1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha retseptura blankalarini toʻldirish, dorixonalar tomonidan retseptlarni rasmiylashtirish, retseptura blankalarini va dori vositalarini bepul berish uchun yozilgan retseptlarni hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 4-avgustdagi 105-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2509-1 04.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 967-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 17-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2509]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha retseptura blankalarini toʻldirish, dorixonalar tomonidan retseptlarni rasmiylashtirish, retseptura blankalarini va dori vositalarini bepul berish uchun yozilgan retseptlarni hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 4-avgustdagi 105-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2509-1 04.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 967-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir A. ALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 27-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
284-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2013-yil 27-avgustdagi 284-sonli buyrugʻiga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha retseptura blankalarini toʻldirish, dorixonalar tomonidan retseptlarni rasmiylashtirish, retseptura blankalarini va dori vositalarini bepul berish uchun yozilgan retseptlarni hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 4-avgustdagi 105-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2509-1 04.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 967-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi va “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini (bundan buyon matnda bemorlar deb yuritiladi) imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha retseptura blankalarini toʻldirish, dorixonalar tomonidan retseptlarni rasmiylashtirish, retseptura blankalarini va dori vositalarini bepul berish uchun yozilgan retseptlarni hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish tartibini belgilaydi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 4-avgustdagi 105-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2509-1 04.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 967-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bemorlarni dori vositalari bilan imtiyozli taʼminlash dori vositalarini ambulatoriya-poliklinika muassasalari orqali yoxud dorixonalar orqali berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 4-avgustdagi 105-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2509-1 04.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 967-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bemorlarga dori vositalarini imtiyozli berish bemorlar ambulatoriya tartibida davolanadigan ambulatoriya-poliklinika muassasasida davolovchi vrachlarning tayinlashi boʻyicha bepul beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bemorlarga dori vositalarini imtiyozli berish dorixonalar tomonidan bemor ambulatoriya tartibida davolanadigan ambulatoriya-poliklinika muassasasida davolovchi vrach tomonidan yozilgan imtiyozli berish retsepti (bundan buyon matnda retsept deb yuritiladi) asosida bepul beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 4-avgustdagi 105-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2509-1 04.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 967-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. Retseptura blankalarini toʻldirish va retseptlarni rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tibbiy xizmat koʻrsatish uchun ambulatoriya-poliklinika muassasalariga biriktirilgan bemorlarga imtiyozli berish uchun moʻljallangan dori vositalari ushbu muassasa rahbarining buyrugʻi bilan belgilangan masʼul shaxs tomonidan davolovchi vrachlarning tayinlashiga muvofiq mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shakldagi Talabnoma asosida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Talabnoma ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli taʼminlanish huquqini tasdiqlaydigan hujjat (hujjatlar) asosida yoziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Talabnoma dori vositasining savdo nomi, oʻram turi, qadoqlash va shu kabilar koʻrsatilgan holda ikki nusxada yoziladi. Talabnoma ambulatoriya-poliklinika muassasasining rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanishi va dumaloq muhr bilan tasdiqlanishi kerak. Talabnomaning birinchi nusxasi (dori vositalari olinganligi toʻgʻrisida masʼul shaxsning tilxati bilan birgalikda) ambulatoriya-poliklinika muassasasi dorixonasida qoladi, ikkinchi nusxasi esa — masʼul shaxs dori vositalarini olganidan keyin unga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Masʼul shaxs tomonidan olingan dori vositalari haqida har oyning yakunlari boʻyicha keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmay mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Dori vositalari harakati toʻgʻrisida hisobot tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Dori vositalari harakati toʻgʻrisida hisobot ikki nusxada toʻldiriladi va birinchi nusxasi ambulatoriya-poliklinika muassasasi buxgalteriyasiga beriladi, ikkinchi nusxasi esa, masʼul shaxsning oʻzida qoladi. Bunda hisobotning birinchi nusxasiga dori vositalari olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari (berilgan va bajarilgan talabnomalar) ilova qilinadi. Hisobotning ikkinchi nusxasiga ambulatoriya-poliklinika muassasasi buxgalteriyasi xodimi tomonidan masʼul shaxsdan hisobotni va tasdiqlovchi hujjatlar nusxalarini olganligi toʻgʻrisida imzo qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Talab etiladigan dori vositasi ambulatoriya-poliklinika muassasasida mavjud boʻlmagan taqdirda, davolovchi vrach tomonidan mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda retsept yoziladi va rasmiylashtiriladi. Statsionarda davolanayotgan bemorlarga retseptlar yozilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Dori vositalarini berish uchun davolovchi vrachning bemorning ambulator kartasidagi (bolaning rivojlanish tarixidagi) yozuvi va davolovchi vrach tomonidan imzolangan va shaxsiy muhr bilan tasdiqlangan retsept asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bemorlarga tayinlangan dori vositalari (dori vositasining savdo va xalqaro patentlanmagan nomi, dori shakli, dozasi (konsentratsiyasi), ularning sutkalik dozasi, ularni qabul qilish yoki yuborish usullari, miqdori), retseptning tartib raqami va yozilgan sanasi tibbiy hujjatlarda (bemorning ambulator kartasi, bolaning rivojlanish tarixi) aks ettiriladi va ularning asosli tayinlanganligi bevosita davolovchi vrach imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davolovchi vrach tomonidan tayinlangan dori vositalarining savdo va xalqaro patentlanmagan nomi hamda turlari lotin tilida, qoʻllash usullari davlat va rus tillarida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Retsept bemorga uning yoshi, manzili, kasallik shifri, dori vositasining savdo va xalqaro patentlanmagan nomi, dozasi, qabul qilish davriyligi, vaqti, ovqat bilan oʻzaro taʼsirlanuvchan dori vositalari uchun — ovqatlanishga nisbatan dorini qabul qilish vaqti (ovqatlanishgacha, ovqatlanish vaqtida, ovqatlangandan keyin) koʻrsatilgan holda yoziladi. Mazkur maʼlumotlar retseptning koreshoklarida ham koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Retseptni yozishda Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qoʻllash tartibi, shuningdek dorixonalar tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish toʻgʻrisida nizomning (roʻyxat raqami 2118, 2010-yil 29-iyun) 3-ilovasida nazarda tutilgan asosiy retseptura qisqartmalaridan foydalanilishi mumkin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 4-avgustdagi 105-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2509-1 04.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 967-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Retseptda aynan qanday dori vositasi yozilganligini aniqlashda adashtiruvchi ingrediyentlarning nomiga yaqin qisqartmalarni yozishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Retseptda suyuq dori vositalari miqdori millilitrlar va tomchilarda, boshqa dori vositalari miqdori esa, grammlarda koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Retseptda bemorning holatiga qarab bir davolash kursidan ortiq boʻlmagan hajmda faqat bitta dori vositasi yoziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Retseptura blankalari aniq va tushunarli tarzda toʻldiriladi hamda ularga tuzatishlar kiritish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Retseptning yuqori chap burchagida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ambulator-poliklinika muassasasining shtampi, yuqori oʻng burchagida bemorning toifasi aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Retsept davolovchi vrachning imzosi va shaxsiy muhri, ambulatoriya-poliklinika muassasasi rahbarining buyrugʻi bilan tayinlangan masʼul shaxsning imzosi hamda ambulatoriya-poliklinika muassasasining dumaloq muhri bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Retseptura blankalari 105 x 148 mm. oʻlchamda, koreshoklari esa, 70 x 148 mm. oʻlchamda bosmaxona usulida chop etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Retseptning yirtib olinadigan birinchi koreshogi dorixonada qoldiriladi va berilgan dori vositasiga haq toʻlash uchun ambulatoriya-poliklinika muassasasiga taqdim etiladi, ikkinchi koreshogi bemorlarga beriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 4-avgustdagi 105-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2509-1 04.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 967-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Retseptura blankalari ambulatoriya-poliklinika muassasalarida mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi Ambulatoriya-poliklinika muassasalari tomonidan retseptura blankalarini hisobga olish jurnalida hisobga olinadi. Mazkur Jurnal ip oʻtkazib tikilgan hamda ambulatoriya-poliklinika muassasasi rahbarining imzosi va ambulatoriya-poliklinika muassasasining dumaloq muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Retseptlar ambulatoriya-poliklinika muassasasida mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi Ambulatoriya-poliklinika muassasalari tomonidan retseptlarni hisobga olish jurnalida hisobga olinadi. Mazkur Jurnal ip oʻtkazib tikilgan hamda ambulatoriya-poliklinika muassasasi rahbarining imzosi va dumaloq muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. Retseptura blankalari va retseptlarni hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Retseptlar dorixonalarda mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi jurnalda hisobga olinadi. Mazkur Jurnal ip oʻtkazib tikilgan, dorixona rahbarining imzosi va dumaloq muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 4-avgustdagi 105-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2509-1 04.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 967-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ambulatoriya-poliklinika muassasalarida bosh shifokor buyrugʻi bilan retseptura blankalarini davolovchi vrachlarga berish, saqlash va hisobga olish uchun masʼul shaxs tayinlanadi. Retseptura blankalari masʼul shaxs tomonidan ushbu blankalar olingandan soʻng darhol ketma-ketlikda raqamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Retseptura blankalari masʼul shaxs tomonidan qulflanadigan metall shkafda (seyfda) saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Retseptura blankalarining masʼul shaxs tomonidan saqlanishi, hisobga olinishi va berilishi har oyda kamida bir marotaba ambulatoriya-poliklinika muassasasining Doimiy faoliyatdagi hayʼati tomonidan tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 36-bandiga asosan shaxslarning ayrim toifalariga dori vositalarini imtiyozli berish uchun retseptlar dorixonalarda 3 yil davomida, maxsus pushti rangdagi blankalar boʻyicha berilgan giyohvand vositalar retseptlari 5 yil davomida saqlanadi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 4-avgustdagi 105-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2509-1 04.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 967-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Buzilgan yoki yaroqsiz holga kelgan retseptura blankalari ambulatoriya-poliklinika muassasasining Doimiy faoliyatdagi hayʼati qaroriga muvofiq dalolatnoma asosida yoʻq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Shaxslarning ayrim toifalariga dori vositalari asossiz tayinlanganligi uchun davolovchi vrach javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A. SHAYXOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 27-avgust

Ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha retseptura blankalarini toʻldirish, dorixonalar tomonidan retseptlarni rasmiylashtirish, retseptura blankalarini va dori vositalarini bepul berish uchun yozilgan retseptlarni hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
(1-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 4-avgustdagi 105-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2509-1 04.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 967-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha retseptura blankalarini toʻldirish, dorixonalar tomonidan retseptlarni rasmiylashtirish, retseptura blankalarini va dori vositalarini bepul berish uchun yozilgan retseptlarni hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dori vositalari harakati toʻgʻrisida HISOBOT 20__ yil __________ oyi uchun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha retseptura blankalarini toʻldirish, dorixonalar tomonidan retseptlarni rasmiylashtirish, retseptura blankalarini va dori vositalarini bepul berish uchun yozilgan retseptlarni hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 4-avgustdagi 105-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2509-1 04.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 967-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha retseptura blankalarini toʻldirish, dorixonalar tomonidan retseptlarni rasmiylashtirish, retseptura blankalarini va dori vositalarini bepul berish uchun yozilgan retseptlarni hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
(4-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 4-avgustdagi 105-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2509-1 04.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 967-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ambulatoriya-poliklinika muassasalari tomonidan retseptura blankalarini hisobga olish JURNALI
T/r
Kirim
Chiqim
Oy oxiriga qoldiq
olingan blankalarning umumiy soni
blanka berilgan sana
berilgan blankalar soni
blankalarni olgan davolovchi vrachning F.I.O.
blankalarni olgan davolovchi vrachning imzosi
blankalarni bergan masʼul shaxsning F.I.O.
blankalarni bergan masʼul shaxsning imzosi
1
2
3
4
5
6
7
8
1.
2.
3.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha retseptura blankalarini toʻldirish, dorixonalar tomonidan retseptlarni rasmiylashtirish, retseptura blankalarini va dori vositalarini bepul berish uchun yozilgan retseptlarni hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
(5-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 4-avgustdagi 105-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2509-1 04.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 967-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ambulatoriya-poliklinika muassasalari tomonidan retseptlarni hisobga olish JURNALI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha retseptura blankalarini toʻldirish, dorixonalar tomonidan retseptlarni rasmiylashtirish, retseptura blankalarini va dori vositalarini bepul berish uchun yozilgan retseptlarni hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dorixonalar tomonidan retseptlarni hisobga olish JURNALI
T/r.
Bemorning F.I.O.
Bemorning manzili
Tashxis yoki kasallik shifri
Bemorning guvohnoma raqami
Retseptning tartib raqami
Dori vositalari savdo nomi
Dori vositasi
Summa
Dori vositalarini bergan farmatsevtning imzosi
oʻlchov birligi
soni
narxi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1.
2.
3.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 4-avgustdagi 105-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2509-1 04.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 967-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 38-son, 499-modda; 2017-y., 36-son, 967-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)