Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 20.02.2001 yildagi 84-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navroʻz bayrami munosabati bilan mamlakatimizda “Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyligi” oʻtkazish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumxalq “Navroʻz” bayramini munosib kutib olish, yurtimiz tabiatini sogʻlomlashtirish, mamlakatimiz chiroyiga chiroy qoʻshish, aholi oʻrtasida tabiat, ona Vatanga muhabbat tuygʻularini kuchaytirish, bahorgi obodonlashtirish ishlarini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Shu yilning 21-fevralidan 21-martgacha mamlakatimizda “Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyligi” oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyligi”ni oʻtkazish boʻyicha Respublika tashkiliy guruhi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublika tashkiliy guruhi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch kun muddat ichida joylarda “Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyligi”ni oʻtkazish boʻyicha hududiy ishchi guruhlari tashkil etsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud bogʻlar, daraxt va butalarga agrotexnik ishlov va shakl berish, barcha yoʻllarni taʼmirlash, zovur va ariqlarni, dam olish maskanlarini, bozor hududlarini, qabristonlarni tozalash, tartibga keltirish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlariga tegishli hududlarda yangi bogʻ-rogʻlarni barpo etish, daraxtlarni reja asosida, sifatiga alohida eʼtibor bergan holda, oʻz vaqtida ekishni tashkil etsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehribonlik va qariyalar uylari, bolalar bogʻchalari, kasalxonalar hududlarini yanada obodonlashtirish, ularning atrofiga manzarali va mevali daraxtlarni ekishga alohida eʼtibor qaratsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari mahalla oqsoqollari va faollari, uy-joy shirkatlari aʼzolari ishtirokida koʻp qavatli uylarning tashqi koʻrinishi, uylarga kirish yoʻlaklari hamda biriktirilgan maydonlarni tartibga keltirsinlar va koʻkalamzorlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Respublika “Mahalla”, “Sogʻlom avlod uchun” va “Navroʻz” jamgʻarmalari, “Ekosan” xalqaro jamgʻarmasi, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” kengashi hamda boshqa tashkilot va muassasalar bir oy mobaynida keng jamoatchilikni jalb etgan holda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish hashar kunlarini tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Shreder nomidagi ilmiy ishlab chiqarish korporatsiyasi, Oʻrmonchilik ilmiy tadqiqot instituti buyurtma asosida manzarali va mevali koʻchatlarni tegishli tashkilotlarga oʻz vaqtida yetkazib berishni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi, “Mahalla”, “Nuroniy”, “Navroʻz”, Mehr-shafqat va salomatlik jamgʻarmalari vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlar ishtirokida Navroʻz bayrami arafasida mehribonlik va qariyalar uylariga, kam taʼminlangan oilalarga moddiy va maʼnaviy yordam berishni kuchaytirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga aholi oʻrtasida tozalikka, atrof muhitni himoya qilishga eʼtiborni kuchaytirish va bu borada keng tashviqot ishlari olib borish topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzteleradio” kompaniyasiga, respublika ommaviy axborot vositalariga “Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyligi”ni oʻtkazish jarayonini keng va muntazam ravishda yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻriinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 20-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 20-fevraldagi 84-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyligi”ni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy guruhining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Karomatov H.S.‎ Bosh vazirning oʻrinbosari, guruh rahbari‎
Isayev A.N.‎ Bosh vazirning oʻrinbosari, guruh rahbarining oʻrinbosari‎
Gʻulomova D.M.‎ Bosh vazirning oʻrinbosari, Respublika xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, guruh rahbarining oʻrinbosari‎
Toʻlaganov K.N.‎ Toshkent shahar hokimi, guruh rahbarining oʻrinbosari‎
Guruh aʼzolari:‎‎‎ ‎
Allayorov N.Q.‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining masʼul xodimi (kelishuv asosida)‎
Boboyev Sh.H.‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining masʼul xodimi (kelishuv asosida)‎
Alixoʻjayev O.‎A Vazirlar Mahkamasining qurilish va qurilish mollari sanoati, transport va aloqa majmui kotibiyati mudiri‎
Boqiboyev E.J..‎ Respublika “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi‎
Boliyev A.‎ Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi masʼul kotibi‎
Vorisov A.K.‎ Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy majmui kotibiyati mudiri‎
Yoqubov D.‎ Respublika “Navroʻz” jamgʻarmasi raisi‎
Jalilov Sh.‎ Respublika “Mahalla” jamgʻarmasi raisi
Jalolov A.A.‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vaziriniig birinchi oʻrinbosari‎
Qalibekov I.J. Vazirlar Mahkamasining agrosanoat majmui kotibiyati mudiri‎
Koʻchimov A.‎ Respublika Teleradiokompaniyasi raisi‎
Mirzayev M.M.‎ Shreder nomidagi ilmiy ishlab chiqarish korporatsiyasining raisi‎
Murod Muxammad Doʻst‎ Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori‎
Musurmonova O.‎ “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi raisi‎
Niyozmatov B.I.‎ Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari, Respublika Bosh sanitariya vrachi‎
Norbayeva T.K.‎ Vazirlar Mahkamasining oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish majmui kotibiyati mudiri‎
Xolmuhamedov Oʻ.O.‎ “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori‎
Xonazarov A.‎ Oʻrmonchilik ilmiy tadqiqot instituti direktori‎
Shodimetov Y.Sh.‎ “Ekosan” Xalqaro jamgʻarmasi raisi‎
Yusupova I.T.‎ Bolalar jamgʻarmasi raisi‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari mazkur guruh tarkibiga kiradilar.