ -‎ x‎ x‎ x‎‎ 1 009,4‎

‎Taʼlim va tibbiyot muassasalarini
‎rekonstruksiya qilish, ‎mukammal
‎taʼmirlash va jihozlash
‎jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar

-‎ -‎ 200 000‎ x‎ x‎ x‎ -‎

Respublika yoʻl jamgʻarmasiga
‎majburiy ajratmalar‎

-‎ -‎ 65 000‎ x‎ x‎ x‎ -‎

Jami‎

425 000‎ 100‎ 265 000‎ -160 000‎ 25‎ 1 320‎ 1 320‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* “+” — ortiqcha toʻlangan summa boʻyicha qoldiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“–” — soliq qarzi boʻyicha qoldiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu misolda 160 000 soʻm soliq qarzi qoldiq summasiga 1 320 soʻm miqdorida hisoblangan penya summasi, qoʻshilgan qiymat soligʻi (23,5%) va foyda soligʻi (76,5%) boʻyicha soliq qarzi summalarining jami soliq qarzi summasidagi ulushlariga mos ravishda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Penya miqdori tegishli soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha soliq qarzi summasidan oshib ketishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-misol:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq toʻlovchi 01.02.2012-y. holatiga foyda soligʻi boʻyicha 500 000 soʻm soliq qarziga ega va shu summaga hisoblangan penya summasi 80 000 soʻmni tashkil etadi. Soliq toʻlovchi 10.02.2012-y. kuni foyda soligʻi boʻyicha 300 000 soʻm soliq qarzini qopladi, mos ravishda, soliq qarzi summasi shu kunga 200 000 soʻmni tashkil qildi. Dyemak, 01.02.2012-yildan 10.02.2012-y. (shu kun ham hisob-kitobda inobatga olingan holda) davriga 1 650 soʻm penya hisoblanib, jami penya summasi 81 650 soʻmni tashkil etdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-misol:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keltirilgan 1-misoldagi soliq toʻlovchi boʻyicha 10.02.2012-y. holatiga foyda soligʻidan soliq qarzi 200 000 soʻmni, hisoblangan penya 81 650 soʻmni tashkil etdi. Soliq toʻlovchi 15.02.2012-y. kuni foyda soligʻi boʻyicha 150 000 soʻm soliq qarzini qopladi, mos ravishda, shu kunga soliq qarzi summasi 50 000 soʻmni hosil qildi. Dyemak, 11.02.2012-yildan 15.02.2012-y. (shu kun ham inobatga olinadi) davriga 330 soʻm penya hisoblanib, yakuniy penya summasi 81 980 soʻmni tashkil qildi. 16.02.2012-yildan boshlab penya hisoblanmaydi, sababi ilgari hisoblangan penya summasi soliq qarzini qoldiq summasidan (200 000 soʻm — 150 000 soʻm = 50 000 soʻm) oshib ketadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Hisoblangan penya summasi soliq qarzi mavjud soliqlar va boshqa majburiy toʻlov turlari boʻyicha taqsimlanadi, lekin ilgari hisoblangan penya summasi soliq qarzi summasiga teng yoki oshib ketgan soliq turlari boʻyicha soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkalarida aks ettirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Misol: ‎

soʻm‎.

Soliq turi‏ Soliq qarzi Ortiqcha
‎toʻlangan
‎summa
‎‏Qoldiq
‎(+, –)*
Penya
‎hisoblash
‎davri‎‏
Hisoblangan
‎penya‎‏
‎‏Ilgari
‎hisoblangan
‎penya qoldigʻi‎
Penya
‎taqsimoti‎‏
Yakuniy
‎penya
‎summasi‎
Summasi‎ %da‎

Qoʻshilgan qiymat soligʻi‎

55 000‎ 17,5‎ -‎ x‎ x‎ x‎ 55 000‎ 237,7‎ 55 237,7‎

Aksiz soligʻi‎

60 000‎ 19,0‎ x‎ x‎ x‎ 65 000‎ 259,3‎ 65 259,3‎

Foyda soligʻi‎

200 000‎ 63,5‎ -‎ x‎‎ x‎‎ x‎‎ 10 000‎ 864,3‎ 10 864,3‎

Taʼlim va tibbiyot muassasalarini
‎rekonstruksiya qilish, mukammal
‎taʼmirlash va jihozlash
‎jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar‎

-‎ -‎ 100 000‎ x‎‎‎ x‎‎‎ x‎‎‎ -‎ -‎ -

Respublika yoʻl jamgʻarmasiga
‎majburiy ajratmalar‎

-‎ -‎ 50 000‎ x‎‎‎‎ x‎‎‎‎ x‎‎‎‎ -‎ -‎ -‎

Jami‎

315 000‎ 100‎ 150 000‎ -165 000‎ 25‎ 1 361,3‎ 130 000‎ 1 361,3‎ 131 361,3‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* “+” — ortiqcha toʻlangan summa boʻyicha qoldiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“–” — soliq qarzi boʻyicha qoldiq.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 10-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 30-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 39-son, 517-modda)