Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 06.11.2001 yildagi 440-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent teleminorasining uzatuvchi radiotelevizion kompleksini zamonaviylashtirish va rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturini amalga oshirish, televizion ko‘rsatuv va radioeshittirish dasturlarini tarqatish sifatini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining “Itochu Korporeyshn” (Yaponiya) korporatsiyasi bilan birgalikda “Toshkent teleminorasining uzatuvchi radiotelevizion kompleksini zamonaviylashtirish va rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 17-18-son, 139-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirish maqsadida “O‘zimpeksaloqa” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Itochu Korporeyshn” korporatsiyasi bilan 376355,0 ming Yaponiya yeni miqdorida asbob-anjomlarni yetkazib berish, o‘rnatish, sozlash va uzatuvchi radiotelevizion kompleksni ishga tushirish yuzasidan kontrakt tuzilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kontraktni mablag‘ bilan ta’minlash yetkazib beruvchi — “Itochu Korporeyshn” korporatsiyasining qaytarish muddati 5 yil bo‘lgan bevosita krediti hisobiga amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zimpeksaloqa” aksiyadorlik jamiyati “Itochu Korporeyshn” korporatsiyasi krediti bo‘yicha qarz oluvchi etib, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Radio aloqasi, radioeshittirish va televideniye markazi kredit bo‘yicha subqarz oluvchi va loyiha buyurtmachisi etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, asosiy qarzni, foizlarni, vositachilik haqini va jalb etilayotgan kreditga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni qaytarish ilovaga* muvofiq Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi tomonidan uning o‘z mablag‘lari hisobiga, shu jumladan “O‘zteleradio” kompaniyasiga ajratiladigan maqsadli budjet mablag‘lari hisobiga, ko‘rsatib o‘tilgan xarajatlar “O‘zteleradio” kompaniyasi uchun aloqa xizmatlari tariflariga kiritilmasdan, amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-iyundagi 262-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 22-23-son, 263-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ko‘rsatib o‘tilgan kontraktning “Itochu Korporeyshn” korporatsiyasi tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanishi yuzasidan belgilangan tartibda kredit bitimi tuzilishini ta’minlasin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 17-18-son, 139-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri “O‘zimpeksaloqa” aksiyadorlik jamiyatining “Itochu Korporeyshn” korporatsiyasi oldidagi to‘lov majburiyatlari bo‘yicha kafolatnomani O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda imzolashga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolatnomasi yuzasidan “Itochu Korporeyshn” korporatsiyasi talablariga javob beradigan shakl bo‘yicha yuridik xulosa bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Toshkent teleminorasining uzatuvchi radiotelevizion kompleksini zamonaviylashtirish va rivojlantirish” loyihasi 2001-yilda va keyingi yillarda xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining aniq dasturiga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan birgalikda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Radio aloqasi, radioeshittirish va televideniye markazi tomonidan asosiy foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlarga narxlarning mazkur kontrakt doirasida jalb etiladigan kreditni qaytarish so‘zsiz ta’minlanishidan kelib chiqqan holda shakllantirilishini nazarda tutsinlar.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “O‘zimpeksaloqa” aksiyadorlik jamiyati ko‘rsatib o‘tilgan kontrakt doirasida import qilinadigan texnologik asbob-anjomlar, moddiy resurslar, ishlar va xizmatlar uchun bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) to‘lashdan istisno tariqasida ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 6-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
440-son