Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.12.2001 yildagi 466-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻini zamonaviylashtirish va rivojlantirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999 — 2003-yillarda Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻini zamonaviylashtirish va rivojlantirish dasturini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining Oʻzbekiston Respublikasi Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻini zamonaviylashtirish va rivojlantirish loyihasini oʻtkazilgan tender natijalariga muvofiq “Belam, Inc.” (AQSh) korporatsiyasi bilan kontrakt boʻyicha amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasi loyiha boʻyicha buyurtmachi va kredit boʻyicha qarz oluvchi etib belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi manfaatlarini koʻzlab “Oʻzimpeksaloqa” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Belam, Inc.” korporatsiyasi bilan asbob-uskunalarni yetkazib berish, montaj qilish va texnik xodimlarni oʻqitish yuzasidan umumiy miqdori 5184,8 ming AQSh dollari boʻlgan kontrakt tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, koʻrsatib oʻtilgan loyihani mablagʻ bilan taʼminlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kontrakt qiymatining Eksimbank (AQSh)ning sugʻurta mukofoti miqdoriga koʻpaytirilgan 4407,09 ming AQSh dollari miqdoridagi 85 foizi Eksimbank (AQSh)ning sugʻurta qoplamasi ostida xorijiy bank mablagʻlarini qayta moliyalashtirish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kontrakt qiymatining 777,72 ming AQSh dollari miqdoridagi 15 foizi xorijiy bank mablagʻlarini qayta moliyalashtirish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosiy qarzni, foizlarni, vositachilik haqini va jalb etilayotgan kreditlarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni toʻlash “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasining oʻz mablagʻlari hisobiga 1 va 2-ilovalarga* muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki koʻrsatib oʻtilgan kontraktni mablagʻ bilan taʼminlash yuzasidan xorijiy bank bilan kredit bitimlarini belgilangan tartibda tuzsin va mablagʻlarni “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasiga qayta moliyalashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Moliya vazirligi mazkur loyiha uchun jalb etilayotgan kreditlar boʻyicha: xorijiy bankka — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy-banki majburiyatlari boʻyicha hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga — “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasi majburiyatlari boʻyicha kafolatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻini zamonaviylashtirish va rivojlantirish loyihasini Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yilgi va keyingi yillardagi investitsiya dasturining aniq roʻyxatiga kiritsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzimpeksaloqa” aksiyadorlik jamiyati ushbu kontrakt doirasida respublikaga import qilinadigan texnologik asbob-uskunalar va xizmatlar uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilinsin, bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy bank, eksport-kredit agentligi va sugʻurta kompaniyalari ushbu loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida norezidentlardan undiriladigan daromad soliqlari toʻlashdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi “Oʻzimpeksaloqa” aksiyadorlik jamiyati buyurtmanomalariga binoan, ushbu loyihani amalga oshirishning xorijiy qatnashchilariga tegishli ravishda koʻp martalik kelish vizalarining berilishi, muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 5-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
466-son