Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 20.09.2013 yildagi 259-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013 — 2015-yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish va undan foydalanish samaradorligini oshirish, mamlakatimiz va chet el turistlarini mintaqaning tarixiy-madaniy merosi bilan keng tanishtirish, transport-kommunal infratuzilma obyektlari kompleksi bilan Chimyon-Chorvoq rekreatsion zonasida yangi loyihalarni amalga oshirish yo‘li bilan aholining dam olishi va turizmi uchun shart-sharoitlarni yaxshilash hamda yangi turizm yo‘nalishlarini shakllantirish, shuningdek turizm xizmatlari sifatini oshirish, shu asosda yangi ish o‘rinlari tashkil etish va viloyat aholisi daromadlari o‘sishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 8-apreldagi F-4038-son farmoyishi bilan tuzilgan Ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013 — 2015-yillar davrida Toshkent viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning maqsadli parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013 — 2015-yillar davrida Toshkent viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-2015-yillar davrida Toshkent viloyatidagi tarixiy-madaniy meros obyektlarini tadqiq qilish, konservatsiyalash, restavratsiya qilish va ularning holatini yaxshilash bo‘yicha manzilli ro‘yxat 3-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013 — 2015-yillar davrida Toshkent viloyatida mehmonxonalarni hamda boshqa turizm infratuzilmasi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha manzilli ro‘yxat 4-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013 — 2015-yillar davrida Toshkent viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar va tadbirlarni tijorat banklarining kredit liniyalari hisobiga moliyalashtirish jadvali 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Dasturni bajarish monitoringi bo‘yicha 6-ilovaga* muvofiq tarkibda Ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*1—6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh (E.M. G‘aniyev)ga quyidagilar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlarning belgilangan muddatlarga muvofiq o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturga kiritilgan loyihalarni birgalikda moliyalashtirish uchun xorijiy investitsiyalarni, kreditlarni hamda donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar grantlarini jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruhga, zarurat bo‘lganda, tayyorlangan va belgilangan tartibda kelishilgan loyihaviy takliflar mavjud bo‘lgan taqdirda, Dasturga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toshkent viloyati hokimligi “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan boshqa tashkilotlar bilan birgalikda har chorakda Ishchi guruhga ularning bajarilishi to‘g‘risida axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi Dasturga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin, bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati hokimligi hamda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi bilan birgalikda — noqonuniy qurilishlarga va yer uchastkalaridan belgilangan maqsaddan tashqari foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklariga ushbu qaror doirasida amalga oshirilishi nazarda tutilgan loyihalarning tashabbuskorlariga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori bo‘lmagan stavka bo‘yicha, o‘n ikki oydan iborat imtiyozli davr bilan kamida besh yil muddatga imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Respublikada ishlab chiqarilmaydigan, ushbu qaror bilan tasdiqlangan Dastur doirasida nazarda tutilgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatlar bo‘yicha chetdan keltiriladigan 2016-yil 1-yanvargacha tovarlar bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berilishi natijasida bo‘shab qoladigan mablag‘lar ushbu qaror bilan tasdiqlangan Dastur doirasida nazarda tutilgan loyihalarni, shuningdek turizm sohasini rivojlantirishga doir boshqa tadbirlarni moliyalashtirishga maqsadli tartibda yo‘naltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chetdan keltiriladigan tovarlardan belgilangan maqsadlardan tashqari foydalanilgan taqdirda, bo‘shab qoladigan mablag‘lar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarima sanksiyalarini qo‘llagan holda to‘liq hajmda Davlat budjetiga undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 20-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
259-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 39-son, 510-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda)