07.07.2004 yildagi PF-3453-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON SAVDO-SANOAT PALATASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, biznes-muhitni takomillashtirish, respublika tadbirkorlarining xorijiy sheriklar bilan ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash, mahalliy tovarlar va xizmatlarni tashqi bozorlarga olib chiqish, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishini ta’minlash uchun yangi korxonalarni tashkil etish, mavjud ishlab chiqarishlarni texnik qayta jihozlash va zamonaviylashtirish uchun respublikaga chet el sarmoyasini keng jalb etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tadbirkorlik tuzilmalari, kichik biznes subyektlari va xususiy korxonalar vakillari, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat mulki qo‘mitasining Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasini qayta tuzish va uning asosida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5371-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchinin yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/18/5371/0852-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimiz tadbirkorlik faoliyati subyektlarini, shu jumladan mikrofirmalar, kichik va xususiy korxonalar yakka tartibdagi tadbirkorlarni ixtiyoriy ravishda birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladigan hududiy tuzilmalari bilan birgalikda yagona tizimni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish uchun zarur hollarda respublika tumanlari va shaharlarida filiallar tuzish huquqiga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi tomonidan imzolangan shartnomalar va majburiyatlar bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga har tomonlama, jumladan, xorijdagi diplomatiya vakolatxonalarining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilari, ular bo‘lmagan hollarda esa — tegishli mas’ul xodimlarining O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorligini tashkil etishni ta’minlash orqali Palataning zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda, boshqa mamlakatlar savdo-sanoat palatalari, xorijiy sarmoyadorlar va sheriklar bilan amaliy aloqalar o‘rnatishda, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarini sotish uchun chet el bozorlarini o‘rganish va o‘zlashtirishda yordam bersin;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 7-iyundagi PF-3617-son Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 23-24-son, 165-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda uch oy muddatda Palataning qator xorijiy mamlakatlarda vakolatxonalarini ochish va ularning rahbarlariga diplomatik xodim maqomini berish maqsadga muvofiqligi xususidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimiz tadbirkorlari — Savdo-sanoat palatasi a’zolarini mintaqaviy eksport va tranzit tovarlar (ish va xizmatlar) savdo oqimida faol ishtirok etishga jalb qilish borasidagi hamkorlik ishlarini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy tuzilmalariga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tadbirkorlik subyektlari — Palata a’zolarining qonuniy huquq va manfaatlarini kamsituvchi xatti-harakatlari va qarorlari yuzasidan sudlarga da’vo arizasi bilan murojaat etish huquqi berilsin. Bunda ular davlat bojlarini to‘lashdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga “O‘zbekiston Respublikasining Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasini tashkil etish, Palataning ta’sis syezdini o‘tkazish, Palata Ustavini qabul qilishga oid tashkiliy masalalarni hal qilishda ko‘maklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy ichida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ishtirokida Hukumatning Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlashga doir qarorini ishlab chiqib, qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 12-martdagi “O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-1407-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgarishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 7-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-3453-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 313-modda, 2005-y., 23-24-son, 165-modda, 37-38-son, 282-modda; 2017-y., 33-son, 833-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/18/5371/0852-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)