Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 04.11.2004 yildagi 520-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil hosili uchun shudgorlashni uyushqoqlik bilan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil hosili uchun shudgorlash o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining shudgorlash hajmi va muddatlari bo‘yicha kelishilgan takliflari ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zagromashservis” uyushmasi rahbarlari zimmasiga shudgorlash o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi, hisobot buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilmasligi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi shudgorlash ilovaga muvofiq o‘tkazilishi ustidan nazorat o‘rnatsin, aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qat’iy javobgarlik choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasi, “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shudgorlash uchun sanoat korxonalari, qurilish tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning haydov traktorlarini shartnoma asosida jalb etsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashina-traktor parklarining buyurtmanomalari bo‘yicha haydov agregatlariga ehtiyot qismlar tayyorlash va yetkazib berishni yo‘lga qo‘ysinlar, ko‘chma ta’mirlash brigadalarini tashkil etsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqalarning tuproq sharoitlarini hisobga olgan holda tuproqni chuqur yumshatish texnologiyasini keng qo‘llasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi shudgorlash sifati ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsinlar, shudgorlashning chuqurligi va bir tekisligiga, shudgorlashdan oldin fosforli, kaliyli va organik o‘g‘itlar solinishiga asosiy e’tiborni qaratsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zkimyosanoat” kompaniyasi, “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari tuzilgan shartnomalarga muvofiq shudgorlash davrida foydalanish uchun respublikaning barcha mintaqalariga fosforli va kaliyli o‘g‘itlar bir tekis yetkazib berilishini, shu jumladan 2004-yilning noyabr-dekabr oylarida — 23 ming tonna fosforli va 6 ming tonna kaliyli o‘g‘itlar yetkazib berilishini ta’minlaydigan chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 4-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
520-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 4-noyabrdagi 520-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil hosili uchun shudgorlash hajmlari va muddatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎‏
‎‏2005-yil hosili uchun shudgorlash hajmi, ming ga Haydov traktorlarining qatnashishi, ta‎‎ Shudgorlashni tugallash muddatlari‎‏

hammasi‎

shu jumladan yuqori unumli traktorlar‎
Qoraqalpog‘iston Respublikasi‎ 68,5‎ 714‎ 139‎ 22-noyabr‎

viloyatlar:‎

Andijon‎ 82,5‎ 540‎ 133‎ 1-dekabr‎
Buxoro‎ 110,0‎ 734‎ 115‎ 3-dekabr‎
Jizzax‎ 101,1‎ 348‎ 173‎ 10-dekabr‎
Qashqadaryo‎ 155‎,3 558‎ 233‎ 10-dekabr‎
Navoiy‎ 31,6‎ 229‎ 48‎ 30-noyabr‎
Namangan‎ 80,6‎ 303‎ 100‎ 10-dekabr‎
Samarqand‎ 67,9‎ 854‎ 166‎ 20-noyabr‎
Surxondaryo‎ 110,0‎ 474‎ 122‎ 10-dekabr‎
Sirdaryo‎ 62,0‎ 252‎ 100‎ 10-dekabr‎
Toshkent‎ 83,1‎ 439‎ 150‎ 5-dekabr‎
Farg‘ona‎ 93,8‎ 308‎ 130‎ 10-dekabr‎
Xorazm‎ 70,0‎ 583‎ 101‎ 28-noyabr‎
Hammasi:‎ 1116,4‎ 6336‎ 1710‎ 10-dekabr‎