O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Davlat boshqaruv organlari hay’atlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5118-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublika vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining hay’atlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.B. Abdullayev zimmalariga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 21 may,
PQ-1342-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 21 maydagi PQ-1342-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan o‘zgartishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-noyabrdagi PF-4858-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 547-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-avgustdagi PQ-445-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi to‘g‘risidagi nizomning 15-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Agentlikda bosh direktor (hay’at raisi), bosh direktorni o‘rinbosari (lavozimiga ko‘ra), shuningdek Agentlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi bosh direktorning taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hay’at:
kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan davlat siyosatini yanada amalga oshirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatish sohasida raqobat muhitini yaratishga ko‘maklashish bo‘yicha mazkur Nizomda belgilangan Agentlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va ro‘yobga chiqarish;
Agentlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan ijro intizomini mustahkamlash, ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ta’minlanishi uchun Agentlik rahbarlari va xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi.
Hay’at Agentlik vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqishga haqlidir.
Hay’at majlislariga Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hay’at, agar uning majlisida o‘z tarkibining yarmidan ortig‘i hozir bo‘lsa, huquqiy vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hay’at qarorlari bosh direktorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Bosh direktor bilan hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda bosh direktor, paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda, mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilishlari mumkin.
Hay’at faoliyati tartibi hay’at tomonidan tasdiqlanadigan hay’at reglamentida belgilanadi.”