Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Urganch shahrida “Shovot” madaniyat va istirohat bogʻi” davlat unitar korxonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-sentabrdagi 552-sonli “Xorazm viloyati Urganch shahridagi obodonlashtirish muassasalarini maqbullashtirish va ularning faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Urganch shahrini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish va boshqarishni yanada takomillashtirish, shuningdek aholining madaniy-dam olish ehtiyojlarini taʼminlashga yoʻnaltirilgan yagona ijtimoiy-madaniy kompleks tashkil etish yoʻli bilan “Shovot” kanali sohilida joylashgan obyektlardan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining:
Urganch shahar hokimligi huzurida davlat unitar korxonasi shaklidagi “Shovot” madaniyat va istirohat bogʻini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 6-dekabrdagi PQ–1874-son qarori bilan tasdiqlangan 2013 — 2017-yillar davrida Urganch shahrining meʼmoriy qiyofasini yangilash, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish tadbirlariga muvofiq yangidan barpo etilayotgan ijtimoiy infratuzilma obyektlarini va hududlarni tezkor boshqarish huquqi bilan unga tekin berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, quyidagilar tashkil etilayotgan “Shovot” davlat unitar korxonasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
oʻziga berilayotgan Urganch shahridagi “Shovot” kanali sohilida joylashgan obyektlarni hamda hududlarning shaharsozlik va sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq sifatli saqlanishini va ulardan foydalanilishini taʼminlash;
“Shovot” davlat unitar korxonasining bogʻ hududini koʻkalamzorlashtirish, dov-daraxtlarni saqlash (parvarish qilish)ga doir agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish, ularning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish;
elektr energiyasini tejash maqsadida zamonaviy asbob-uskunalarni va texnologiyalarni joriy etgan holda “Shovot” davlat unitar korxonasi hududining tashqi yoritish tarmoqlarini saqlash, joriy taʼmirlash hamda ulardan foydalanish boʻyicha boshqa ishlarni amalga oshirish;
mavsumiy talablarni hisobga olgan holda obodonlashtirish obyektlarini sanitariya jihatidan tozalash;
aholiga madaniy-dam olish xizmatlari koʻrsatish.
3. Quyidagilar:
“Shovot” davlat unitar korxonasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
“Shovot” davlat unitar korxonasini jihozlash uchun maxsus avtotransport vositalari va asbob-uskunalar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, “Shovot” davlat unitar korxonasi faoliyatini moliyalashtirish:
faoliyat sohasi boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlar;
“Shovot” davlat unitar korxonasining davlat mulkini va yer maydonlarini attraksionlarni, savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va umumiy ovqatlanish obyektlarini hamda boshqa obyektlarni qonun hujjatlariga muvofiq joylashtirish uchun tashkilotlarga ijaraga berishdan olingan daromadlar;
obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanishga maqsadli yoʻnaltirgan holda har yili obodonlashtirish uchun nazarda tutiladigan doirada Urganch shahar budjeti mablagʻlari;
xayriya ehsonlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
5. Xorazm viloyati hokimligi bir oy muddatda:
“Shovot” davlat unitar korxonasining direktori tayinlanishini va ustavi tasdiqlanishini, shuningdek uning malakali mutaxassislar, muhandis-texnik xodimlar va ishlab chiqarish xodimlari bilan taʼminlanishini;
“Shovot” davlat unitar korxonasining zarur maʼmuriy va ishlab chiqarish binolariga joylashtirilishini;
“Shovot” davlat unitar korxonasining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash boʻyicha kompleks tadbirlar amalga oshirilishini, shu jumladan “Shovot” davlat unitar korxonasi obyektlaridan va hududidan foydalanishda xavfsizlik va huquqiy tartibotni saqlashning belgilangan talablariga rioya etilishini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi tegishli nizom ishlab chiqilishini;
mavjud ijtimoiy infratuzilma obyektlari xatlovdan oʻtkazilishini, shuningdek “Shovot” davlat unitar korxonasining yangidan foydalanishga topshirilayotgan hamda tezkor boshqarish huquqi bilan berilayotgan obyektlari roʻyxati aniqlanishini taʼminlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 20-sentabr,
260-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-sentabrdagi 260-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Shovot” davlat unitar korxonasining
TASHKILIY TUZILMASI
Xodimlarning cheklangan soni:
boshqaruv xodimlari — 6 nafar;
yordamchi xodimlar — 7 nafar.
* Muhandis-texnik xodimlar va ishlab chiqarish xodimlari soni bajarilayotgan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-sentabrdagi 260-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
“Shovot” davlat unitar korxonasini jihozlash uchun maxsus avtotransport vositalari va asbob-uskunalar
ROʻYXATI
|
T/r |
Maxsus avtotransport vositalari va asbob-uskunalar nomi |
Soni |
Sotib olish uchun zarur mablagʻlar (mln soʻm) |
|
1. |
Traktor, pritsep bilan |
4 |
230,1 |
|
2. |
“Isuzu” suv sepish mashinasi |
2 |
187,9 |
|
3. |
“Isuzu” teleskop minorasi, 18 metrli |
1 |
149,5 |
|
4. |
“Isuzu” samosvali |
1 |
86,5 |
|
5. |
Damas (VAN) |
1 |
25,1 |
|
6. |
Kompressor |
2 |
44,0 |
|
7. |
Payvandlash agregati |
2 |
20,0 |
|
8. |
Koʻchma suv nasosi |
1 |
2,5 |
|
9. |
Motoarra |
10 |
5,0 |
|
10. |
Gazon oʻrish mashinasi |
20 |
56,0 |
|
|
Hammasi |
44 |
806,6 |
Izoh: maxsus avtotransport vositalari va asbob-uskunalar qiymati yetkazib beruvchilar narxi oʻzgarganda, shuningdek tender savdolari natijalariga koʻra oʻzgarishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 39-son, 511-modda)