Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Toshkent shahrida yoʻl harakati xavfsizligi va jamoat tartibini saqlashni boshqarishning kompyuterlashtirilgan tizimini yaratish” investitsiya loyihasini amalga oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Yoʻl harakatini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, koʻchalarda xavfsizlik darajasini oshirish va Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash holatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan yoʻl harakati sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Toshkent shahrida yoʻl harakati xavfsizligini boshqarish va jamoat tartibini saqlashning kompyuterlashtirilgan tizimini yaratish” investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) shaharning 120 ta chorrahasida amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin (1-bosqich).
2. “Toshkent shahrida yoʻl harakati xavfsizligini boshqarish va jamoat tartibini saqlashning kompyuterlashtirilgan tizimini yaratish” loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitobi (DTIH) asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan birgalikda ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi uch oy muddatda xorijiy moliya institutlarining kredit mablagʻlarini belgilangan tartibda jalb etish masalalarini ishlab chiqsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tasdiqlangan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida “Toshkent shahrida yoʻl harakati xavfsizligini boshqarish va jamoat tartibini saqlashning kompyuterlashtirilgan tizimini yaratish” loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi va keyingi yillardagi Investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 28-sentabr,
219-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-sentabrdagi 219-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Toshkent shahrida yoʻl harakati xavfsizligini boshqarish va jamoat tartibini saqlashning kompyuterlashtirilgan tizimini yaratish” investitsiya loyihasi DTIHning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari
T/r | Nomi | Oʻlchov birligi | Jami | Shu jumladan: | |
kredit mablagʻlari | budjet mablagʻlari | ||||
1. | Loyihaning cheklangan qiymati | Ming doll. AQSH | 20265,63 | 15236,17 | 5029,45 |
2. | Kapital qoʻyilmalarning cheklangan summasi, jami: | Ming AQSH doll. | 20265,63 | 15236,17 | 5029,45 |
Ming AQSH doll. | 16038,08 | 15236,17 | 801,90 | ||
Ming AQSH dollariga teng | - | - | - | ||
Ming AQSH dollariga teng | 3797,01 | - | 3797,01 | ||
Ming AQSH dollariga teng | 430,54 | - | 430,54 | ||
3. | shu jumladan: | Toshkent shahridagi 120 ta chorrahada yoʻl harakatini avtomatlashtirilgan tarzda boshqarishni taʼminlash | |||
4. | mashinalar va asbob-uskunalar* | 73 kishi | |||
5. | milliy valyutada | 24 oy | |||
* OʻzR IIVning mavjud shtat birliklari doirasida.