Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.04.2018 05.06.2000 yildagi PF-2613-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.04.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
EKSPORT MAHSULOTI IShLAB ChIQARUVChILARNI RAGʻBATLANTIRISh BORASIDAGI QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi PF-5398-sonli “Soliq va budjet siyosatining 2018-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2018-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qarori)”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning eksport salohiyatini kengaytirish, ularni mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, amaldagi soliq imtiyozlarini tartibga solish va eksportga moʻljallangan raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirishga shunday imtiyozlarning ragʻbatlantiruvchi taʼsirini kuchaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Eksport qiluvchi korxonalar uchun foyda soligʻi va mulk soligʻini toʻlash tartibi umumiy sotish hajmida oʻzi ishlab chiqargan va erkin almashtiriladigan valyutaga sotilgan tovarlar, ishlar, xizmatlar eksportidagi (ishlar bajarilgan, xizmatlar koʻrsatilgan joydan qatʼii nazar) ulushiga bogʻliq holda quyidagicha belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha miqdorda boʻlganida — belgilangan foyda soligʻi va mulk soligʻi stavkalari 30 foizga kamaytiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport ulushi 30 va undan koʻproq foiz boʻlganida — belgilangan foyda soligʻi va mulk soligʻi stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur soliq imtiyozi yagona soliq toʻlovini hisoblash chogʻida mikrofirmalar va kichik korxonalarga tatbiq etilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoniga asosan chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Farmonning 1-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar eksport mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi hamda uni mustaqil ravishda yoki vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar va kompaniyalarning tarkibiy boʻlinmalari hisoblanuvchi ixtisoslashtirilgan tashqi savdo birlashmalari hamda firmalar, shuningdek komissiya shartnomasi (topshiriq) boʻyicha vositachi (ishonchli vakil) orqali sotuvchi barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarga tatbiq etiladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-dekabrdagi PF-4261-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 511-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur imtiyozlar erkin almashtiriladigan valyutaga xomashyo mahsulotlari — paxta tolasi, ip gazlama kalavasi, lint, neft, neft mahsulotlari, gaz kondensati, tabiiy gaz, elektr energiyasi, qimmatbaho, rangli va qora metallar eksport qiluvchi savdo-vositachilik korxonalariga, shuningdek ishlab chiqarish korxonalariga tadbiq qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birga bir hafta muddatda ushbu Farmonda koʻzda tutilgan soliq imtiyozlarini qoʻllanish tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Eksport qiluvchi korxonalar uchun ilovaga* muvofiq soliq imtiyozlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova rus tilida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumatning ilgari qabul qilingan qarorlariga tegishli oʻzgartishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 5-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-2613-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 174-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda; 2009-y., 25-son, 282-modda; 2010-y., 52-son, 511-modda)